Get Mystery Box with random crypto!

Markazlashgan eski boshqaruv uslubi Prezident Mirziyoyev sudl | HAQSÖZ

Markazlashgan eski boshqaruv uslubi

Prezident Mirziyoyev sudlar to‘g‘risidagi nutqida : "... Sudlarning barchasini Toshkentga qaraydigan qilaman, kattakonlar ko‘rib turadigan qilaman..."-degan fikrni bildirib o‘tdi.
Aynan mana shu so‘zlar uning siyosiy va huquqiy savodxonligi o‘ta darajada sayoz ekanligini oshkor qilib qo‘ydi.

Eski marazlashgan, buyruqbozlik tizimidan qolgan sarqit ong mahsuli bo‘lgan bu fikrning amalga oshishi korrupsiyaning yanada chuqur ildiz otishiga yordam beradi.
Amaldorni hechqanday" kattakon" halol ishlashga undamaydi, aksincha korrupsiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi, xolos.
Chunki, bu holatda Sudyalar xalqqa emas, "kattakon"ga yoqishga harakat qilishadi.

Bundan tashqari,"kattakon"larning nazorati sudlarning mustaqilligiga barham beradi.

Harqanday siyosiy kuchni xalqqa berish lozim, faqat xalqgina amaldorni halol bo‘lishga majbur qila oladi.
Sudlar halol ishlashlarini ta'minlash uchun esa Sud jarayonlarini jurnalistlar va blogerlarga jonli yoritishga ruxsat berilishi lozim.

"Toshkentga qaratib qo‘yish" siyosatidan butunlay voz kechib, har bitta viloyatni erkin iqtisodiy zonaga aylantirish kerak.
Prezident janoblari esa hokim tayinlash vakolatidan voz kechib, xalqqa o‘z siyosiy huquqini, ya'ni hokimlarni saylash huquqlarini berishi lozim. Xalqdan tortib olingan harqanday huquq borki, qaytarilishi shart.
Hokimlar prezident uchun emas, xalq uchun xizmat qilsin.

Hokimlarni hozirgi holatda xalq uchun xizmat qilyapdi deb aytolmasangiz kerak?
Fermerlarning yerini olib qo‘yganda, mevali bog‘larni, aholining uylarini buzayotganda yoki tadbirkorlarning binolarini vayron qilayotganda hokimlar xalqqa yoqish uchun qilishganmidi?

Xalqning chiroqsiz, gazsiz qoldirilishi kimga yoqish uchun?

Ahmoq ham bilsa kerak bu usullar bilan xalqqa yoqib bo‘lmasligini.

Hokimlar buyruq bajaruvchilardir, ular aynan prezidentning buyrug‘ini bajarishadi va faqatgina unga yoqishga harakat qilishadi.

Shabnam Olloshkurova

@haqsoz