Get Mystery Box with random crypto!

O’zbek pul topsa moshina oladi to’y qiladi. Sizda 10 000$ pul | Gulim blog

O’zbek pul topsa moshina oladi to’y qiladi. Sizda 10 000$ pul bo’lganida uni nimalarga sarflagan bo’lar edingiz?

Menda 10.000$ pul borligini tassavur qilashim qiyin...Balki pulga unchalik o'ch bamaganimgadur. To'g'ri puli bo'lish kerak, lekin u haddan tashqari ko'p bo'lsa "ko'rmaganni ko'rgani qursin" degandan bo'ladi: qayerga sarflashni bilmay qoladi.

Shuning uchun buncha pulni kimdur menga bersamas, o'zim peshona-terim bilan ishlab topsam, yoki yaqinlarim bilan maoshimizni qo'shganda shuncha kelib chiqsa xursand bo'lar edim.

Agar shuncha pul ishlab topish nasib qilsa bu pulni ota-onamga bergan bo'lar edim. Bu pulga ular o'zlarini harajatlarini qoplashlari, biror-bir joyga borib dam olib kelishlari mumkun. Eng muximi ular xursand bo'lsalar bo'ldi.

Biznes ochishga kelsak, men bu darajada tavvakalchi emasman – birdaniga buncha pulni biznesga sarmoya kiritganda u qulashi ta'biy. Undan ko'ra u biznesni pulsiz boshlashni va keyinchalik o'sishi uchungina kiritar edim sarmoyani.