Get Mystery Box with random crypto!

Klassik diktatorlar orasida ham demokratik rahbarlikka da’vo q | Hamid Sodiq | Rasmiy kanal

Klassik diktatorlar orasida ham demokratik rahbarlikka da’vo qiladiganlar yo‘q emasdi. Natsistik Germaniyaning bosh propagandisti Gobbelsga ko‘ra, Gitler rejimi “zamonaviy Yevropaning oliy demokratiyasi” edi. Mussolini esa fashizmni “tashkiliy, markazlashtirilgan va obro‘li demokratiya” deb bilardi.

Stalin Sovet ittifoqi “dunyodagi eng demokratik konstitusiya”ga ega ekanligiga qat’iy da’vo qilardi. Chunki konstitusiya loyihasini muhokama qilish uchun saylovchilarning 80 foizi qatnashgan jami 623 334 ta yig‘ilish tashkil etilgan edi.

Shimoliy Koreya diktatori Kim Ir Sen esa “demokratik” so‘zini davlat nomiga rasman kiritgan edi.

Lekin bu rahbarlar xayolida turli xil guruhlarni tamsil qiluvchi partiyalar va g‘oyalar saylovlarda kurashadigan plyuralist demokratiya emasdi. Ular Gʻarbning “axloqsiz” demokratiyasidan nafratlanar edi. Gitler “barchaning fikrini inobatga oladigan va yakunda hech qaror qabul qila olmaydigan parlamentar demokratiyani” qat’iy qoralardi.

Chili diktatori Augusto Pinochet “klassik liberal davlat laqma va zaif” bo‘lishini da’vo qilgandi.

Portugaliyaning uzoq yillik rahbari Antonio Salazar o‘zini “parlamentarizmga qarshi” deb e’lon qilgan edi.

Ispaniya diktatori General Franko esa ochiqchasiga “Biz saylov va ovoz berish orqali vujudga kelgan davlatchilikka ishonmaymiz” degan edi...

@Hamid_Sodiq