Get Mystery Box with random crypto!

🌹Hayotiy Hikoyalar🌹

Telegram kanalining logotibi hayotiy_hikoyalari — 🌹Hayotiy Hikoyalar🌹 H
Telegram kanalining logotibi hayotiy_hikoyalari — 🌹Hayotiy Hikoyalar🌹
Kanal manzili: @hayotiy_hikoyalari
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.02K
Kanalning ta’rifi

👉 🌹Hayotiy Hikoyalar🌹 Hikmatli so'zlar, chiroyli she'rlar, manoli gaplar barchasi bizning kanalda! zerikmaysiz.
📚: https://t.me/hayotiy_hikoyalari
🏙️: NAMANGAN
👨 Admenga murojat.: @Umarov_O_0303
KANALGA MARXAMAT. 🤴👸

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 5

2021-02-01 17:35:31 ЎЙГА ТОЛДИРУВЧИ ҲИКОЯ.

Наима аравачани кун чиқиш томонга тўғрилаб, ўзи ҳам эрининг ёнидаги ўриндиққа ўтирди.
- Қалай, энди қулайми?
- Бўлади.
Акром хотинининг майинлик билан берган саволига шундай қўрс жавоб қайтарди. Наима бунга кўникиб қолгани учунми, индамай қўя қолди.
Авваллари Акром жуда мулойим, босиқ ва самимий инсон эди. Уни дард ўз измига солиб, ҳаёт синовлари ўзгартирди.
- Ўзи мени нега эрталабки уйқудан уйғотиб, бу ерга олиб келдинг?
- Кеча санаториядаги бир-икки аёл шу ерда қуёш жуда чиройли бўлиб отишини, уни кузатиш мароқли эканини айтишганди. Буни эшитибоқ, шундай ҳодисани сиз билан бирга кўришни кўнглимга тугиб қўйгандим.
- Хўш, бу билан бирор нарса ўзгарадими?
- Ҳа, сизнинг кайфиятингиз кўтарилиб, яна аввалгидек кула бошлайсиз.
- Сен тушунмадинг, шундан кейин мен юриб кетаманми?
Наима индамади. У қўрқарди, эри яна ажрашиш ҳақида гап бошлашидан чўчиб турарди.
- Мен сенга ҳеч тушунмайман. Биз совчилар орқали топишдик, турмуш қурдик. Тўйимиздан икки ой ўтар-ўтмай мен мана шу аравага михланиб қолдим. Мана олти ойдир-ки менинг инжиқликкаримга чидаб, сабр қилиб келаяпсан. Энди менга айтчи. Буларнинг бари нима учун?
- Ахир... Биз бирга...
- Ҳа, тўғри, тўғри. Тўйимиз куни биз доим бирга бўламиз деб бир биримизга сўз берганмиз. Бироқ, энди мен буни хоҳламайман. Эшитаяпсанми, мен сен билан бир сония ҳам яшашни истамайман.
- Мен эса айнан шуни истайман. Доим ёнимда туришингизни, ҳар сония мен билан бирга бўлишингизни Аллоҳдан тилайман.
Акром оёқларини ўраб турган ёпинчиқни олиб, жахл ила ирғитиб юборди.
- Кўраяпсанми мана буни? Бу оёқлар юрмайди, чўлоқ. Менинг тақдирим шундай, аммо сен ҳали келажагингни ўзгартиришинг мумкин. Бутун умр ногирон эрнинг қош-қовоғига қараб ўтиргандан, яхши хонадоннинг гўзал келини бўлиш афзал эмасми?
Акром бошини юқорига қаратиб, осмондаги бирин кетин ғойиб бўлаётган юлдузларга қараб қолди. Наима эрининг йиғлаётганини сезиб, жимгина пастда ётган ёпинчиқни олдида, яна қайта эрининг оёқларини ўраб қўйди.
- Шамоллаб қоласиз, ўраб олинг.
- Бўлди, етар. Ҳар куни менга раҳм-шафқат кўзи билан қарашингга, ўзгалар сени "ногироннинг аёли" деб чақиришларига, гулдай умрингни мендай дардисар билан зое кетказишингга бошқа чидолмайман. Уйга қайтиб боргач ажрашамиз.
Наима энди кўринай-кўринай деб турган қуёшга қараганча сўради:
- Хўп, ажрашганимиздан кейин нима бўлади?
- Сен ўз ҳаётингда, мен эс ўз ҳаётимда яшаймиз.
- Қандай қилиб?
- Сен ҳавотирланма, мен сенсиз ҳам ўзимни эплай оламан.
- Сиз-ку ўзингизни эпларсиз, аммо мен сизсиз қандай яшайман?
Акром тўсатдан берилган бу саволдан сесканиб кетди.
- Тўғри, биз севишиб оила қурмадик, бироқ, мен сизни турмушимизнинг илк кунлариданоқ севиб қолганман. Сизни севишимни яширмайман, буни айтишдан уялмайман ҳам.
Мени сиз билан ажрашмаганимнинг сабабини билмоқчимисиз? Бу бўйнимдаги фарзим, елкамдаги мажбуриятим, қалбим тубидаги раҳм-шавқат ҳисси боисидан эмас, балки юрагимдаги муҳаббат туйғуси туфайли.
Ёдингиздами, тўйимиз куни мен сиз учун садоқатли ёр, сабрли жуфти ҳалол бўлишга сўз берганим. Мен буни сиз ногирон бўлиб қолгунингизгача эмас, бутун умр учун айтганман.
Биласизми, мени қалбимга ҳар куни айтадиган сўзларингиз эмас, ҳаётга бўлган умидсизлигингиз кўпроқ озор беради.
Сиз умидсизланганингиз сайин, мени соғайишингизга бўлган ишончим ортаверади. Мен бунга ишонаман,
сиз албатта тузаласиз. Шунда бу ерларга пиёда бирга чиқамиз, қуёш отишини-ю ботишини ўтириб эмас, туриб қаршилаймиз. Фақат, бунинг учун биз доим бирга бўлиб, бир-биримизга елкадош бўлишимиз керак.
Аллоҳ барча бандаларини синайди, биз бу синовлардан ўтсак, барчаси ўз изига тушиб кетади.
Акром Наиманинг сўзларидан таъсирланиб кетди ва унинг қўлларини ўзиниг юрагига яқин олиб бориб паст овозда:
- Яхшиям сен борсан, - деди.
Наима эрининг сўзларидан ҳаяжонланиб, ёнида жилмайганча, мамнун ҳолда ўтирарди.
Шу онда қуёш секин бош кўтарди-ю, нури иккисининг янги кунга ишонч билан порлаб турган кўзларида акс эта бошлади.


