Get Mystery Box with random crypto!

𝐇𝐀𝐒𝐁𝐈𝐘𝐀𝐋𝐋𝐀𝐇🕊🌙

Telegram kanalining logotibi hasbiyallah_uz — 𝐇𝐀𝐒𝐁𝐈𝐘𝐀𝐋𝐋𝐀𝐇🕊🌙 𝐇
Telegram kanalining logotibi hasbiyallah_uz — 𝐇𝐀𝐒𝐁𝐈𝐘𝐀𝐋𝐋𝐀𝐇🕊🌙
Kanal manzili: @hasbiyallah_uz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.01K
Kanalning ta’rifi

راحة القلب لغير الله في عدم الاتصال
Qalb xotirjamligi Allohdan boshqasiga
bog'lanmaslikda.🫀
Murojaat uchun: @Normatov_Iqboljon
Foydali bot: @HASBIYALLAH1_BOT
Kanalimiz do'koni:
@Hasbiyallah_mahsulotlari
•POSTLARNI MANBA BILAN OLING❗

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-07 06:08:02 - Ota farzandlaridan soʻrabdi:
- Hoʻsh... kimni koʻproq yaxshi koʻrasizlar onangiznimi yoki meni..?

- Bolalar: Ikkovingizni ham yaxshi koʻramiz..!

- Ota: Yaxshi, aytinglarchi, agar men Madinaga, onangiz Makkaga ketsak, qaysi birimiz bilan ketar edingiz?

- Bolalar: Oyimiz bilan!

- Ota: Demak, onangizni koʻproq yaxshi koʻrar ekansizda?

- Bolalar: Yoʻq, Makkani koʻproq yaxshi koʻramiz!

- Ota: Hoʻp, men Makkaga, Onangiz Madinaga ketsak, men bilan ketasizlar-a..?

- Bolalar: Yoʻq, Madinaga ketamiz..!
- Ota: NIMA UCHUN?
- Bolalar: Chunki, Makkani ziyorat qilib boʻldik. dermish...

4.8K viewsedited  03:08
Ochish/sharhlash
2022-07-06 18:20:02 #Nima_uchun_avvalo_namoz_deyilgan?

Chunki:
Namoz – Qiyomat kuni bandaning birinchi hisob kitob qilinadigan amalidir.
Namoz – fahsh va munkar ishlardan qaytaradi.
Namoz – agar vaqtida o‘qilsa, Allohga eng mahbub amaldir.
Namoz – mo‘minlarga vaqti bilan farz qilingan.
Namoz – Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etayotgan lahzada vasiyat qilgan amaldir.
Namoz – dunyo mashaqqatlaridan rohatdir.
Namoz – xatolarni o‘chiradi.
Namoz – bandani Robbiga bog‘laydi.
5.0K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2022-07-06 17:18:16 Reklama hizmatimiz skidka narxlarda qurbon hayiti bayrami sababi bilan
4.6K viewsedited  14:18
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:16:01
Dunyoni yeg‘latgan tili ojiz ayolni quron tilovati
6.1K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-07-06 08:10:12 Аёлларга фойдали маслаҳат...

Қаерда бўлишингиздан қатъи назар, Аллоҳ таоло сизни кўриб, эшитиб турганини унутманг!

Доимо шариатимиз буюрганидек кийининг! Либосингиз сизнинг чин муслима эканингизни айтиб турсин!

Пардозингиз таҳорат бўлсин! Тилингиздан Аллоҳ таолонинг зикри тушмасин!

Қуръони Каримни ўқишни, оятлар маъноси борасида тафаккур, тадаббур қилишни доимий одат қилиб олинг!

Намоз вақти бўлганда, ҳар қандай ишингизни ташлаб, намозни адо этинг!

Намозда асло шошилманг! Қироатни тажвид билан ўқиб, руку, саждаларини ўрнига қўйиб, намозни адо этинг!

Али Тантовий исмли олимнинг мана бу гапларини ёдингизда тутинг: «Агар намозда шошилсанг, ёдингда тутки, сен қўлга киритишни истаётган ва йўқотишдан қўрқаётган нарсаларнинг барчаси сен ҳузурида турган Зотнинг қўлидадир».

Зинадан чиқмоқчи бўлганингизда ортингиздан эркак киши ҳам чиқадиган бўлса, сиз четга ўтиб, кутиб туринг, эркак чиқиб кетсин, кейин сиз чиқинг.

Лифтга чиқмоқчи бўлганингизда у ерда бегона эркак бўлса, чиқманг. Кутиб туринг. Лифт ўша одамни манзилига олиб чиққач, кейин лифтни чақиринг.

Амакингиз, аммангиз, тоғангиз, холангизнинг ўғиллари билан ҳеч қачон қўл бериб кўришманг, чунки улар сизга номаҳрамдир.

Сизга маҳрам қариндошлар бўлса ҳам, муомалада чегарани билинг, виқорингизни, иффатингизни сақланг.

Дугоналарингиз билан кўчада кетаётганингизда қаҳ-қаҳа отиб кулишиб, баланд овозда гаплашманг. Ҳаёли бўлинг ва кўчада юриш одобига риоя қилинг!

