Get Mystery Box with random crypto!

​...Shu o‘rinda yaqinda dunyodagi yirik davlatlardan birining | HAYRAT – Rahmon Qo‘chqor ijodi

​...Shu o‘rinda yaqinda dunyodagi yirik davlatlardan birining rahbari bilan bo‘lgan telesuhbatni yodga solmoqchiman. Kerak bo‘lsa, undan saboq olish zarar qilmaydi, deb o‘ylayman. Keyingi yillarda o‘sha rahbarga yoqish uchun har narsaga tayyorligini oshkora namoyish etayotgan telejurnalistning savollaridan biri bunday yangradi: “Nima deb o‘ylaysiz: urush bo‘ladimi?” Rahbarning javobi esa bunday bo‘ldi: “Menimcha, dunyoda jahon urushini boshlashga jazm etadigan tentak topilmasa kerak...”

Suhbatdoshlar ishonch bilan, xotirjamgina aytayotgan bu gaplarni eshitib o‘tirib ko‘nglimdan shunday o‘ylar kechdi: Arab dunyosi, Afg‘oniston va yana boshqa o‘nlab hududlarda bo‘layotgan xudkushliklar nima? Urush emasmi? O‘sha joylarda har kun hech bir aybsiz qurbon bo‘layotgan odamlarning joni sabilmi? Bu odamlar jahon urushida qurbon bo‘ldi nima-yu, bugungi talotumlarda o‘ldi nima – ularning qarindosh-urug‘lari, farzandlari uchun qanday farqi bor? Qolaversa, bu suhbatdoshlar urush deganda faqat yurtida kechadigan xunrezliknigina tushunadimi? Faqat yurtida kechsagina urushni, uning butun dahshatini his qiladimi?..

Rahmon QO‘CHQOR
“Tafakkur” jurnali, 2016-yil 2-son.

“Dunyo – kurash maydonidir” maqolasi https://hayrat.uz/dunyo-kurash-maydonidir/