༺༻✦༺༻✦༺༻
ДУСТЛАРИНГИЗГА ХАМ УЛАШИНГ...

@hayotiy_hikoyalari
https://t.me/joinchat/AAAAAFHXO92RDF2oXVdTtA
2.6K viewsOtabek Umarov, 14:35
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:30:56 https://t.me/joinchat/RKuVtTLOWIk4Wx2H
2.1K viewsOtabek Umarov, 14:30
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:59:33 Kuydirgandim, o'zim kuydim...

Shahnoza, seni juda ko'rgim kelyapti. Yolg'izlik iskanjasida qiynalyapman. Sovuq borliqni o'z zabtiga olgan. Yana men yomon ko'rgan sovuqlar boshlandi. Xonam sovuqligidan ko'ra yolg'izlik ko'proq junjiktiryapti tanamni. So'nggi so'zlaringni eshitib, quloqlarimga ishonmadim. "Meni unuting, boshqaga uylaning", deganding sira tap tortmay.

Mayli, seni-ku tinch qo'yarman, lekin o'z yuragimni, qalbimni tinchita olarmikinman?

Yo'q, seni unutish qo'limdan kelmadi. Sen boshqasi bilan baxtli bo'lib ketsang-da, men baxtli bo'lolmadim. Meni kechir, senga ko'p ozor yetkazgandim. Endi esa o'zim azobdaman. Ayriliq, hijron naqadar og'irligini, kutishning qanchalik qiyinoqligini endi his etyapman. Esingdami, seni ko'p kuttirardim. Mena endi o'zim seni intizorlik bilan kutmoqdaman. Har kuni yo'lingga mushtoq bo'lib ko'z tikaman.