Сиз ўтирган уйга ёши катта қариндошлар кирса, уларни ҳурмат қилиб ўрнингиздан туринг!

Кўчада кетаётганингизда, ёнингизда отангизми, акангизми бўлмаса, бирорта бегона эркак билан, ҳатто у номаҳрам қариндош бўлса ҳам, гаплашманг, у билан асло ёлғиз қолманг. Динимиз бизни бундан қайтарган.

Жамоат жойида кетаётганингизда ерда ётган нон бўлагини кўриб қолсангиз, уни олиш учун энгашманг, балки ноннинг ёнида тўхтаб, ўтириб, кейин олинг.

Автобусда, таксида юришингизга тўғри келиб қолса, ёнингиздаги йўловчига асло ҳаётингиз ҳақида ҳикоя қилманг. Овозингизни баланд кўтарманг.

Аллоҳ таоло қиз боқаётган, қизларини узатиш арафасида турган ва қизларини узатган азизларимизни меҳрибон, насиҳатчи, ҳақни кўрсатувчи ота-она бўлишларини насиб этсин! Қиёмат куни барча муслима қизлар ўз ота-оналари учун дўзахдан парда бўлишларини насиб айласин!

Аллоҳ таоло ўғил боқаётган, ўғлини уйлантириш арафасида турган ва уйлантирган азизларимизни меҳрибон, ибратли, ҳақни кўрсатувчи, наситҳатгўй ота-она бўлишларини насиб этсин! Қиёмат куни барча мусулмон йигитлар ўз ота-оналарининг бошларига иззат тожи, устларига каромат сарпоси кийдирилишига сабабчи бўлишларини насиб айласин!

5.2K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-07-05 20:22:02 Hammamizga bilishimiz kerak bo'lgan savollarga javoblar!

1. Qur’onning ma‘nosi nima?
“Qiroat” “O‘qish”
2 Dastlabki tushgan joyi?
Makka,Xiro g‘ori
3. Dastlabki tushgan kuni?
Qodir kuni.
4. U kimning so‘zi?
Allohning
5. Qur’onni keltirgan farishtaning nomi nima?
Jabroil (a.s)
6. Uni birinchi bo‘lib o‘qigan odam kim?
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)
7. Qur’onni har bir harfini to qiyomatga qadar qo‘riqlovchi kim?
Alloh
8. Uni qanday ushlash kerak?
Tahoratli holda.
9. Qur’onda Qu’ronni qanday nomlar bilan zikr etilgan?
Al-Furkaan, Al-Kitob, Al-Zikr, Al-Nur, Al-Xudo.
10. Makkada nechta sura tushgan?
86 ta
11. Madinada nechta sura tushgan?
28 ta
12. Qancha poradan iborat?
30 ta pora.
13. Qancha sura bor?
114 ta
14. Qancha oyat bor?
6 ming 666 ta
15. Qur’onda Allohning nomi nechta marta berilgan?
2 ming 698 marta.
16. Namoz haqida necha marta aytilgan?
700 marta.
17. Muhammad (s.a.v) qanday nom bilan nomlangan?
Sof surasining 6- oyatida Ahmad degan nom bilan nomlangan
18. Payg‘ambarimizning ismi necha marta nomlangan?
Muhammad (s.a.v)- 4 marta, Ahmad Ahmad (s.a.v)-1 marta
19. Eng ko‘p qaysi payg‘ambarning nomi aytilgan?
Payg‘ambar Muso (a.s) ning
20. Qur'on oyatlarini dastlab kim sanab chiqqan?
Halima onamiz
21. Eng dastlabki va tarixiy masjid qaysi?
Ka’ba!
22. Qaysi payg‘ambarni onasining ismi bilan qo‘shib chaqirilgan?
Payg‘ambar Iso (a.s) Mariyam o‘g‘li
23. Qur’onda alohida eslatilgan kun nomi.
Qiyomat kuni.
24 Eng uzun sura qaysi?
Baqara surasi.
25. Eng qisqa sura qaysi?
Kavsar surasi.
26. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga Jabroil farishta Qur’onni ilk bor keltirgan vaqtda u zotning yoshlari nechada edi?
40 yoshda.
27. Payg‘ambarimiz Makkada necha yil payg‘ambar bo‘lganlar?
13 yil
28. U zot Madinada nechi yil payg‘ambar bo‘lib turdilar?
10 yil
29. Qur’oni Karimnining nozil bo‘lishi?
22 yilu,5 oy, 14 kun.
30. Qaysi sura namozning har bir rakatida o‘qiladi?
Fotixa
31. Alloh Taolo duo o‘rnida o‘qishga lozim ko‘rgan suraning nomi qaysi?
Fotixa
32. Eng birinchi sura?
Fotixa
33. Qur’onda nomi aytilgan yolg‘iz ayol?
Mariyam (a.s)
34. Qaysi surada Bismilloh so‘zi 2 marta aytilgan?
Naml surasida.
35. Qur’onda payg‘ambarlarning nomi bilan nomlangan qancha sura bor?
6 ta Ular: Yunus,Xud,Yusuf,Ibrohim,Nuh,
Muhammad surasi.
36. Qur’onda Allohning qancha nomi aytilgan?
99 ta.
37. Qur’onda boylik haqida nima aytilgan?
Odam imononining sinovi.
38.Qur’onda nomlangan masjidlar nechta?
5 ta. Ular: Masjid ul- Xaram, Masjid ul- Zirar, Masjid ul- Nabavi, Masjid ul-Aksa, Masjid ul- Kuba.
39. Qur’onda nomi aytilgan va 3- avlod payg‘ambarining nomi?
Ibrohim (a.s)
40. Nomi aytilgan farishtalar?
Jabroil, Mikayl,Xarut,Marut.

