Get Mystery Box with random crypto!

Habibim🌿🌸

Telegram kanalining logotibi habibim_m — Habibim🌿🌸 H
Telegram kanalining logotibi habibim_m — Habibim🌿🌸
Kanal manzili: @habibim_m
Toifalar: Din , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.83K
Kanalning ta’rifi

• ,,Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan‘‘
(Tavba surasi 40-oyat)
• ,,Menga duo qiling Men ijobat qilurman‘‘
(G'ofir surasi 60-oyat)

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2022-09-02 06:00:18 Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам: "Ким тонг отган пайтда оятал курси ва Ғофир сурасининг аввалги икки ояти, "Ҳамим, танзийлул китааби миналлоҳил ъазийзил ъалийм..."ни ўқиса, ўша кун то кеч киргунича уни муҳофаза қилинади. Ким кеч кирган пайтда ўқиса, то тонг отгунича уни ўша тунда муҳофаза қилинади", дедилар.
Имом Байҳақий ривояти.

Telegram | @habibim_m
7.3K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-09-01 21:59:01
Albatta bir Jumangiz Makkada bo'lsin.

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.

Juma Ayyomingiz Muborak bo’lsin.

@habibim_m
28.2K views18:59
Ochish/sharhlash
2022-09-01 18:17:01
Alloh peshonaga yozganini kutish eng xayrlisi...
Na gumon... Na gunoh bor...

@habibim_m
7.2K views15:17
Ochish/sharhlash
2022-09-01 18:02:56
ДИҚҚАТ САВОЛ

Бу Дунёда икки
шундай инсон
бўлган бири
туғулгану ўлмаган
иккинчиси ўлган
лекин туғилмаган


Савол: Бу икки
инсон ким бўлган
8.1K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:05:43
- Bu xayotda eng og`iri nima aytaymi?

- 3ta-4a do`stingni davrasida sen berilib qandaydir qiziq latifa aytsangu xech kim kulmasa.

- Bundanda og`irroq narsa bo`lmasa kerak xayotda.

@Habibim_m
12.7K views12:05
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:01:49
Эр хотинига шундай шарт қўйибди:

«Шундай овқат тайёрлаки,
унга 4 қути туз кетсин. Лекин овқат шўр бўлмасин...
Шундагина Иккинчи хотин олмайман».

Хотини бир хил овқат пиширибди, эри у овқатдан хурсанд бўлибди.Овқатни дастурхон устида яна туз билан ейишибди.

Диққат савол: Аёл қандай овқат тайёрлаган?
12.8K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-09-01 06:01:07 Ota va ona bilan muomala borasida rioya etiladigan 35 odob

