Get Mystery Box with random crypto!

Amerikalik olimlarning aniqlashicha, elektron sigaretlar aeroz | HAYOT media

Amerikalik olimlarning aniqlashicha, elektron sigaretlar aerozoli sigaret tutuniga nisbatan insonning oʻpka hujayralariga koʻproq zarar keltiradi. Tadqiqot Toxicology Research and Application jurnalida eʼlon qilingan.

Minnesota universiteti tibbiy markazidan ilmiy guruh elektron sigaretlar bugʻi va tamaki tutuni oʻpkalarga qanday taʼsir qilishini aniqlashga qaror qilishdi. Tajriba uchun ularga sigaret, chekish mashinasi va bugʻlatkich (elektron sigaret namunasi) kerak boʻldi. Tajribada hammasi boʻlib oʻpka toʻqimasining 24 ta namunasidan foydalanildi, yaʼni har bir guruhda — havo, bugʻlatkich va sigaret uchun sakkiztadan. Oʻlchangan koʻrsatkichlar 4 va 48 soatdan soʻng baholandi.

Natija: sigaret tutuni 100 marta tortilgandan keyin elektron sigaret xuddi shuncha marta tortilgandagiga nisbatan nikotin oʻpkada ancha koʻp miqdorni tashkil qilgan. Sigaret tutunining 4 va 48 soatlik taʼsir soʻng oʻpka toʻqimalari yaxlitligi elektron sigaret bilan qiyoslanganda ancha past boʻlgan. Bundan tashqari, sigaret tutuni oksidlanish stressi va yalligʻlanishni qoʻzgʻatgan, elektron sigaret aerozolida esa bu holat kuzatilmagan. Aerozol va havo guruhlari orasida sezilarli farq kuzatilmagan.

Tadqiqotda bitta jiddiy cheklov bor: tajriba namunasi yoshi katta yevropalik sogʻlom odamning oʻpkasidan olindi. Dunyoning turli joylaridan, turli yosh va jinsda boʻlgan odamlarning oʻpkalarini qoʻshimcha ravishda tadqiqot qilish zarur.

Tadqiqot: https://clck.ru/q4YVj