Get Mystery Box with random crypto!

GRIN KARD-2024🗝🔜🇺🇸

Telegram kanalining logotibi grinkard_2024 — GRIN KARD-2024🗝🔜🇺🇸 G
Telegram kanalining logotibi grinkard_2024 — GRIN KARD-2024🗝🔜🇺🇸
Kanal manzili: @grinkard_2024
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 337
Kanalning ta’rifi

✓Grin Karta lotareyasida registratsiyadan oʻtish👇
✓Rossiya Oliy Oʻquv Yurtlarida oʻqishni xohlaysizmi👇
✓Murojaat, Taklif, Maslahat,E'tirozlar uchun👉 @Grin_karta_2022bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-03-21 23:09:49 Live stream started
20:09
Ochish/sharhlash
2020-10-12 19:20:48
3-rasm
10.2K views16:20
Ochish/sharhlash
2020-10-12 11:09:07 ​Assalomu Alaykum Hurmatli Kanalimiz AʼZOLARI

Biz taqdim etayotgan xizmat orqali roʻyxatdan oʻtganingizda pul toʻlashingizdan, oldin anketa toʻgʻri toʻldirilganligini bemalol tekshirib koʻrishingiz mumkin.Buning uchun Biz Sizga anketani toʻldirishdagi har bir bandning
skrinshotini(pastda1-va 2-rasm) yuboramiz, toʻgʻri toʻldirilganligiga ishonch hosil qilganingizdan keyingina pulni oʻtkazishingiz mumkin .

Toʻlovni amalga oshirganingizdan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiy sayt (https://dvprogram.state.gov)idan skrinshot qilingan Tasdiqlov kodini olasiz(3-rasm) .

Shoshiling roʻyhatga olish yakunlanishiga yaqinlasha borgan sayin rasmiy sayt https://dvprogram.state.gov qota boshlaydi, hotirjamlikka berilmang!!!

Hammaga OMAD!!!

Doʻstlaringizga yuboring @grinkard_2022
9.2K viewsedited  08:09
Ochish/sharhlash
2020-10-11 11:00:34 Assalomu Alaykum Hurmatli Kanalimiz AʼZOLARI

Grin Karta lotareyasida roʻyxatdan oʻtish.

Ingliz tilini oz boʻlsada biladigan, talab qilinadigan 600× 600 megapikselli fotosuratni tayyorlattira oladigan har bir kishi oʻzi mustaqil roʻyxatdan oʻtgani eng afzalidir. Lekin eʼtiborli boʻlish kerakki, anketani toʻldirishdagi arzimas darajadagi xato ham, yutgan taqdiringizda katta muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Endgi taklifimiz esa Hamyurtlarimiz orasida koʻpchilikni tashkil qiladigan - roʻyxatdan oʻtish uchun yetarli darajada ingliz tilini bilmaydigan , xato qilib qoʻyishdan choʻchiydigan, koʻcha-koʻydagi falon pulga roʻyxatdan oʻtkazib qoʻyishni vaʼda qilayotganlarga murojaat qilishga ikkilanayotgan va har ishnida tajribalilarga ishonishni maʼqul koʻruvchi Hamyurtlarimizgadir.
Agar Siz Hamma kerakli maʼlumotlar va fotosuratingizni yubora olsangiz , Biz Sizga ,

✓agar hali oila qurmagan boʻlsangiz 30 000 soʻm (Rossiyadagilar uchun 300rubl)

✓oilali boʻlsangiz 40 ming{400 rubl RFdagilar uchun} evaziga roʻyxatdan oʻtib berishimiz mumkin.
(Bu pul sarflanadigan vaqt, bilim va internet harajatlari uchun- toʻgʻri tushunasizlar degan umiddamiz)

Roʻyxatdan oʻtkazish muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan keyin, Biz Sizga toʻlovni amalga oshirishingiz mumkinligi haqida xabar beramiz va Siz toʻlovni amalga oshirib, chekni joʻnatganingizdan keyin, toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiy saytidan (https://dvprogram.state.gov) screenshot qilingan Tasdiqlov kodini olasiz .

Taklif berish - BIZDAN ,
Qaror qabul qilish esa -SIZDAN .

