Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu aleykum Green Card 2022 IXLOSMANDLARI Grin karta lot | GRIN KARD-2024🗝🔜🇺🇸

Assalomu aleykum Green Card 2022 IXLOSMANDLARI

Grin karta lotareyasida roʻyxatdan oʻtish mavsumi yaqinlashgan sayin lotareyada ishtirok etishni xohlovchilarda ikkilanishlar paydo boʻla boshlaydi. Odatda talabgorlarda ikki yoʻl boʻladi:
Birinchisi, talabgorning shaxsan oʻzi Grin karta lotereyasi rasmiy sayti(https://dvprogram.state.gov)da roʼyxatdan oʻtishidir, bu- eng ishonchli ( ingliz tilini biladiganlar uchun), shuningdek eng xatarli (ingliz tilini bilmaydiganlar uchun)yoʻldir, bunda bilim, xohish, intilish boʻlsa roʻyxatdan oʻtish unchalik qiyin emas...


Ikkinchisi - roʻyxatdan oʻtishda yordam beruvchi vositachilarga murojaat qilish. - Bu yoʻl ham bir tomonda xatarli , yaʼni agar Siz pul uchun vijdonini sotadigan, yolgʻonchilarga yoʻliqsangiz- ular Siz bilan yaxshi munosabatda boʻlishadi, yaxshilab roʻyxatdan oʻtkazishadi va buning uchun yaxshigina haq ham olishadi, ammo eng ASOSIYSI tasdiqlov kodingizni berishga kelganda oddiy bir listda oʻzgartirilgan kod berishadi va kelgusi yili natijalar maʼlum boʻlganda , agar sizga yutuq chiqqan boʻlsa, ,,otning kallasidekʼʼ pul ham soʻrashadi.
Agar Siz vositachilar orqali roʻyxatdan oʻtsangiz, rasmiy saytning oʻzidan skrinshot qilingan TASDIQLOV KODIni talab qiling(kompyuterda ham, telefonda ham skrinshot qilishning iloji bor), bermayaptimi bilingki , bu yerda nimadir bor...

Agar Siz halol , vijdonli vositachilarga yoʻliqsangiz , balki bu omadingiz kelganidandir, chunki odamning koʻnglida nima borligini bilib boʻlmaydi...

Soʻzimiz yakunida oʻzlari roʻyxatdan oʻtayotgan talabgorlarga OMAD, vositachilarga esa INSOF tilaymiz...


✓Grin Karta lotareyasida registratsiyadan oʻtish

✓Rossiya Oliy Oʻquv Yurtlarida oʻqishni xohlaysizmi

✓Murojaat, Taklif, Maslahat,E'tirozlar uchun @Grin_karta_2022bot
https://t.me/grinkard2021