Get Mystery Box with random crypto!

Umar Xayyom ruboiylari

Telegram kanalining logotibi hayyom_umar — Umar Xayyom ruboiylari U
Telegram kanalining logotibi hayyom_umar — Umar Xayyom ruboiylari
Kanal manzili: @hayyom_umar
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.43K
Kanalning ta’rifi

Umar Xayyom ruboiylari Jamlanmasi!
#Ruboiyot
Hamkor Kanal: @Sherlari_Sevgi
Admin: @Maqsudbek_T

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-07 17:17:53
* * *

Tokay hiylagar umr solar tuzoqqa,
Tokay may loyqasin tutar dudoqqa,
Hiylasi dastidan qolgan umrimni
Bir qultum may kabi sochay tuproqqa.

T.me/Hayyom_Umar
8.3K views14:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:17:53
* * *

Mufti, sendan ko‘ra purkorroqdirmiz,
O‘ta mast bo‘lsak ham hushyorroqdirmiz.
Biz tok qonin ichamiz, sen odam qonin,
Insof qil, qaysimiz xunxo‘rroqdirmiz.

T.me/Hayyom_Umar
7.6K viewsedited  14:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:17:53
* * *

Bir qultum may-mulki Qobusdan yaxshi,
Qubod poytaxti - u Tusdan yaxshi,
Oshiqlar sahar payt chekkan har bor oh
Zohiddagi soxta tovushdan yaxshi.

T.me/Hayyom_Umar
6.8K views14:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:17:53
* * *

Gul yuz yor hech kimga nasib etmas ekan,
To uning diliga sanchilmay tikan,
Taroqqa nazar sol, yorning sochiga,
Yetguncha yuz bo‘lak bag‘ri tilingan.

T.me/Hayyom_Umar
6.3K views14:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:17:53
* * *

Kimdaki aqldan biror satr bor
Umrin bir lahzasin o‘tkazmas bekor,
Yo xudo karamin istab o‘tadi,
Yo rohatin ko‘zlab, may ichar bisyor

T.me/Hayyom_Umar
5.7K views14:17
Ochish/sharhlash
2022-05-20 12:56:15
* * *

Ey ongsiz, bilmaysan, bu olam hechdir,
Negizing shamoldir , bir tutam hechdir.
Ikki yo'qlik aro qolmish borliging,
Atrofing yo'qlig-u o'rta ham hechdir

T.me/Hayyom_Umar
11.7K viewsedited  09:56
Ochish/sharhlash
2022-05-20 12:56:14
Yon berma, bu dunyo aslida bedod,
O'tganlar g'amin ham qilma menga yod.
Ko'ngil berma gajak sochdan bo'lakka,
Maysiz bo'lma, umring aylanma barbod.

T.me/Hayyom_Umar
11.0K views09:56
Ochish/sharhlash
2022-05-20 12:56:14
* * *

E charx, nakaslarni qilding faravon
Hammom-u uy berding, yer, suv tegirmon,
Tog'ri kishi garov bir burda nonga,
Jirtakka arzimas bundayin davron.

T.me/Hayyom_Umar
9.7K views09:56
Ochish/sharhlash
2022-05-20 12:56:14
* * *

Loyni mushtlab turgan anovi kulol
Qilsaydi aql ila chiqurroq xayol,
Hech qachon bunchalik tepkilamasdi,
Ota tuprog'idan yasarkan sopol.

T.me/Hayyom_Umar
9.1K views09:56
Ochish/sharhlash
2022-05-20 12:56:14
* * *

Derlarki, sha'bonda may ichib bo'lmas,
Rajab xudo oyi, ichma bir nafas.
Sha'bon, rajab-xudo, payg'ambar oyi,
Ramazon bizniki Shunda ichsak bas.

T.me/Hayyom_Umar
8.0K views09:56
Ochish/sharhlash