Biz bilan bogʻlanish uchun
@Grin_karta_2022bot ga yoki

@Ravshan_Amirqul_ugli ga yoki

+7 905 217 44 07 {imo/whatsapp/telegram}

ga murojaat qiling !!!


Green Card 2022da Hammaga OMAD !!!

@grinkard_2022
7.2K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2020-10-11 08:02:43 ​Ассаламу Алайкум Каналимиз Аьзолари

Айни шу кунларда Грин Карта лотареясида рўйхатдан ўтиш учун керак бўладиган РАҚАМЛИ ФОТОСУРАТ юзасидан кўплаб саволлар бўлмоқда , шунинг учун бу хақида батафсил маьлумот бермоқчимиз



Сиз янги рақамли фотосурат олишингиз ёки охирги олти ой ичида олинган тайёр чоп этилган фотосуратни рақамли сканерден ўтказишингиз мумкин. Бунда суратингиз қуйида келтирилган
тузилиш ва техник хусусиятларга мувофиқ бўлиши лозим. DV дастури учун фотосуратларга
қўйиладиган талаблар АҚШ виза фотосуратларига тегишли сифат ва тузилиш талаблари билан бир
хил.

× Олти
ойдан кўп муддат аввал олинган ёки қуйида келтирилган барча талабларга жавоб бермайдиган
фотосуратларни топширманг.

× Ўтган йилги дастурга топширилган, ўзгартирилган ёки қуйида
келтирилган талабларга мувофиқ бўлмаган суратларни топшириш дастурдан четлатилишга олиб
келади.

Фотосуратларга талаблар:
✓ Рангли
✓ Равшан (фокусда)
✓ Бош (бошнинг соч тепасидан, ияк учигача бўлган қисми ўлчанади) 22мм дан 35 ммгача (1
дюйм ва 1 3/8 дюймгача) ўлчамда бўлиши ёки тасвирнинг жами узунлигининг 50 фоизидан
69 фоизигача бўлган қисмини қоплаши керак.
✓ Жорий ташқи кўринишингизни тасвирлаш учун сўнгги олти ой ичида олинган.
✓ Оқ ёки оқ рангга яқин бир хил рангдаги фонда туширилган
✓ Суратга олинган шахс тўғри фотоаппаратга юзланиб туриши лозим
✓ Юз ифодаси нейтрал ва иккала кўз очиқ ҳолда бўлиши керак
✓ Кундалик ҳаётда кийиб юрадиган кийимингизда туширилган

×Суратга униформа кийиб тушиш мумкин эмас, {кундалик кийиб юриладиган диний кийимлар
бундан мустасно}
✓ Соч ва соч чегараларини тўсиб турувчи рўмол ёки бош кийимда суратга тушманг, агар
бундай бош кийим диний эътиқодга боғлиқ бўлмаса. Юзингиз бутунлай кўриниб туриши
шарт ва бош кийим юзга соя ташламаслиги керак.
✓ Фотосуратда қулоққа тақилувчи мусиқа эшитиш, телефонда сўзлашиш ёки шуларга ўхшаш
бошқа воситаларга рухсат этилмайди.
✓ Кўзойнак тақиб суратга тушманг.
✓ Агар одатда эшитиш аппарати ёки шу каби буюмлар тақсангиз, фотосуратда уларни тақиш
мумкин.

× Ҳайдовчилик гувоҳномалари ва бошқа расмий
ҳужжатлардан нусхаси олинган ёки сканердан ўтказилган фотосуратлар қабул қилинмайди.
Шунингдек, норасмий фотосуратлар (айнан ҳужжатлар учун туширилмаган), журнал фотосуратлари,
фотобудкаларда туширилган ёки телефонда туширилган сифати паст фотосуратлар ҳамда бутун
бўйли фотосуратлар ҳам қабул қилинмайди.
Аризангизга рақамли тасвирингизни юклашингиз шарт.

Рақамли тасвирингизга талаблар:
✓ Сурат JPEG форматида бўлиши зарур.
✓ Суратнинг файл ҳажми 240 (икки юз қирқ) килобайтдан (240kВ) ошмаслиги зарур.
✓ Сурат квадрат мутаносибликда (эни ва баландлиги тенг) бўлиши шарт.
✓ Ўлчамлари 600 х 600 пиксель ўлчамда бўлиши керак.

