Get Mystery Box with random crypto!

Kichik eksperiment Oxirgi vaqtlar bir eksperiment o'tkazdim. | Grow'n'Roll

Kichik eksperiment

Oxirgi vaqtlar bir eksperiment o'tkazdim. Shunchaki Instagramda ko'proq vaqt o'tkazdim, YouTube'da esa shou-biznesga aloqador intervyularni va har xil saviyasiz videolarni ko'ra boshladim. Natija kutganimday bo'ldi - oxirida ishga, o'qishga qiziqish so'nib qoldi, vaqtimni ko'proq bekor o'tkazishga o'rganib qoldim. Eng qizig'i, boshida shunaqa bo'lishini bilardim, lekin shu holatgacha kelganimdan bexabar qoldim. Sababi, miya allaqachon bunaqa hayot tarziga moslashib qolganligini tushundim. Moslashish shunchalik sekin amalga oshdiki, A holatdan B holatga o'zgarganimni sezmay qoldim.

Endi o'ylab ko'r, hozirgacha qanchadan-qancha insonlar vaqtini shunaqa behudaga o'tkazyapti ("Luiza Rasulova sharmanda bo'ldi" nomli clickbait videolar bekorga millionlab "просмотр" olmayatgandir), illuziyaga tushib qolganini his qilmayapti. Yana hayotlaridan nolib qo'yishadi. Yerga yopishib qolgan orqasini ko'tarmagunicha HECH NARSA O'ZGARMASLIGINI tushunishmaydi!

Muvaffaqiyat formulasi har kimda har xil bo'lishi mumkin, ammo umumiy jihati bor - kerakli va keraksiz narsani ajrata olish.
Muvaffaqiyatga kuzatilayotgan kontentning o'rni yetarlicha katta degan fikrimni tasdiqladim.

@grownroll