Get Mystery Box with random crypto!

O'qishda kursdoshim Oydin ustidan. Kulishdi bir nechta shahar | Hazil She‘rlar

O'qishda kursdoshim Oydin ustidan.
Kulishdi bir nechta shaharlik g'alcha.
Yupka kiyib kelibdi shimni ustidan.
Sapogi o'ziga katta emish ancha.

Shaharlik qizlarga savollarim bor.
Javob berib ko'ring kelmasa malol.
Saharda ko'chaga suvlarni sepib.
Dalaga chiqqanmisiz, boqish uchun mol.

Tandir oqarishi siz uchun nima?
Non yopganmisiz xo'roz uyg'onmay.
Sandalda qo'lizga ovolib igna.
Do'ppi tikkanmisiz sham yorug'ida.

http://t.me/+enP7uwNS2ic2NzAy