Kelmasligingni bilsam-da umid uzmayman. Mayli, endi men uchun ham baxtli bo'l. Menday telba oshig'ingni unutma.


༺༻✦༺༻✦༺༻
ДУСТЛАРИНГИЗГА ХАМ УЛАШИНГ...

@hayotiy_hikoyalari
https://t.me/joinchat/AAAAAFHXO92RDF2oXVdTtA
2.2K viewsOtabek Umarov, 13:59
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:59:33 "Sevgi so'zlarda emas, qalbda yashaydi!"

- Boshqa mahallada yashaydigan yigit bilan bir-birimizga ko'ngil qo'ygan edik. Ammo kollejni bitirishim bilan ota-onam meni tanishlarining o'g'liga majburlab uzatdi. Boshqa yigitni sevishimni aytganimda, na onam, na dadam va na akalarim "Bu bechorada ham ko'ngil bor, axir", deya so'zlarimga quloq solishdi.

Aksincha, "U yigitning oilasi yaxshi emas, dadasi ko'p ichadi. Akasi qimorboz", deya hammalari bir ovozdan qarshi chiqdi. To'ydan oldin bir marta uydagilardan yashirincha ko'ngil qo'ygan yigitim bilan uchrashdim. Bechora juda xafa edi. Xayrlashayotganimizda "Unutma, mendek seni hech kim sevolmaydi", dedi. Yig'lab yubordim.

To'y o'tdi. Erim bilan ko'ngil qo'yib turmush qurmaganimiz uchunmi bir-birimizga befarqmiz, hayot shu ekan, deb shunchaki yashayapmiz, xolos. Lekin hamon uni unutolmay yashayapman. U to'g'ri aytgan ekan. Haqiqatan ham, endi meni hech kim uningdek sevolmas ekan, afsus. Ota-ona roziligi deb muhabbatimni yo'qotdim. Uni eslaganimda uydan bosh olib ketgim keladi. Yoki shunday qilsammikin, nima deysiz?- Bu xato ekanligini ich-ichingizdan o'zingiz ham his qilib turibsiz. To'g'ri, haqiqiy muhabbat uchun kurashsa arziydi. Lekin siz allaqachon maydonni tashlab ketgan odamsiz. Endi ming chiransangiz-da, orqaga qaytolmaysiz. Agar shunday qilganingizda ham dog' tushgan muhabbatingiz bilan uzoqqa borolmaysiz. Inson o'z tanlagani bilan baxtli bo'lishga ko'zi yetsa, uni hech narsa to'xtatib qololmaydi. Aksincha, har qanday to'siqlarni yengib o'tishga o'zida mardonavor kuch topadi. Nima qilish lozim bo'lsa, to'ydan oldin bo'lishi kerak edi. Endi vaqt g'ildiragini ortga qaytarolmaysiz. Shu bois hozirgi hayotingizni gulzorga aylantirishga harakat qiling. "Endi hech kim sevolmaydi uningdek" deb o'tirsangiz, hozirgi baxtingizni ham boy berib qo'yasiz. Eringiz sevmasa, sevdiring, e'tibor bermasa, diqqatini tortishga harakat qiling. Axir ezgulik yo'lida qilingan har qanday harakat bir kun natija berishi aniq. Siz qalbingizda sovuq muhit yaratib olganingiz uchun ham eringiz siz tomon talpinmayotgandir, balki. Maslahatimiz, o'tkinchi sevgini unutishga harakat qiling, bor mehringizni oilangizga qarating.


༺༻✦༺༻✦༺༻
ДУСТЛАРИНГИЗГА ХАМ УЛАШИНГ...

@hayotiy_hikoyalari
https://t.me/joinchat/AAAAAFHXO92RDF2oXVdTtA
2.3K viewsOtabek Umarov, 13:59
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:58:53
༺ ༻ ༺ ༻
ДУСТЛАРИНГИЗГА ХАМ УЛАШИНГ...

