Get Mystery Box with random crypto!

🗽Green Card Lottery🗽

Telegram kanalining logotibi greencarduz_amerika — 🗽Green Card Lottery🗽 G
Telegram kanalining logotibi greencarduz_amerika — 🗽Green Card Lottery🗽
Kanal manzili: @greencarduz_amerika
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.32K
Kanalning ta’rifi

🇺🇸Green Card DV-2025...26🇺🇸
✅Green Card lotereyasi va Amerikaga immigratsiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklarni biz bilan kuzatib boring
🌐"Green-Card" rasmiy veb-sayti:
dvprogram.state.gov
Ma'lumot uchun:
@Green_Cardbot
Hamkorlar: @MrIbrohimBot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-10-04 13:13:19 Green Card o'yini boshlanishiga sanoqli soatlar qolmoqda va biz sizga ba'zi Green Card lotoreyasida ishtirok etishga doir faktlarni keltirib o'tmoqchimiz.

Green Card anketasini to'ldirish uchun rasmiy web sayt www.dvprogram.state.gov

Anketa to'ldirish uchun hohlagan shaxsingizni tasdiqlovchi xujjatdan foydalanishingiz mumkin. Agar sizda qizil pasport bo'lsa faqat qizil pasportdan foydalaning.

Ishtirok etish uchun yosh chegaralanmagan, muhimi sizda kamida 11 yillik attestat yoki diplom bo'lsa bas.

Oilaviy anketa to'ldirishda farzandlarning barchasi o'yinga kiritilishi shart hatto siz ajrashgan bo'lsangiz ham nomingizdagi barcha farzandalarni kiritasiz.

Turmushga qurgan va 21 yoshga to'lgan farzandlar ota onasi bilan o'yinda ishtirok eta olmaydi.

Oilada ham eri ham ayoli bittadan anketa to'ldirishi mumkin, shunda siz ikkita o'yin kodiga va ikkita imkonga ega bo'lasiz (faqat ma'lum shartlar asosida)

Xorijiy davlatdagi O'zbekiston fuqarolari uchun ham xuddi shunday talablar qo'yiladi faqat kiritiladigan ma'lumotlarda o'zgarish bo'ladi. Bu haqida batafsil ma'lumot tez orada e'lon qilamiz.

Gren Card anketasini hamma o'zi mustaqil to'ldira oladi, bu borada esa biz sizga video qo'llanma taqdim etamiz.

Rossiya Federatsiyasidagi vatandoshlarimiz diqqatiga.!
Green Card anketasini to'ldirish masalasida yoki qanday qilib o'yinda ishtirok etish masalasida yordam konsultatsiya kerak bo'lsa quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling va biz sizga o'yinda ishtirok etishingiz uchun imkoniyatimiz darajasida maslahat beramiz.
+79373645964

@GreenCardLotteryUz
9.3K viewsedited  10:13
Ochish/sharhlash
2022-10-03 23:02:28
Green Card DV-2024 mavsumi uchun start berilishiga

kun soat

vaqt qoldi.

@GreenCardLotteryUz
8.4K viewsedited  20:02
Ochish/sharhlash
2022-10-02 07:41:24
Green Card uchun fotosurat talablari qanday? Yosh farzandlarni rasimga olish qoidalari va Green Cardga ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng tug'ilgan farzandni qanday o'yinga kiritish kerak?

Shu kabi savollarga rasmiy ma'nbalardan rasmiy javoblar.

Batafsil videoda tomosha qiling:





7.2K views04:41
Ochish/sharhlash
2022-09-30 21:11:55
Green Card yutgan taqdiringizda pasportingiz srogi siz intervyuga kirguningizga qadar tugamagan bo'lishi zarur sababi siz Green Card anketasini to'ldirgan pasportingizni yutug'ingiz bilan solishtirish uchun konsulga ko'rsatishingiz kerak bo'ladi.

Shunday ekan sizning pasportingiz srogi kamida 2024-yil may oyiga qadar bo'lishi zarur. Ammo hozir sizda pasportni ID kartaga yoki qizil pasportga o'zgartirish imkoni bo'lmasa va yashil pasportingiz srogi kam qolgan bo'lsa u holda ham Green Card o'ynasangiz bo'ladi faqat yashil pasportingizni rangli printer orqali nusxasini olib qo'yishingiz kerak bo'ladi.

