Get Mystery Box with random crypto!

Men undan yaxshiroqman 1. Sen o'rganishdan to'xtamaydigan oda | .

Men undan yaxshiroqman

1. Sen o'rganishdan to'xtamaydigan odamsan. Blogimni kuzatoyganing buni belgisi. Demak hali hayotingda shunday vaziyatlar bo'ladiki, atrofingdagilar sen uchun oddiy narsalarni tushunmaydigan, tor fikrlaydigan, zamondan ortda qolib ketgan bo'lib ko'rinadi.

2. Ichingda ularni fikrlashi, hayot tarzi va ishlarini tanqid qilishni boshlaysan, darajang yuqoriroq ekanligi haqida o'ylaysan. Bu fikrlar o'zingga ham yoqmas balki.

3. Atrofdagi insonlar haqida tanqidiy o'ylamoqchi ekansan, to'xta, shunchaki hayotda hamma ham sen ega bo'lgan imkoniyatlarga ega bo'lmaganini eslab ko'r (qo'llab quvvatlovchi ota-ona, moliyaviy kenglik, aqlli do'stlar, tug'ilgan joying).

4. Shunda ularni tushunishing osonlashadi. Tanqid qilging emas, yordam berging, bilganingni ulashging keladi.

5. Unutma, haqiqiy o'sish - boshqalarni o'stirishdan boshlanadi.

Maqola muallifi: @azizrakhimov_blog