Get Mystery Box with random crypto!

5 daqiqada tayyorlash mumkin boʻlgan alkogolsiz kokteyllar Ja | HAYOT media

5 daqiqada tayyorlash mumkin boʻlgan alkogolsiz kokteyllar

Jaziramada almashtirib boʻlmas narsa — alkogolsiz salqinlik beruvchi kokteyllar. Ularni tayyorlash shunchalik osonki, qisqa vaqt ichida oʻzingizga tayyorlab olishingiz mumkin.

«Dengiz shabadasi». Klyukvali va ananasli sharbat aralashmasi. Yozning jazirama kunida muz bilan ichilsa, salqinlik baxsh etadi.

«Asal oyi». Sharbat tayyorlagichda olma va apelsin sharbatini aralashtiring, apelsin boʻlagi yoki olcha bilan bezating.

«Buyrak xaloskori». Nomining oʻzi kokteylni taʼriflab turibdi Kerakli narsalar — 2 ta olma, 6 ta qulupnay va 1 dona bananni sharbatsiqqichda siqib chiqaring. Va muz haqida ham unutmang!

«Koka-kolada». Ananas sharbati, kokos suti va muzni blenderda aralashtiring. Martiniga moʻljallangan stakanlarda tortilsin.

Sizning sevimli kokteylingiz qaysi? Roʻyxatni sharhlarda davom ettiring.