Get Mystery Box with random crypto!

Ilgari oila davrasida kechki ovqatdan soʻng birgalashib televi | Hakerjon

Ilgari oila davrasida kechki ovqatdan soʻng birgalashib televizor koʻrar edik 1-2 soat boʻlsa ham, 4ta kanal boʻlar edi, qiziq narsa boʻlayotgan kanal doim topilar edi. Yangi kino haftada bir marta boʻlar edi, u ham Yoshlar kanalida.
Hozir esa 24ta kanal bor ekan, har 3ta kanaldan bittasida qiziq narsa boʻladi, yangi kino har kuni tarjima qilinadi. Yoshlar kanalini esa hech kim koʻrmay qoʻydi. Oilamiz davrasi esa kechki ovqatdan soʻng hamma oʻz xonasiga tarqab internetga kirib oʻtiradi...Ilgari ota-onamiz: "Qoʻy shu telefonni, ertalabdan kechgacha tikilasan, nima bor oʻzi shu internetingda, he o'lsin shu internetni yaratganni..." Hozir esa oʻzlari internet ga, Facebook ga ham kirishadi.Istamadim shu davrni

Bu holat huddi "Krudslar oilasi 2" multfilmini eslatib yubordi:
Ular katta uyi yo'qligida hammasi bitta xonada oʻtirar, bitta xonada uxlashar edi, ular baxtli edi judayam, keyin ular boshqa olam goʻyoki Jannatga tushib qolishdi, uyerda ularning har bir oila aʼzosining alohida xonasi bor edi, hamma alohida xonada yashar edi, faqat ovqatlanishga birga to'planishadi, ularga shu yangi baxtdek edi goʻyoki. Lekin yoʻqotgan "narsa"sini faqat otasi anglab yetadi...

Qaytish imkonsiz boʻlgan internetsiz davrni sogʻindim.

Hakerjon