Pasportingiz srogi kam qolganining yomon tomoni shundaki siz elchixonaga Green Card anketasini to'ldirgan xujjatingizni ham taqdim etishingiz kerak, ammo intervyu uchun qizil pasport olish paytida yashil pasportingizni srogi tugaganligi sabab pasportstoldagilar yashil pasportingizni olib qo'yishi mumkin va bunday vaziyatda sizga yashil pasportingiz nusxasi yordam beradi.

anba: @GreenCardLotteryUz
9.8K viewsedited  18:11
Ochish/sharhlash
2022-09-30 01:08:33
Green Card DV-2024 mavsumi uchun maxsus video. Nima uchun qizil pasport talab qilinmasligi mavzusida.

Batafsil videoni
tomosha qiling:





6.0K views22:08
Ochish/sharhlash
2022-09-27 22:13:03
O'zbekistondagi AQSh elchixonasining xabar berishicha, 28-sentabr Toshkent vaqt bilan soat 18:00 dan boshlab O'zbekistondagi AQSh elchixonasi Konsullik bo'limida 600 dan ortiq noimmigratsion vizalar uchun suhbat o‘rinlari ochiladi. Sayyohlik, talaba yoki boshqa noimmigratsion viza uchun hujjat topshirmoqchi bo'lganlar bu o'rinlardan foydalanishi mumkin.

Suhbat o‘rinlari faqat O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun bo‘lib, noyabr oyidan yanvar (2023) oyigacha bo‘lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu o'rinlar uchun onlayn tizim orqali ro'yxatdan o'tasiz. Bundan oldin DS-160 formasini to'ldirgan bo'lishingiz lozim.

Izoh: Bu ma'lumot viza berish osonlashganini yoki beriladigan vizalar soni ko'payganini bildirmaydi. Shunchaki, pandemiya boshlangandan beri viza uchun qilinadigan suhbatlar soni kamayib ketgan edi. Hozir yangi suhbatlar uchun o'rinlar soni ko'paygani xabar qilinyapti, xolos.

Ya'ni, bu o'rinlarning ko'payishi viza olish yoki ololmaslik imkoniyatiga hech qanday ta'sir qilmaydi.


Behzod Mamadiev
6.8K views19:13
Ochish/sharhlash
2022-09-26 21:59:05
Green Card Lotoreyasi anketasidagi o'zingizga tegishli ta'lim darajangizni belgilaydigan bo'lim haqida to'liq ma'lumot.

anba: @GreenCardLotteryUz
3.7K views18:59
Ochish/sharhlash
2022-09-25 22:27:26 Green Card DV-2024 mavsumi yo'riqnomasi haqida tushuntirish va yashil pasport yoki qizil pasport yoki ID kartada ro'yxatdan o'tish haqidagi savollarga javob.

anba: @GreenCardLotteryUz
7.2K viewsedited  19:27
Ochish/sharhlash
2022-09-25 10:58:48 DV-2024 yo'riqnomasining o'zbekcha varianti.

Yo'riqnomaning 7-punkitida pasportga aloqador bo'lim mavjud emasligi bu istalgan pasportda ro'yxatdan o'tsa bo'lishini anglatadi. (Tushunmaganlar uchun)

anba: @GreenCardLotteryUz
7.0K viewsedited  07:58
Ochish/sharhlash
2022-09-25 08:17:06
DV-2024 yo'riqnomasidagi asosiy o'zgarish bu 7-punktni o'zgarganligidir, endilikda Green Card lotoreyasida ishtirok etish uchun sizda xorijga chiqish pasporti bo'lishi shart emas. Siz istalgan shaxsingizni tasdiqlovchi xujjatdan foydalangan holda Green Cardga ro'yxatdan o'tishingiz mumkin ya'ni yashil pasport, qizil pasport yoki ID karta va.h.k.

Yo'riqnomani o'zbekcha variantini tez orada e'lon qilamiz.

anba: @GreenCardLotteryUz
2.4K viewsedited  05:17
Ochish/sharhlash