@hayotiy_hikoyalari
https://t.me/joinchat/AAAAAFHXO92RDF2oXVdTtA
2.3K viewsOtabek Umarov, edited  13:58
Ochish/sharhlash
2021-02-01 11:56:52 o‘t chaqnaganday bo‘ldi. Oralarida hech qancha masofa qolmagandi. Qattiqroq nafas olsalar yuzlari yuzlariga tegardi. Ikkovlari ham singib ketguday holatda edilar. Naqadar baxtli, unitilmas onlar...
- Kuzatib qo‘yardim!?.. – Yigit beiixtiyor og‘zidan chiqib ketgan ushbu so‘zlardan o‘zi uyalib ketdi.
- Keragi yo‘q, o‘zim!.. – Qiz keskin ortiga burilib keta boshladi. Yigit dovdirab qoldi. Nima qilishini bilmay jim qarab turardi.
O, bu mayin - jarangdor ovoz, g‘amli so‘zlar... Umrbod qalbga muhrlanib qolganini bilsang edi.
Qiz sekin-sekin, osuda qadam tashlab yo‘lga tushdi. Yigit esa traktoriga suyanganicha sassiz, sadosiz telba alfozda uni kuzatib turardi. Ko‘z o‘ngida unga sevimli bo‘lib qolgan qiz yiroqlashib borardi. Qizning yomg‘irda shalabbo bo‘lib, hali qurib ulgurmagan ko‘ylagi nozik qaddiga yopishib, sarv qomatining go‘zalligini bor bo‘yicha namoyish qilar; uzun tundek, sim-siyoh sochlari esa, husniga-husn qo‘shardi. Keyinchalik ham uning xotirasida qizning ana shu oxirgi surat misol ko‘rinishi o‘rnashib qolgan edi.Cheksiz-chegarasiz samoni, butun borliqni sekin-asta qorong‘ulik qoplay boshladi. Yigit hamon traktoriga suyangan ko‘yi turar, qizning esa qishloq tomonga ketayotgan qorasi tobora kichrayib borardi. Nihoyat, qiz olislasha-olislasha bir nuqtaga aylandi va qishloq yo‘lida g‘oyib bo‘ldi. Yigit uni telbalarcha sevib qolgandi.

* * *

Bu o‘sha tuproqqa berib qo‘ygan yakka-yu yolg‘iz Xadichasi edi. Endi u abadiylik yo‘lida g‘oyib bo‘lgan, uning pokiza, mangu sevgisi esa cholning qarimsiq yuragidagina qolgandi.
Borliq yana bir bora silkinib, yonib o‘chganday bo‘ldi. Chaqmoq butun yer yuzini yoritib, so‘ndi. Daryo bo‘yidagi harsangtosh yonida cholning yolg‘iz, sovuq jasadi yotar, yomg‘ir esa uning yuragida abadiy muhrlangan muhabbat izlarini yuvib yog‘ardi. Bu cholning so‘nggi damlari edi.


༺༻✦༺༻✦༺༻
ДУСТЛАРИНГИЗГА ХАМ УЛАШИНГ...