1. Ularning huzurida qoʻl telefonini oʻchirib qoʻyish.

2. Ular soʻzlayotganda jim quloq tutish.

3. Fikrlarini qabul qilish.

4. Soʻzlarini tasdiqlab, qoʻshilib turish.

5. Ularga oʻzni hokisor tutib nazar solish.

6. Ularni doim maqtab va olqishlab turish.

7. Quvonchli xabarlarda birga xursand boʻlish.

8. Yoqimsiz xabarlarni ularga aytmaslik.

9. Doʻstlari va yaxshi koʻrgan kishilarni maqtab turish.

10. Ular amalga oshirayotgan ishlarni esga olib turish.

11. Takror va takror soʻzlashsa ham gaplarini tasdiqlab turish.

12. Oʻtmishdagi koʻngilxira ishlarni esga olmaslik.

13. Kesatiq, piching gaplardan chetlanish.

14. Ularga ehtirom koʻrsatgan holda oʻtirish.

15. Fikrlari sayozlikda ayblamaslik.

16. Gapirayotganlarida gaplarini boʻlmaslik.

17. Yoshlarini hurmat qilib, nabiralar bilan ularni bezovta qilmaslik.

18. Ularning oldida nabiralarni jazolamaslik.

19. Barcha nasihat va koʻrsatmalarni qabul qilish.

20. Huzurlarida oilaning rahbari ekanliklari bildirib, boʻysinib turish.

21. Ularga ovozni balandlatmaslik.

22. Ulardan oldin yoki oldlarida yurmaslik.

23. Ulardan avval ovqatlanmaslik.

24. Ularga baqrayib qaramaslik.

25. Baʼzan loyiq boʻlishmasada, ehtiroman ular bilan faxrlanish.

26. Ularga oyoq uzatmaslik yoki orqa oʻgirib yotmaslik.

27. Ular tanbeh berib urishayotganlarida, gap qaytarib soʻkishib ketmaslik.

28. Hamisha ularning haqqiga duoda boʻlish.

29. Oldlarida horgʻinlik va charchoqni sezdirmaslik.

30. Ulardan xato sodir boʻlsa kulmaslik.

31. Talab qilmaslaridan avval xizmatlariga shay turish.

32. Ularga jahl qilmaslik, gʻazablanmaslik va ziyoratlarida muntazam boʻlish.

33. Ular bilan suhbatda eng yaxshi soʻzlarni tanlab gapirish.

34. Ularni oʻzlariga yoqqan, eng mahbub ismlar bilan chaqirish.

35. Boshqa insonlardan va boshqa narsalardan ota-onani muqaddam qoʻyish.

Muhim jihat: Ota-ona siz uchun (xuddi) yer ustidagi bir xazinadirlar. (Vafot etib) yer ostiga dafn etilmaslaridan avval ularni gʻanimat biling. Xizmatlarini qiling, ehtirom koʻrsatib ulkan ajru-savoblarga erishing.

Telegram | @habibim_m
22.1K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:30:49
O'tmishni o'zgartirib bo'lmaydi, ammo go'zal kelajak yaratish mumkin!

@Habibim_m
23.0K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:01:47 ​​​​MUSULMON UCHUN MUHIM VAZIFALAR

1. Alloh taoloni bir deb bilib, zikr etish.
2. Haloldan yeb-ichish.
3. Tahorat olish, g‘usl qilish.
4. Besh vaqt namoz o‘qish.
5. Rizqni Allohdan deb bilish.
6. Haloldan, toza kiyim kiyish.
7. Allohga tavakkal qilish.
8. Qanoatkor bo‘lish.
9. Ne’matlari uchun Allohga shukr qilish.
10. Allohning qazo va qadariga rozi bo‘lish.
11. Balolarga, musibatlarga sabr etish.
12. Gunohlarga tavba qilish.
13. Ixlos bilan ibodat etish.
14. Shaytonni dushman bilish.
15. Har bir ishda Qur’oni karimni hujjat, dastur deb bilish.
16. O‘limni haq bilib, unga hozir bo‘lish.
17. Yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish.
18. Alloh sevganini sevish, sevmaganidan qochish. Har bir ishni Alloh uchun qilish.
19. Ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lish va ularga itoat etish.
20. Qarindoshlarni ziyorat qilish.
21. Omonatga xiyonat etmaslik.
22. Allohdan qo‘rqish.
23. Allohga, payg‘ambarga itoat qilish.
24. Gunohlardan qochib, ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish.
25. O‘ylab, tadbir bilan ish ko‘rish.
26. Koinotga ibrat nazari bilan boqish.
27. Tilni yomon so‘zlardan saqlash.
28. Qalbni poklash, behuda so‘zlarni va ishlarni tark etish.
29. Hech kimga yomonlik qilmaslik, bekorchi, foydasiz ish qilmaslik.
30. Hech kimni masxara etmaslik, minnat qilmaslik.
31. Haromga qaramaslik.
32. So‘ziga sodiq bo‘lish, to‘g‘rilikdan ayrilmaslik.
33. Sehr-jodu qilmaslik.
34. Yomon so‘zlarni eshitmaslik.
35. Ilm tahsil etish.
36. To‘g‘ri o‘lchash va to‘g‘ri tortish.
37. Allohning azobidan qo‘rqish.
38. Faqirga sadaqa berish, muhtojga yordam berish
39. Allohning rahmatidan umid uzmaslik.
40. Nafsga (yomon orzularga) tobe bo‘lmaslik.
41. Alloh uchun yeyish, yedirish.
42. Kifoya qiladigan darajada rizq talab etish.
43. Molining zakotini berish.
44. Xayz va nifos holatida xotiniga yaqinlashmaslik.
45. Qalbini ma’siyad va yomonliklardan tozalash.
46. Kibr qilmaslik.
47. Yetimning molini saqlash.
48. Besh vaqt namozni vaqtida o‘qish.
49. Zulm va haqsizlik bilan xalqning molini yemaslik.
50. Allohga shirk keltirmaslik.
51. Sharob ichmaslik, qimor , pora olmaslik, pora bermaslik.
52. Zinodan qochish.
53. Bekorchi ishlar uchun qasam ichmaslik.


Telegram | @habibim_m
15.9K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:01:07
Bu tezlikni tohtatib qoluvchi kuch
hali topilmagan…

@Habibim_m
25.5K views14:01
Ochish/sharhlash