Тайёр фотосуратни сканердан ўтказмоқчимисиз? Рақамли тасвирларга талабларга қўшимча
равишда, тайёр суратингиз яна қуйидаги талабларга жавоб бериши керак:
✓ 51мм х 51 мм ўлчамда (2 дюйм х 2 дюйм)
✓ бир дюймга камида 300 пиксель равшанликда (бир миллиметрга 12 пиксель) сканердан
ўтказилган.

••Гўдаклар ёки ёш болаларнинг суратини олиш


Гўдак ёки ёш болангизнинг суратини олаётганда суратда бошқа бирор шахс тушиб қолмаслиги
керак.

Бола очиқ кўзлари билан фотоаппаратга қараб тушиши керак.

1-маслаҳат: Гўдакни оқ ёки оққа яқин бир хил рангли чойшабга орқаси билан ётқизинг. Шунда
боланинг боши тиралиб туради ва бир хил рангли фон таъминланади. Боланинг юзида соялар
йўқлигига ишонч ҳосил қилинг, айниқса суратни тепасидан тушираётган бўлсангиз.
2-маслаҳат: Болалар учун махсус автомобиль ўриндиғини оқ ёки оққа яқин бир хил рангли
чойшаб билан қопланг ва болангизнинг суратини шу ўриндиқда олинг. Бунда ҳам боланинг боши
тиралиб турган бўлади.

Яқинларингиз билан улашинг ва каналимизга таклиф қилинг
@grinkard_2022
5.8K views05:02
Ochish/sharhlash
2020-10-09 22:52:22 Grinkard anketasi qanday to‘ldiriladi?

Ro‘yxatdan faqatgina https://dvprogram.state.gov sayti orqali o‘tiladi va bu mutlaqo bepul.

1. Ism

Last/Family Name – familiya, First Name – ism.

Middle Name - otasining ismi EMAS. Demak, ushbu joyning tagidagi "No middle name" degan katakchani belgilab qo‘yamiz va hech narsa kiritmaymiz.

2. Jinsi

Male – erkak, Female – ayol.

3. Tug‘ilgan vaqti

Month – oy, Day – kun, Year – yil. Aynan shu ketma-ketlikda, raqamlar bilan ko‘rsatiladi.

4. Siz tug‘ilgan shahar

Tug‘ilgan joyingizning hozirgi nomini yozing. Pasportingizda bu joy ko‘rsatilgan bo‘ladi. To'liq manzil yozilishi shart emas. Faqat viloyat ko'rsatiladi.

Agar tug‘ilgan shahringiz noma'lum bo‘lsa, ushbu joy ostidagi Birth City Unknown (tug‘ilgan shahri ma'lum emas) katakchasini belgilab qo‘yasiz.

5. Siz tug‘ilgan davlat

Ushbu yerdagi ro‘yxatdan o‘zingiz tug‘ilgan davlatni belgilaysiz.

6. DV dasturida qatnashish huquqiga ega davlat

Ishtirok etish huquqiga ega davlatlar ro’yxatidan tug’ilgan mamlakatingizni topib, belgilaysiz.

7. Pasport seriya raqami ("zagran"/ qizil passport seriya raqami kiritiladi)

8. Qatnashuvchining surati

“Choose New Photo” tugmasini bosing va kompyuterdan yoki telefoningizdan tayyorlab qo'yilgan rasmingizni yuklang.

9. Pochta manzili

Bu yerda to'liq manzil kiritiladi.

In Care Of – bu yerga pochta manzilidagi shaxsning ismi va familiyasi yoziladi.

Address Line 1 – uy va xonadon raqami ko‘rsatiladi. Pochta indeksi ko‘rsatilmaydi. Address Line 2 qatoriga esa joy yoki ko‘cha nomi birinchi qatorga sig‘maganda yozish uchun ishlatiladi, agar sizda birinchi qatorga siqqan bo‘lsa, bu qator bo‘sh qoldiriladi.

City/Town – yashash joyining nomi.

District/Country/Province/State – respublika/ o‘lka/ viloyat/ okrug nomi.

District/Country/Province/State – pochta indeksi. Pochta indeksini yozayotganda yangi pochta indekslarini yozishga harakat qiling.

