Get Mystery Box with random crypto!

Yo'nalish 1, 2 yoki 3 yoshli bolada qaysidir xislatni ko'rsak | Grow'n'Roll

Yo'nalish

1, 2 yoki 3 yoshli bolada qaysidir xislatni ko'rsak - masalan, qo'lni qattiq qisishi, o'zini kattalarday tutishi, jiddiyligi, ko'zidagi shijoat va hk, bu bola katta bo'lsa Prezident bo'ladi, zo'r bokschi, zo'r biznesmen bo'ladi degan fikrlarni aytamiz. Chunki umid hali bor, bola yosh, hayot oldinda. Lekin 10, 20, 30 yildan keyin u bola rostdan ham Prezident, zo'r bokschi yoki zo'r tadbirkor bo'ladimi? Agar shunday bo'lganda hozir zo'r tadbirkor yoki bokschilar sanoqli bo'lmasdi.

Ho'p, boshida qilingan yaxshi niyat yoki prognoz nega o'xshamaydi? Chunki biz bolaga umid berib, uni yana tortib olishga o'rganganmiz. Bola miyasi yoshlikdan shakllanib borar ekan, uni o'z chegaralarimiz bilan belgilashga harakat qilamiz. O'zimiz yoki atrofdagilarimiz qaysidir ishni eplolmasa, bolalarimiz uchun ham "hukm" chiqaramiz. Shu yo'sinda bolani mentalitetning salbiy bog'lamlari bilan o'rab tashlashni boshlaymiz. Yana bir kun kelib nimadir xato ish qilib qo'ysa, ko'p hollarda bolani ayblaymiz. Nihol egri o'ssa, nihol aybdormi yoki bog'bon?

Qisqichbaqa nazariyasi bor. Unga ko'ra, chelakka solingan bitta qisqichbaqa chelakdan qutilib chiqishga harakat qilar ekan va uddalar ekan. Ammo, bir qancha qisqichbaqa bir vaqtda solinsa, hech biri joyidan siljimas ekan. Nega? Chunki biri chiqmoqchi bo'lsa, boshqalari chiqib ketishga yo'l qo'ymas ekan. Chelak = mentalitet. Qisqichbaqalar = xalq.

Xulosa shu - farzand tarbiyasida mahkam turing, uni o'ziga ishonch bilan o'stiring, har doim qo'llab-quvvatlab, uni aqlan, ruhan, jismonan rivojlantirishga harakat qiling. Asosiysi, jamiyatdagi ko'zga ko'rinmas arqonlar bilan uni bog'lab tashlamang. Kutilgan natijani albatta ko'rasiz.

"Qirol Richard" filmini ko'rgandim (Tavsiya qilaman). Olgan insight'larimni bo'lishdim.

P.S.: Zamon mentalitetga nisbatan tez o'zgarayotgan vaqtda yashapmiz, moslashmasak yutqazamiz. Nostandart qarorlar qiling.

Bo'lishing/a'zo bo'ling: @grownroll