Jannatlarni sizga ilinaman, aziz dindoshim

#Eslatma
6.6K views17:22
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:17:02 ОНАЛАР ҲАҚИДА

1. Ҳадяни аввал онага сўнг отага берилиши маҳбубдир.

2. Ҳаёт бўлсалар ҳам, вафот топиб кетган бўлсалар ҳам уларнинг ҳақларига доимо дуода бўлмоқ зарур.

3. Оналарнинг юзларига тушган ажинлар, қўлларининг қадоқлари – сен ва ака-укаларинг, опа-сингилларинг сабабли эканлигини билгин!

4. Сенга берган оқ сути лутфу – хурсандлик биландир, аммо сенинг унга берган таоминг баъзида миннатли ва озорлидир. Шунинг учун берган ҳар-бир луқманг лутфли бўлиши учун камтарин бўл, камтарин бўл!

5. Унга сен ҳар куни кўриниш бер, чунки унинг сени кўриши сенинг унга минглаган хум тиллолар туҳфа қилганингдан ортиқроқдир.

6. Тириклигида бор имкониятинг ила унга тавозеъли ва ширин сўзли бўл, қачонки агар уни йўқотсанг армондан холи бўласан.

7. Ҳайит кунлари бағринга босиб, уни қучгин! У сени ҳар куни қучиб, ҳидларингдан тўйиб-тўйиб завқ олганини эсингдан чиқармагин!..
5.6K views12:17
Ochish/sharhlash
2022-07-05 10:12:02
Agar Alloh sizga shunday taqdirni bergan bo'lsa, demak u siz buni uddalay olishingizni bilar edi...
5.3K views07:12
Ochish/sharhlash
2022-07-04 18:22:30 #Tabassum

UYDAGI TASHKILOTLAR

OTA
• Umrining oxirigacha mutlaq prezident;
• Tashqi ishlar vaziri;
• Bojxona qo'mitasi raisi (Uyga kirib keladigan mahsulotlarning halolligini tekshiradi)
• Pul fabrikasi

ONA
• Advokat (ota urushganda doim tarafingizni oladi)
• Portal (hamma dardlaringizni tinglab, otangizga yetkazib, muammolaringizni hal qilib beradi)
• Buxgalter (kirim-chiqimni, oilada pul aylanishini nazorat qiladi)

OPA
• Sotti (onaning o'ng qo'li)
• O'rinbosar (ona uyda bo'lmaganda o'zidan xo'jayin yasab oladigan, hali tajribasi yo'q boshliq)

SINGIL
• O'rtadagi odam (ham sandondan, ham bolg'adan tayoq yeydi).
• Razvedkachi (opaning sirlarini onaga yetkazib turadi).

AKA
• Kvartirant (uyga ishdan charchab, faqat uxlashga keladi).
• Qo'riqchi (uydagi opa-singillarini himoya qilib yuradi)

UKA
• Oligarx (aytgani aytgan, degani degan)
• Uyda otaga ham so'zi o'tadigan, tashqi va ichki kuchlarga ega.

Albatta hazil tariqasida tayorlandi
7.0K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2022-07-04 05:07:02 Uylanish mustahab bo'lgan ayollar:

Diyonatli
"O'zingga diyonatlisini tanlagin" (hadis)

Tug'adigan
"Yaxshi tug'adigan ayolga uylaning" (hadis)

Bokira
"Bokiraga uylandingmi?" (hadis)

Diyonat va qanoatli xonadon ayoli
Chunki bunday xonadonlar din va qanoat manbasi bo'ladi.

Nasabi toza
Bola zotli bo'ladi.

Chiroyli
Chunki bunday ayol nafsni tinchlantiradi. Ko'zni to'sadi va muhabbatni tom qiladi.

Begona
Chunki begona ayol sog'lom va zotdor farzand tug'adi. Nikohda ayrimlarda uchrab turgani uchun, qarindoshga uylanganda, bu qarindoshchilik uzilib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. "Yaqin qarindoshga uylanmang" (hadis) Buning sababi shahvat zaifligidir.

Agar bir xotin iffatini saqlay olsa, xotinni bittadan ko'paytirmaslik.
"Kimning ikki xotini bo'lib, ulardan biriga moyil bo'lsa, qiyomat kuni u yarim moyil (yo'q) holatda keladi" (hadis)

Samimiy_uz
6.0K views02:07
Ochish/sharhlash