Get Mystery Box with random crypto!

Micro Бизнес Блог

Telegram kanalining logotibi hack_the_biz — Micro Бизнес Блог M
Telegram kanalining logotibi hack_the_biz — Micro Бизнес Блог
Kanal manzili: @hack_the_biz
Toifalar: Biznes , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.25K
Kanalning ta’rifi

Менинг исмим Солижон Солиев.
Мен микро ва кичик бизнес тадбиркорларига, ҳамма хисоб-китобни "ўз ўрнига қўядиган" ва бизнесда тўғри қарорлар қабул қилишга имкон берадиган, оддий шу билан бирга, тушунарли тизимини тузишда ёрдам бераман.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-02-13 20:16:13
251 views17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-12 19:28:43 10 bosqich qoidasi 

7. Pullar qayerda? Yunit-tahlilga tayanish. 
•O’rtacha chek,
•jalb qilish narxi, 
•bir buyurtma iqtisodi. Do’stlar va tanishlardan kelgan buyurtmalar hisobga kirmaydi. 

Agar biznes kengayishni xohlasa va kengaya olsa, mijozni jalb qilish faqat to’lov asosida amalga oshiriladi. “Biz marketing uchun bir tiyin ham sarflamadik” degan jumla to’xtatuvchi so’z hisoblanadi.
Bu uchinchi burilish nuqtasidir.
 
Agar siz mijozni qayerdan izlashni bilmasangiz, bir xaridor sizga qanchaga tushishini tushunmasangiz, u holda siz ehtimol har bir buyurtmada pul yo’qotasiz.

Zarar keltiruvchi loyihaga sarmoya kiritish manfaat keltirmaydi. “Biz haqimizda hamma bilib oladi” degan vaziyatni kutishga mablag’ yetmaydi.

8. Sizning “o’ziga xos” mahsulotingizning iste’molchi uchun “yaxshiroq” ekanligini ta’kidlovchi gipotezani sinash uchun nima qildingiz? 

"Amerika ochishni" hojati yoq.
Muqobil variant, tanish va do’stlarga murojaat qilib yoki “mijoz bilan oldindan muzokara o’tkazib” bo’lmaydi. 
Minimum viable product (MVP)- suhbatlar uchun emas, balki savdo uchun.

Davomi bor....

#rivojlanish
355 views16:28
Ochish/sharhlash
2021-02-10 19:39:27 Dolzarb masalalar haqida investor fikri

 1.Sen istaganlaringni qo’lda kirita olmagan vaziyatlarda senda qoladigan narsa bu tajribadir… men juda ham tajribali insonman.  

 2.Qanchalik ko’p investitsiya kiritganim sari, instinktlarimga shunchalik kam ishonaman.

 3. Milliard dollarga teng bo’lgan kompaniyalar haqida unutaylik. Yillik pul aylanmasi 10 mln bo’lgan va 100 ta ishchini ta’minlab bera oladigan kompaniyani barpo eta olasizmi?

 4.Agar haqiqatdan ham tadbirkor bo’lishni istasangiz, umringizning besh yoki o’n yilini qanaqa biznes yaratayotganligingizni tushunish uchun sarflashga tayyor bo’lishingiz lozim.

#rivojlanish 
#FIKR
492 views16:39
Ochish/sharhlash
2021-02-08 19:29:05
598 views16:29
Ochish/sharhlash
2021-02-05 19:08:56 Avval bolalardan “Kelajakda kim bo’lishni xohlaysan?” deb so’ralar edi. Endi “Sen nimadan boshlashni xohlaysan?” deb so’rash vaqti keldi.

 1.Eski kasblar yo’qolib ketadi, yangilari esa bolalikda butun hayot uchun kasb tanlay olish uchun juda tez paydo bo’ladi. 

 2.Dastlabki tanlov ko’pincha yetarlicha anglamasdan qilinishini tan olish vaqti keldi. Atrofdagi hodisalar, shaxsiy maqsad va istaklar faqatgina inson hayotga sho’ng’iganidan keyin hamda istalgan sohada biror narsa qilishni boshlaganidan so’ng tushuniladi. Bu narsalar judayam erta talab qilinmasligi kerak.


 3.Faqatgina hayot emas, balki rivojlanish va o’sishni xohlasa, inson ham butun umri davomida o’zgaradi. Aks holda u doimiy vazifalar bilan shug’ullanuvchi biorobotga aylanib qoladi. Butun umr “bugungi sen”ga to’g’ri kelmaydigan dastlabki tanlov bilan yashab bo’lmaydi. 

Rivojlanish va o’sish odatda faoliyat sohasi va kasbni o’zgartirish bilan keladi. Bu holatni tushunish va qabul qilish lozim.

#rivojlanish
790 views16:08
Ochish/sharhlash
2021-02-02 20:45:05
774 views17:45
Ochish/sharhlash
2021-02-01 18:20:43 Ассалому алайкум!

Азиз дустлар you tube каналимизга молиявий режалаштиришнинг навбатдаги дарсини юкладик.

