A. YUSUPOV — Telegram kanal

Telegram kanalining logotibi hayotiy_galaba — A. YUSUPOV A
Telegram kanalining logotibi hayotiy_galaba — A. YUSUPOV
Kanal manzili: @hayotiy_galaba
Nofaol
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Har bir yutuq - sinash qarori bilan boshlanadi.
Bosh admin: @yusupov_abduqodir
Instagram: Instagram.com/abduqodir_yusupov_cps
#shaxsiy_blog #mativator_emasman
O'zini Ustozi bo'la turib, qayerdagi mativatorlarni gapiga kiradigan inson bo'lmaylik. #fikr

Kanal statistikasi
140000% Faollik darajasi
2,800 Ko'rishlar / post
0 Postlar / kun

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

4 май 2022
#maxsus

Mening onam bor!

Onalar haqida yozmoqchi bo'ldim,
Lekin ojiz ekan hali qalamim.
Yozdimu o'chirdim, yozdim o'chirdim,
Oq qog'ozdan oldim go'yo alamim.

Onajonim sizni ta'riflash uchun,
Bisotimda kamlik qilar so'zlarim.
Shuning uchun ta'riflab emas,
O'zimni aylab yozish ko'zladim.

Esimda "Egalik quliman" derdingiz,
Xotiramda qolgan aytgan so'zingiz.
Vaqtni aylanib kelishin qarang,
Egalik qul xozir sizning qizingiz.

Ishga deb chopaman, uyga chopaman,
Uy-ro'zg'or, bolalar - tashvishlar serob.
Kunlar o'tishin sezmay qolaman,
Qachon sizni ko'rdim, qilaman xisob.

Bemexr o'g'ilmanmi? Aslo onajon!
Qalbim mexr bilan limmo-lim.
Oq-sutingiz bilan bergan mexringiz,
To'ldirgan yuragim, vujudim, qonim.

Ko'p bo'lmadi bir yaqin do'stimning,
Yoshguna onasi to'satdan o'tdi.
Onamlab zor qaqshab qolgan do'stim,
Dildagi gaplarin bizlarga to'kdi.

Bemalol kelmasdim onam borida,
Onam abadiydek ko'nglim edi to'q.
Kechgacha o'tirsam bo'lmas edimi?
Endi afsuslardan hech bir foyda yo'q.

Do'stim so'zlari ochdi ko'zimni,
Menchi, nima qildim siz uchun ona?
Ayblarim yozsam qog'ozim to'ldi,
Essiz, qancha vaqtni yo'qotibmana.

Bir yilda bir marta kafega boshlab,
Bir sokin go'shada suxbat quribman.
Tutib qo'lingizga taomnomani
"Ona tanlang! Nima yeysiz" demapman.

O'tgan hafta do'stlarim bilan,
Kecha qo'shnilarim, bugun oilam.
Bariga vaqt topdim, lekin yodimda yo'q,
Qachon xursand qildim volidam.

Boshingizga qo'ngan oppoq qirovda,
Mening ham hissam bor munis azizam.
Peshonangizdagi ajinlar so'zlar,
Bizni deb tortgansiz qancha g'am, alam.

Yilda ikki bayram - ikki xayitda
Boshingizga ro'mol olib boribman.
Ex nodon o'g'il! O'zim oxirlik ko'ylak,
Va yangi poyabzal kiyib olibman.

Nega tiktirmadim sizga xarirdan,
Yoki pombarxitdan sipo bir libos?
Nimaga olmadim bitta poyabzal,
Ko'ylagingiz rangiga qilib rangi mos?

Bolamga bozordan kiyim olgan,
Deyman, "Onamga ham olaman shu gal".
Yo vaqtim qolmaydi va yoki pulim,"Xa mayli, olaman keyingi safar".

Keyingi safar ko'payib ketdi,
Qachon keladi shu keyingi safar?
Yo Alloh. Madad ber, ko'nglini olay.
Onam oxiratga qilmasdan safar.

Xali ham fursat bor. Quyoshim Onam,
Ko'nglizni olay, bering bir imkon.
Kun kelib, bir kuni sizni yo'qotib,
So'ngra afsus qilmay aziz Onajon.

Bir kun teatrga olib boraman,
Bir kun favvotaga olib borsamchi..?
Baxri dillaringiz ochilarmidi,
Tog'larga, bog'larga olib chiqsamchi..?

Yuring aylantiray ulug ayyomda,
Ko'nglingiz nimani istar, tutayin.
Osmondagi oymi, yoki ko'kdagi yulduz,
Olib poyingizga barin tikayin.

Abduqodir Yusupov blog post:
@hayotiy_galaba
2.8K views04:00
Ochish/sharhlash

Ko'p beriladigan savollar

A. YUSUPOV haqida tez-tez beriladigan savollar

A. YUSUPOV — bu 2 obunachilik bor Telegram kanali. Ushbu sahifada so'nggi postlarni o'qishingiz, sharhlarni ko'rishingiz va batafsil statistikani ko'rishingiz mumkin.
Ushbu sahifadagi "Kanalga o'tish" tugmasini bosing yoki Telegram ilovasida @hayotiy_galaba deb qidiring. Shuningdek, kanal username'ini nusxalab, Telegram qidiruv satriga joylashtirishingiz mumkin.
Ha, A. YUSUPOV — bepul Telegram kanali. Hech qanday to'lovsiz obuna bo'lib, barcha postlarni o'qishingiz mumkin.
A. YUSUPOV asosan Oʻzbek tili tilida kontent e'lon qiladi. So'nggi xabarlarni ushbu sahifada ko'rishingiz mumkin.
Ha, pastdagi "O'xshash kanallar" bo'limida o'xshash Bloglar kanallarni topishingiz mumkin. Biz shuningdek tegishli Telegram guruhlari, botlari va stikerlarini ko'rsatamiz.
Ushbu sahifada foydalanuvchilarning sharhlari va reytingini tekshirishingiz mumkin. Kanalning reytingi — 3 sharhga asoslangan 5 dan 4.3.
Ha, A. YUSUPOV kanalining so'nggi xabarlarini shu yerda, Telegram Store'da, Telegram'da kanalga obuna bo'lmasdan ko'rishingiz mumkin.
A. YUSUPOV avatar
A. YUSUPOV @hayotiy_galaba
Telegram'da ochish