@hayotiy_hikoyalari
https://t.me/joinchat/AAAAAFHXO92RDF2oXVdTtA
2.7K viewsOtabek Umarov, 08:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 11:56:52 bo‘ysunib lom-mim demay kabinaga chiqdi. Kabinadan traktor moyining hidi anqib turardi. Noqulay bo‘lsa-da, o‘rindiqqa o‘rnashib oldi. Bunday joyda birinchi o‘tirishi edi. Vujudi bilan yigitning xatti-harakatlarini kuzatar, notanish joyda begonasirardi. Buning ustiga yoshlik, yolg‘izligi vahm solardi. U bo‘lsa hamon bir nimalar deb g‘udranardi.
- Voy tentakvoy-ey. Men bo‘rimidimki seni yeb qo‘ysam. Qo‘rqib ketganinichi buning.
Qiz uning ham yoniga chiqayotganini ko‘rib, himoyasiz qolgan qushdek, o‘tirgan o‘rnida bezovta qo‘zg‘aldi va atrofga olazarak qarab qo‘ydi. O‘zining noma’qul harakatini sezdimi yigit kabinaga chiqmay traktorning yomg‘ir urilmayotgan tomoniga o‘tib, qunishib oldi.
Yomg‘ir bir zum bo‘lsada, pasaymasdi. Atrof bo‘m-bo‘sh, kimsasiz. Poyonsiz dalalar ortidan qishloq elas-elas ko‘zga tashlanadi. Kun ham o‘tib borayapti. Tezroq ketish kerak... Aksiga olib yomg‘ir ham tinmayapti. Qiz ham unga ortiqcha bo‘ldi.
Yigitning xayolini traktorning orqa oynasidan tushgan qizning g‘imirlagan sharpasi buzdi. Yomg‘ir tomchilari qizning ikki yuzidan oqib tushib, hammayog‘ini shalabbo qilgandi. G‘ayorishuuriy ravishda unga nigohini qaratdi. Boya husniga unchalik e’tibor bermagan ekanmi, yon tarafdan qizning chiroyli yarim yuzini ko‘rdi. Xayolidan kechgan o‘yni anglaganday qiz ham u tomon o‘girilib, oydek husnining bor tarovatini namoyish etdi. Bu namoyishkorona qarash yigitning vujudini o‘rtab yubordi. Qizning mungli ko‘zlari qandaydir sirli boqardi. Bir boqishining o‘zigina jon olishga kifoya edi. Yigitni visol qiynog‘i azoblab, hajr o‘ti o‘zining yog‘iga o‘zini qovira boshladi.Endi telba qalbini yomg‘irning tezroq tinishi emas, aksincha, uzzukun sharros yog‘ishi tinchlantirardi. Lekin o‘ylagani aksi bo‘layotgandi. Axir shu onning o‘zida undagi qalb o‘ti alangalanib, vujudida o‘ziga notanish hislar paydo bo‘la boshlaganini bu zolim falak qayoqdanam bilsin. Ustiga ustak yomg‘ir ham susayib bir-birini bog‘lab turgan bittayu bitta rishtadan ham mahrum qila boshladi. U butun borlig‘i bilan ehtirosli xayollar og‘ushida edi. Qandaydir ko‘rinmas kuch o‘z domiga olib, aql hushini o‘g‘irlayotgandi, go‘yo... O, bu qandayin kuch bo‘ldiki, uni ipsiz bog‘lab olib, o‘ziga ohanraboday tortsa... Ancha vaqtdan so‘ng qizning kabinadan chiqayotganini ko‘rib, yomg‘ir butunlay tinganini sezdi va birdan bezovtalanib qoldi. Bu lahzalar uning uchun aziz bo‘lib qolgan, go‘yoki u kabinadan emas, qalb to‘ridan chiqayotgan edi. Qiz ko‘ziga chaqmoq misli bir ko‘rinish berib ketayotganday tuyuldi. Yigit uning yoniga borishini ham, bormasligini ham bilmay kalovlanardi. Shu paytgacha ikkovlarini bog‘lab turgan narsa yolg‘iz yomg‘ir, yomg‘ir ekanligini endi tushundi.
Yana o‘sha g‘ayritabiiy kuch qizning yoniga borishga undadi. Nazarida allaqanday sharpalar yuragiga tajovuz solib, yolg‘izini olib ketmoqchiday ko‘rindi. U o‘z jismidagi qaltiroqni sezdirmaslikka harakat qilib, qizga yaqinlashdi va qarshisida bir zum husniga mahliyo bo‘lib, turib qoldi. U go‘zal edi. Hatto yoshligida xayolini olgan, kitoblardagi Farhodu Majnunlarning ma’shuqalaridan ham maftunkorroq edi. Unga endi hech narsa taskin bermay qo‘ydi. Ixtiyorsiz ravishda qizning guldek barmoqlariga traktorning rul chambaragini aylantiraverib dag‘al, beo‘xshov holga kelib qolgan qo‘llarini tekkizdi. Bir zum bo‘lsa-da, qizning qaynoq vujudidan gupurib turgan qalbining haroratini his etdi. Negadir u qo‘lini tortib olmadi.Faqat ko‘zlarini yerga qadab, nigohi bilan turli shakllar chizardi. Yigit uning ko‘zlarini ko‘rolmay o‘zicha tasavvur qildi: qora, moviy... Bilolmadi. Shu holatda ular bir-birlariga bo‘lgan muhabbatlarini, mehrlarini so‘zsiz izhor etishayotgandek edilar. Qizning qo‘llarini bo‘shatgisi kelmasdi. Shunday qilsa abadiy bir-birlaridan yiroqlashadiganga o‘xshab ko‘rindi. Nima bo‘lsa ham o‘zini qo‘lga oldi va:
- Ketayapsizmi?! – deb to‘lqinlanib so‘radi.
Qizdan sado chiqmadi. U til-zabonsiz farishtaga o‘xshardi. Bir og‘iz ham gapirmasdi-yu, odamni o‘ziga rom etib olardi.
Shu payt mayin epkin esib, qizning sochlarini to‘zg‘itdi. Shunda u boshini ko‘tarib, yigitga qaradi. Ko‘zlar to‘qnashib
2.3K viewsOtabek Umarov, 08:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 11:56:52 Muhabbat muhri. [ hikoya ]

