Get Mystery Box with random crypto!

Eng muhim ko’nikma Bu tahlil qila olish. Tahlil qiladigan o | A. YUSUPOV

Eng muhim ko’nikma

Bu tahlil qila olish.

Tahlil qiladigan odamga ish buyurilsa — bu ishdan maqsad nimaligini, nega unga buyurilganini, qilmasa nima bo’lishini o’zi tushunib oladi. Natijada ishni yaxshiroq bajaradi.

Tahlil qiladigan odam biron nima eshitsa ishonib ketavermaydi. O’zi bilganlari va boshqa manbaalar bilan solishtirib ko’radi. Natijada oson aldanmaydi.

Tahlil qiladigan odamga ozgina ma’lumot yetadi. Qolganini o’shandan chiqarib olaveradi. Oqibatda to’g’ri qarorlari ko’payadi.

To’g’ri qarorlar + Oson aldanmaslik + Ishni yaxshi bajarish = Shaxs sifatida rivojlanishga, daromadning o’sishiga olib keladi.

Daromad o’sishi bo’sh vaqt ko’payishiga, bo’sh vaqt ko’payishi tahlil uchun yanada ko’proq vaqt qolishiga sabab bo’ladi. Natijada bunday odam tengdoshlaridan karrasiga o’tib ketishni boshlaydi.

Tengdoshlar esa hayron. “Вроде bir xil ishlayapmiz lekin bu bolani eplab bo’lmayapti)” deyishadi.

Tahliliy fikrlashni o’rganish uchun quyidagi oddiy ishlarni 3 yil davomida qilib borish yetarli:

1. Kuniga kamida 25 bet kitob o’qish
2. “Nega?” degan savolni doim berishni o’rganish
3. Kuniga 20 daqiqa tafakkur qilish
4. Tahlilga majburlaydigan o’yinlar o’ynash: Sudoku, shaxmat, nonogram

Eng qizig’i bu qobiliyat shunday narsaki — Tahlilsiz odam buni naqadar muhimligini tushunmaydi. Tahliliy odam esa busiz qanday yashaganini tushunmaydi.

Abduqodir Yusupov
@hayotiy_galaba