Фикр ва мулохазаларингизни комментарийларда кутиб қоламиз.





Лайк ва комментарийларни аямайсизлар деб уйлаймиз
Тадбиркор танишларга хам тавсия қилинглар.
Рахмат!
781 viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-29 19:28:50 10 bosqich qoidasi (Davomi)

4. Agar bevosita raqobatchilar bo’lmasa, ular avval mavjud bo’lgani, ammo bunday biznes-modelning iqtisodiyoti ish bermagani uchun inqirozga uchraganligining ehtimoli yuqori. 

Ularni aniq bilmaysizmi-bu muammo emas. Ular mavjud bo’lgan deb tasavvur qiling va nima uchun ularning iqtisodiyoti ish bermagani haqida o’ylab ko’ring. 

Sizning biznes-modelingiz qay jihatlari bilan ajralib turishini aytib bering.

5. O’z mahsulotingiz haqida gapirishni boshqalarning mahsulotlari haqida gapirishdan boshlang. 

•Sizning asosiy raqobatchilaringiz kimlar? 
•Iste’molchi nuqtai nazaridan sizning mahsulotingiz qanday ustunlikka ega? 
Bu eng birinchi burilish nuqtasi. 

Agar siz raqobatchilaringiz va ulardan ustunlik jihatlaringiz haqida tushuntirib bera olmagan bo’lsangiz, u holda:
•sizni eshitishning qizig’i yo’q
• yoki ehtiyoj yo’q, 
•yoki bo’lmasa siz ehtiyoj va raqobat haqida hech qanday ma’lumotga ega emassiz, 
•yoki internetdan to’g’ri foydalanishni bilmaysiz.

6. Siz raqobatchilaringizdan farqli biror narsa qilsangiz yoki g’irrom raqobat afzalligiga ega bo’lsangizgina, ulardan yaxshiroq bo’la olishingiz mumkin. 

Bir ishni yaxshiroq qilganingiz uchun ustun bo’la olmaysiz.
Bu ikkinchi burilish nuqtasi. 

Agar sizda “o’ziga xos” yoki “g’irrom ustunlik” bo’lmasa, demakki mahsulotingizning ichki ahamiyati yo’q va siz shunchaki birovning hisobiga kichkina korxona barpo etmoqchisiz xolos.

Davomi bor....

#strategiya
815 viewsedited  16:28
Ochish/sharhlash
2021-01-27 20:30:26
715 views17:30
Ochish/sharhlash
2021-01-26 19:29:11 Miyamizning limbik tizimining bir qismini oshiramiz.

Miya – murakkab tizim. U o‘sadi, o‘rganadi va hatto o‘zi haqida o‘z nuqtai nazariga ega. 

Uning eng daxshatli uyqusi – bu o‘rnatilgan tartibdir. Va biznes shu bilan farq qiladi. 
Ayniqsa, g‘ayratli ishbilarmonlar mukofotlanadilar va keyinchalik faqat biznes uchun afzalliklarga ega bo‘lgan monotonli o‘rnatilgan tartibdan qanday uxlab qolishgani haqida intervyu berishadi.

Salvador Dali stolga tirsagini qo‘yardi, kafti bilan jag‘ini suyab turardi va kafti bilan jag‘ining orasida qoshiqni siqardi. Bunday holatda qoshiq yerga tushib ovoz chiqarmagunicha uxlardi. Rassom uyg‘onardi va ko‘ringan obrazlarni tez chizib olardi.

Tomas Edison xuddi shu ishni shisha shariklar bilan qilardi. Kresloga joylashib, u qo‘lida bir xovuch shishia shariklarni siqardi. Yerga sochilib ketgan shisha ovozidan keskin uyg‘onib, u yangi g‘oyalarni yozardi. 

Ko‘plab mashhur tadbirkorlar ularning innovatsion fikrlashida meditatsiya asosiy rol o‘ynashini tan oladilar. Stiv Jobs bunga yorqin misoldir. 

Omad – bu mashg‘ulot bilan imkoniyat uchrashuvining natijasidir. Shuning uchun: 
• Kitob o‘qing. Kuniga bir necha sahifa bu sizning 5 daqiqa vaqtingiz.

• Yangi tilni o‘rganing. Natija emas, jarayonda ishtirok etish muhim. 

• O‘yinlar o‘ynang. Shaxmat, krossvordlar – super, lekin kompyuter o‘yinlari ham strategik fikrlashni rivojlantiradi, xotirani va mayda motorik qobiliyatni yaxshilaydi. 

• Musiqa ijro eting. 

• Jonsiz gadjetlardan xalos bo‘ling va fikrlarni qo‘l bilan yozishga odatlaning. 
 
• Agar sportga vaqtingiz bo‘lmasa, tushlik paytida ofis atrofida yuguring. Ovqatlanishni nazorat qiling. Baliq, avokado, yong‘oqlar – sizning variantingiz. 

Biznesingiz uchun innovatsiyalar sizni qiziqtiradimi? 
Agar ha bo‘lsa, layk bosing!

#rivojlanish
724 views16:29
Ochish/sharhlash