Borliq bir silkinib yonib o‘chganday bo‘ldi. Yer yuzini bulut qopladi. Shivalab yomg‘ir yog‘ar, atrof javonibdagi jimlikni tomchilarning shitir-shitiri-yu, daryoning dahshatli shovillab o‘qishigina buzardi. Jonivorlar allaqachon in-inlariga kirib ketishgan, vaqt ham allamahal bo‘lgan edi. Daryo bo‘yidagi harsangtosh ustida soch-soqoli oqargan, yoshi ham bir joyga borib qolgan Zokir traktorchi o‘tirar; yigirma-o‘ttiz qadam narida esa tashlandiq holga kelgan, almisoqdan qolgan uning yolg‘iz traktori turar edi. Bu traktorni cholga yaxshi mehnatlari evaziga kolxoz tomonidan berishgandi. O‘shanda "Qarigan chog‘imda zil-zambildek keladigan bu matohingni boshimga uramanmi?!” – demoqchi bo‘ldi-ku, lekin salkam butun umri shu traktor bilan o‘tib, o‘rganib qolgani tufaylimi ko‘ngli yo‘l bermadi. Raisning oldidan chiqib to‘g‘ri uyga kelganida xotini Xadicha, ayol kishi emasmi, "Shuning o‘rniga kichikroq bir xunajin so‘ramabsizda. Bahorgacha anchayin yetaklab olardik. Bu o‘lgurni na sog‘ib ichib bo‘lsa, na bozorga sola olsang...” – deb qildi janjal, qildi janjal, asti qo‘yaverasiz. Tuprog‘ing nurga to‘lgur kampirining o‘shandagi holati hamon ko‘z oldidan ketmaydi. Nimayam qila olardi. Taqdir deb shuni aytadi-da... Birov oldin ketsa, birov keyin tark etadi bu foniy dunyoni. Hammaga kelgan to‘y. Boshga tushganni ko‘z ko‘raveradi.
Kampiri Xadichani tuproqqa qo‘yganiga ham mana bir hafta bo‘libdi. Hammasiga chidab yuribdi-ku, lekin...
...Faqat Xadichaga achinadi. U bechora nimani ham ko‘ribdi. Hatto shu o‘zining yashagan qishlog‘i, kichkina Chekatashloqni ham bafurja aylanib chiqmagan. O‘zi-ku mayli-ya... Armiya dedi, boshqa dedi hartugul uyoq buyoqni borib ko‘rdi. O‘lsa armoni yo‘q edi.
Odamzot o‘zi shunday yaralgan bo‘lsa kerak. Avvaliga otam-onam deydi, keyin bo‘lsa bolam-chaqam... Borib-borib qarigan chog‘larida yolg‘iz qoladi. Kampiri bilan ikkovlari bir-biriga suyanib, o‘rganib qolgan ekan anchagacha o‘ziga kelolmay yurdi. Bu vaqtlarda farzandlar ham o‘z yo‘liga...Ular ham bag‘ringdan uchirma bo‘lib chiqib ketguncha seniki, keyin o‘zlari bilan o‘zlari ovora... Mana to‘ng‘ichi Dilmurod bir yil bo‘libdiki, daragi yo‘q. Hatto onasining vafotini ham bilmaydi. Balkim bilganda kelarmidi?!..
Davlat ishi deb tinmaydi. Hali chet elda, hali boshqa joyda. Bormagan joyi koinot qoldi o‘zi. Otang tushmagur, bachchag‘ar, o‘zi ham yetti tilni biladi.
Ba’zan shu o‘g‘liga ham achinib ketadi. "O‘zingni boshingga o‘zing g‘alva oshirmay, jo‘n otangni kasbini qilavermaysanmi?! O‘sha begona yurtda yurib topgan bir burda noningni shu yerda ham topasan axir”, - degisi keladi-yu, o‘ylanib qoladi. Yana kim biladi, bu yoshlar nimalar qilishadi hali.
Har qalay o‘rtanchasi tuzuk. Tez-tez kelib, xabar olib turadi. Onasining ta’ziya kunlari ham boshiga do‘ppi, egniga chopon kiyib shu o‘g‘li turdi.
Kenjasi qiz. Qiz bo‘lgani tufayli, juda mehribon. Onasi tirik chog‘larida bechorani ketgisi kelmasdi. Yosh oila bo‘lsa ham o‘zidan oshinib, bo‘sh qoldi deguncha onasining oldiga chopardi. Ishqilib omon bo‘lsa bo‘lgani. Hammalarini qaerda bo‘lmasin baxtini bersin...
Shu kunlarda uning o‘zi ham nurab, mung‘ayib qolgan edi. Faqat hali-hanuz Qoradaryo sohilida Xadicha bilan ilk bora yuz bergan o‘sha voqeagina cholga ajib bir entikish, shirin orziqish berib, hayot baxsh etardi...
...Ilgarilari ham nimagadir yomg‘ir ostida xayol surib o‘tirishni yaxshi ko‘rar edi. O‘shandayam yomg‘ir tezlashgandan tezlashib, quturib borardi. Sohilda kimni(ng)dir b(ch)aqirib, chopib kelayotgan qorasi ko‘rindi. Uzoqdan uning nima deb baqirayotganligini anglab bo‘lmasa-da, ovozidan qiz bola ekanligini bilish mumkin edi. Qiz keldi-yu, tuyqusdan dahshatli narsaga duch kelgandek turgan yerida qotib qoldi. Yigit unga qanday qilib iltifot ko‘rsatishni bilmay, jim qarab turar edi. U bo‘lsa, g‘ayriixtiyoriy ravishda ortga burilib, keta boshladi.- Qayoqqa ahmoq?!.. Selda qolasan-ku... Bu yoqqa kel, kel deyapman!..
Yigit traktoridan tushdi-yu, ovozining boricha baqirgan ko‘yi achchiqlanib, u tomon yurdi. Qo‘lidan mahkam ushlab, kabina tomon sudray boshladi. Qiz beiixtiyor
2.7K viewsOtabek Umarov, 08:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 11:56:20
༺ ༻ ༺ ༻
ДУСТЛАРИНГИЗГА ХАМ УЛАШИНГ...