Country – ro‘yxatdan davlatni tanlab, belgilaysiz.

10. Ayni vaqtda yashayotgan davlatingiz nomi

Ro‘yxatdan ayni vaqtda yashayotgan davlatingiz nomini belgilaysiz.

11. Telefon raqami

12. Elektron pochta manzili

Birinchi qatorga elektron pochta manzilingizni yozasiz, ikkinchi qatorga uni xuddi o‘zidek qilib qaytadan ko‘chirib yozasiz.

13. Ma'lumot darajasi

Anketa to‘ldiralayotgan vaqtdagi ma'lumot darajasi yozilishi lozim.

Primary school only – faqat boshlang‘ich maktab;

High School, no degree – o‘rta maktab, lekin shahodatnomasi yo‘q;

High School, degree – o‘rta maktab, shahodatnomaga ega;

Vocational School – kasb-hunar kolleji;

Some University Courses – to‘liqsiz oliy;

University Degree – oliy ma'lumot;

Some Graduate Level Courses – bir qancha magistratura darajasidagi kurslar;

Master’s Degree – magistr darajasi;

Some Doctorate Level Courses – Tugallanmagan aspirantura/doktorantura;

Doctorate Degree – doktorantura.

14. Oilaviy ahvoli

Oilaviy ahvoli degan band ayni vaqtdagi qonuniy oilaviy holatingiz bo‘yicha to‘ldiriladi.

Unmarried – hech qachon turmush qurmagan.

Married and my spouse is NOT a U.S. citizen or U.S. Lawful Permanent Resident (LPR) – uylangan/turmushga chiqqan. Turmush o‘rtog‘i AQSh fuqarosi yoki AQShda yashash huquqiga ega emas.

Married and my spouse IS a U.S. citizen or U.S. Lawful Permanent Resident (LPR) – uylangan/turmushga chiqqan. Turmush o‘rtog‘i AQSh fuqarosi yoki AQShda yashash huquqiga ega.

Divorced – ajrashgan.

Widowed – turmush o‘rtog‘i vafot etgan.

15. Farzandlar soni

Bu yerga siz o‘zingizning barcha 21 yoshgacha bo‘lgan farzandlaringizni ko‘rsatasiz. Farzandlaringiz soni raqam bilan yoziladi, agar farzandingiz bo‘lmasa nol yozasiz.

Ushbu bandda xotiningiz/eringizning avvalgi nikohidagi farzandlarini (21 yoshgacha) ham yozasiz.


✓Grin Karta lotareyasida registratsiyadan oʻtish

✓Rossiya Oliy Oʻquv Yurtlarida oʻqishni xohlaysizmi

✓Murojaat, Taklif, Maslahat,E'tirozlar uchun @Grin_karta_2022bot


@grinkard2021
5.2K views19:52
Ochish/sharhlash
2020-10-08 22:27:49 Assalomu aleykum Green Card 2022 IXLOSMANDLARI

Grin karta lotareyasida roʻyxatdan oʻtish mavsumi yaqinlashgan sayin lotareyada ishtirok etishni xohlovchilarda ikkilanishlar paydo boʻla boshlaydi. Odatda talabgorlarda ikki yoʻl boʻladi:
Birinchisi, talabgorning shaxsan oʻzi Grin karta lotereyasi rasmiy sayti(https://dvprogram.state.gov)da roʼyxatdan oʻtishidir, bu- eng ishonchli ( ingliz tilini biladiganlar uchun), shuningdek eng xatarli (ingliz tilini bilmaydiganlar uchun)yoʻldir, bunda bilim, xohish, intilish boʻlsa roʻyxatdan oʻtish unchalik qiyin emas...


Ikkinchisi - roʻyxatdan oʻtishda yordam beruvchi vositachilarga murojaat qilish. - Bu yoʻl ham bir tomonda xatarli , yaʼni agar Siz pul uchun vijdonini sotadigan, yolgʻonchilarga yoʻliqsangiz- ular Siz bilan yaxshi munosabatda boʻlishadi, yaxshilab roʻyxatdan oʻtkazishadi va buning uchun yaxshigina haq ham olishadi, ammo eng ASOSIYSI tasdiqlov kodingizni berishga kelganda oddiy bir listda oʻzgartirilgan kod berishadi va kelgusi yili natijalar maʼlum boʻlganda , agar sizga yutuq chiqqan boʻlsa, ,,otning kallasidekʼʼ pul ham soʻrashadi.
Agar Siz vositachilar orqali roʻyxatdan oʻtsangiz, rasmiy saytning oʻzidan skrinshot qilingan TASDIQLOV KODIni talab qiling(kompyuterda ham, telefonda ham skrinshot qilishning iloji bor), bermayaptimi bilingki , bu yerda nimadir bor...

