Get Mystery Box with random crypto!

Akmal Sharopov Sud zaliga olib kelindi 3-noyabr kuni Navoiy v | HAQSÖZ

Akmal Sharopov Sud zaliga olib kelindi

3-noyabr kuni Navoiy viloyati Jinoyat ishlari bo’yicha sudida Akmal Sharopovning navbatdagi Sudi bo’lib o’tdi.

Sud zaliga Akmal Sharopov olib kelindi.
“Meni siyosiy ta’qib qilishni bas qilinglar, 10 yil avval ham, bu gal ham menga nisbatan soxta ayblovlar qo’yilgan”-dedi u o’z nutqida.

Advokati Umid Davletov ham himoyasidagi shaxsga nisbatan soxta ayblovlar qo’yilganligini e’tirof etib, shunday dedi:

“Jinoyat ishida huquq himoyachisi Akmal Sharopovni ayblash uchun yagona asos boʻlgan Ilxom Bozorovning tushunitirish xati butun bir jinoiy ish uchun dalil qilingan, qonun talabalarga kura esa, ya’ni JPK va Oliy sud plenumi qarorlariga ko’ra mazkur tushuntirish xati, Ilxom Bozorovning ko’rsatmasini mutlaqo dalil sifatida qabul qilib bo’lmaydi.

Jinoyat ishida ko’rsatma bergan shaxs, dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etmasa, uning ko’rsatmasini qaysi qonun asosida dalil sifatida qabul qilishdi?

Hurmatli sud hay’at a’zolari, I.Bozorovning tushuntirish xatini O’zbekiston Respublikasi JPK va Oliy sud plenumi karorlariga asosan nomaqbul dalil deb topishlaringizni so’rayman”.

Akmal Sharopovga umumiy ahvoli haqida savol berilganida, yaxshi deb javob berdi, ammo jigari va oshqozoni kasal ekanligini aytdi.

Kuzatuvchi sifatida sudda ishtirok etib, Akmal Sharopovning madori yo’qligi va holsiz ekaniga guvoh bo’ldim.

Inson huquqlari himoyachisi Хумоюн Рахмонов

@haqsoz