Get Mystery Box with random crypto!

«Chekish 15 turdagi saratonni keltirib chiqaradi. Tamaki tutun | HAYOT media

«Chekish 15 turdagi saratonni keltirib chiqaradi. Tamaki tutuni tarkibidagi kanserogenlar normal hujayrani saraton hujayrasiga aylanishiga sabab boʻladi. Ular tarkibiga oʻta yuqori haroratda (800-900°C) shakllanuvchi politsiklik aromatik uglevodorodlar kiradi.
 
"O‘pka saratoni" tashxisi qo‘yilganda chekishni to‘xtatish bemor umrini 2 yilga uzayishiga yordam beradi. Bu onkologik kasallikka chalinganlar uchun chekishni to‘xtatish hayot-mamot masalasi ekanligini anglatadi. Lekin jiddiy kasallikka chalinganlarga iroda kuchining oʻzi yetarli emas. Shu sababdan bunday bemorlarga nikotin oʻrnini bosuvchi terapiya yoki elektron muqobillarga oʻtish tavsiya etiladi» — deya taʼkidlaydi David Zaridze, Oksford universitetidan taklif etilgan professor, Rossiya saratonga qarshi kurashish jamiyati prezidenti, Rossiya Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi.
 
Oʻpka saratoni — bu sigareta chekishning eng xavfli asorati. Uni tamaki qizigan vaqtda ajralib chiquvchi kanserogenlar keltirib chiqaradi. Nikotinga bo‘lgan qaramlikdan qutula olmayotganlar tamaki yonishi sodir bo‘lmaydigan tutunsiz qurilmalarga o‘tishlari mumkin. Ularda zararli moddalar 95% ga kamroq ajralib chiqadi. Shu yo‘l bilan xavfli kasalliklardan qochib qutulish mumkin.
 
Manba: https://clck.ru/qiYYA