Get Mystery Box with random crypto!

Akmal Sharopovning boshiga kursi bilan urishgan 18-oktabr kun | HAQSÖZ

Akmal Sharopovning boshiga kursi bilan urishgan

18-oktabr kuni Akmal Sharopovning navbatdagi sud majlisi bo’lib o’tdi.
“ Sizga nisbatan qiynoq qo’llanilyapdimi?”-degan savolga
“Yo’q, unchalik qiynoqlar qo’llanilmayapdi, ruhiy bosimlar juda kuchli bo’lyapdi”- deb javob bergan va nutqining oxirida boshiga kursi bilan urishgani haqida gapirayotgan bir paytda a’loqani uzib qo’yishgan.

Akmal Sharopov bu gal ham noma’lum sabablarga ko’ra Sud majlisiga olib kelinmagan va Sudda onlayn tarzda ishtirok etgan.

Jazo muddatining uchdan ikki qismini o’tab bo’lgan Akmal Sharopov ayni paytda yengillashtirilgan tartibdagi kolonyaga chiqarilishi kerak edi.

Onasi Gulnora Sharopovaga ko’ra, JIEM o’g’liga nisbatan turli xil fitnalar uyushtirilib, soxta ayblov qo’yishgan va shu asosda yengillashtirilgan tartibdagi jazoni ijro etish kolonyasiga olib chiqilmagan.

Advokati Umid Davletovning aytishicha, himoyasidagi huquq faoliga nisbatan ochilgan jinoyat ishi soxtalashtirilganligi sudga taqdim etilgan ayblov xulosasidagi ko’plab holatlarda namoyon bo’lmoqda.

Advokatning Sud jarayonlarini video va audio shaklida tasvirga olish talabini Sudya asossiz ravishda rad etgan.

Ayni paytda inson huquqlari himoyachisi Akmal Sharopovning ishi tergov tartibida Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo’yicha sudida ko’rib chiqilmoqda.

Mahkum jazo muddatini Navoiy viloyatidagi 11-sonli JIEMda o’tamoqda.

@haqsoz