@hayotiy_hikoyalari
https://t.me/joinchat/AAAAAFHXO92RDF2oXVdTtA
2.7K viewsOtabek Umarov, edited  08:56
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:46:11 ligim Sultonim Sanjar akani tugilgan kunlari yuragim siqilib tolib toshib ketdi ota onam ham Kareaga kelishdi oilaviy yashayapmiz

Ota onam yaqinlarim yonimda sog’ salomatman Alloxga behisob wukur manga o’xshab hech kim bevaqt hazon bo’lmasin hamma suyukli yori bilan bir umr baxt saodatda yashasin mani bahtim ota onam yaqinlarim borligida Alloxga behisob shukur !!! faqat suyukli insonim uzoqlarda.... mayli bu dunyoku,,, o’tkinchi abadiy dunyoda Jannatlarda ko’rishish nasib etsin deb yashashda davom etaman .......!!!

14 kun bulsaham turmush o’rtogimga suyukli yor sevimli rafiqa bo’ldim qaynonam qaynotamni suyukli erka kelini bo’ldim ozgina bo’l saham xizmatlarini qilib ko’ngillarini oldim. Allox manga ozgina bo’lsa ham kelinlik bahtini nasib ayladi. Sanjar akamni oilasida Mehr muhabbat qadr topdim shuyam manga berilgan baht va sinov debb o’yliman.


༺༻✦༺༻✦༺༻
ДУСТЛАРИНГИЗГА ХАМ УЛАШИНГ...

@hayotiy_hikoyalari
https://t.me/joinchat/AAAAAFHXO92RDF2oXVdTtA
3.7K viewsOtabek Umarov, 12:46
Ochish/sharhlash