Get Mystery Box with random crypto!

Bo‘r, kesak yeyish me’yoriy holatmi? Bo‘r va kesak yeyish m | GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)

Bo‘r, kesak yeyish me’yoriy holatmi?

Bo‘r va kesak yeyish me’yoriy holat hisoblanmaydi. Aslida inson organizmidagi vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligida organizm ushbu vitaminga boy bo‘lgan yoki ta’mi o‘xshash bo‘lgan mahsulotni iste’mol qilishni xohlab qoladi.

Kesak, bo‘r iste’mol qilish istagi yosh bolalar va homilador ayollarda ko‘proq kuzatiladi. Bu holat KALSIY yetishmovchiligining alomatidir.

Ushbu holatlar kuzatilganda organizmdagi kalsiy miqdorini aniqlash va kalsiyga boy mahsulotlar (tvorog, pishloq, brinza, qatiq, yashil ko‘katlar) iste’mol qilish zarur. Kalsiy preparatlarini ham ichish mumkin. Faqat shifokor bilan maslahatlashish va yoshga mos dozalarda preparatlarni ichish lozim.

Shifokor Hilola Jumayeva

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w