Agar Siz halol , vijdonli vositachilarga yoʻliqsangiz , balki bu omadingiz kelganidandir, chunki odamning koʻnglida nima borligini bilib boʻlmaydi...

Soʻzimiz yakunida oʻzlari roʻyxatdan oʻtayotgan talabgorlarga OMAD, vositachilarga esa INSOF tilaymiz...


✓Grin Karta lotareyasida registratsiyadan oʻtish

✓Rossiya Oliy Oʻquv Yurtlarida oʻqishni xohlaysizmi

✓Murojaat, Taklif, Maslahat,E'tirozlar uchun @Grin_karta_2022bot
https://t.me/grinkard2021
3.3K viewsedited  19:27
Ochish/sharhlash
2020-10-06 10:20:01 ​Assalomu Alaykum Hurmatli Kanalimiz AʼZOLARI, Grin Karta lotareyasida roʻyxatdan oʻtish boshlanishini intiqlik bilan kutayotgan KOʻNGILLILAR.

Va nihoyat Grin Karta lotareyasida roʻyxatdan oʻtish mumkin boʻlgan muddat maʼlum qilindi:
Boshlanish vaqti:
7-oktyabr.2020-yil( AQSH vaqti bilan)

Yakunlanish vaqti:
10-noyabr.2020-yil.(AQSH vaqti bilan)

Grin Karta lotareyasida roʻyxatdan oʻtish uchun Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari hozirlashlari kerak boʻladigan asosiy maʼlumotlarni eslatib oʻtamiz:
1.Horijga chiqish pasporti(qizil, zagran pasport);
2. Maxsus talablarga javob beradigan,600×600 megapikselli fotosurat. Oilali boʻlsa, har birining xuddi shunday fotosurati
3. Elektron pochta
4. Yashash manzili (ingliz tilida):Davlat nomi Viloyat nomi Tuman nomi Shahar nomi Mahalla nomi
5.Pochta indeksi

Giring karta latareyasida roʻyxatidan oʻtish uchun talabgorlar eng kamida maktabni (11-sinfini) bitirgan boʻlishi kerak, yuqori yosh chegaralanmagan.

Hamma KOʻNGILLILARga ,,Green Card-2022ʼʼda omad tilaymiz
3.2K viewsedited  07:20
Ochish/sharhlash
2020-10-02 07:19:41
2.7K views04:19
Ochish/sharhlash
2020-10-01 08:06:27 #DV2020: #GrinKarta lotereyasi bo'yicha sud ishi nihoyasiga yetdi.

Bugun sudya Amit Mehta grin karta lotereyasi sovrindorlari uchun 30-sentyabrdan keyin ham 9 095 joy ajratilishi haqida qaror chiqardi (Advokatlar da’vo arizasida 30 ming joy ajratilishini so’ragan edilar). Demak 2020 yilda har yili ajratiladigan 55 000 vizaning taxminan yarmi ishlatiladi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi bergan hisobotga ko’ra, bugungacha 15 400 viza berilgan. Sudya Mehta buyurgan 9 095ta viza berilgan taqdirda, 2020 yilda grin karta lotereyasi bo’yicha jami 24 495ta viza beriladi.

Sud advokatlar talabini nega to'liq qondirmadi?

Sudya Mehtaga ko’ra, koronavirus AQSh Tashqi ishlar vazirligi tomonidan grin karta lotereyasi arizalari samarali ko'rib chiqilishiga salbiy ta'sir qilgan. Bu holatni inobatga olib, 30-sentyabrdan keyin jami 9 095 ariza ko'rib chiqilishi haqida qaror chiqardi.

Manba:@MirakmalNiyazmatov
2.6K views05:06
Ochish/sharhlash