Get Mystery Box with random crypto!

Jurnalist, 'O'zbekkino' Milliy agentligi matbuot xizmati mutax | Ilyos Safarov

Jurnalist, "O'zbekkino" Milliy agentligi matbuot xizmati mutaxassisi Shoxira Xamro yozmoqda:

Soqol qo‘ygan o‘zbekka tvda chiqib gapirish mumkin emasmi? To‘g‘ri, sobiq tv.jurnalist sifatida "soqol" tvchilar uchun "og‘riqli" mavzu ekanligini bilaman. Lekin tarozini toshini bir xil qo‘yish kerak deb o‘ylayman. Chunki hatto dunyodagi "eng buyuk" inson bo‘lsa ham agar u o‘zbek bo‘lsa, birorta tv kanalda chiqib gapirishga haqqi yo‘q ekan! Lekin xuddi shu inson agar rus yoki ingliz, turk, tojik...xullas o‘zbekchadan boshqa istagan tilga gapirsa, hamma kanal efirlari ochiq! Bugun bir ko‘rsatuvga bordik festival' natijalari yuzasidan. Chunki O‘zbekiston uchun juda muhim bo‘lgan ikkita gran pri bizda...va bu haqda har qancha gapirsak arziydi. Lekin bir g‘olibimiz soqolda va u turk millatiga o‘xshab ketadigan qiyofada bo‘lgani uchun boshida hech qanday muammo bo‘lmadi. Lekin efir boshlanib, uni tanishtirishganidan keyin, kino ijodkor gapira boshlaganda atrofda g‘alati voqealar sodir bo‘la boshladi. Efirni shoshilinch ravishda tugatish , biz bilan xayrlashish haqida boshlovchilarga quloqchinlar orqali buyruq bo‘ldi. Juda bilimli, dunyoqarashi keng, tajribali boshlovchi har qancha o‘zini tutishga harakat qilmasin, uning ruhiyatidagi o‘zgarishni sezdik.

Suhbat chala qoldi. Sabab-g‘oliblarimizdan biri soqolda ekanligi edi. Vaholanki u dunyoqarashi keng, o‘z uslubiga ega, bir nechta tillarda bemalol gapira oladigan zamonaviy o‘zbek yoshlaridan. Hatto MTRKning eng nozik telekanali bo‘lmish "O‘zbekiston 24" da ham bir necha bor intervyular bergan shu soqoli bilan))) Bu gal ham balki o‘zbek tilidan boshqa tilda gapirganida e'tiroz bo‘lmasdi menimcha... chunki uni studiyaga kirib kelganida turk deb o‘ylashibdi... Buni qanday tushunish kerak?! Faqat o‘zbek "besoqol" bo‘lishi kerak degan qonun qaerda yozilgan axir?! O‘zim ham televidenieda ishlagan kezlarim O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashevni oppoq soqollari bilan nuroniy chol qiyofasida ataylab studiyaga kelib bergan intervyularini uzoq vaqt efirga bera olmaganman.

Faqat raisga murojaat qilib, kanalning bir jonkuyar, rahbarining tavakkali bilan efirga uzatganman o‘sha intervyuni. Lekin tvda faqat o‘zbeklarga soqol bilan chiqish mumkin emasligi ochig‘i meni hayratlantirdi...

Hurmatli tv rahbarlari! Bunaqa "salla desa, kallaniyam qo‘shib olib kelishni" bas qiling! Bu masalaga individual yondashing! Soqolni millatga bo‘lmang!

@haqiqatdaIlyos