Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekistondagi AQSh elchixonasining xabar berishicha, 28-sent | 🗽Green Card Lottery🗽

O'zbekistondagi AQSh elchixonasining xabar berishicha, 28-sentabr Toshkent vaqt bilan soat 18:00 dan boshlab O'zbekistondagi AQSh elchixonasi Konsullik bo'limida 600 dan ortiq noimmigratsion vizalar uchun suhbat o‘rinlari ochiladi. Sayyohlik, talaba yoki boshqa noimmigratsion viza uchun hujjat topshirmoqchi bo'lganlar bu o'rinlardan foydalanishi mumkin.

Suhbat o‘rinlari faqat O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun bo‘lib, noyabr oyidan yanvar (2023) oyigacha bo‘lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu o'rinlar uchun onlayn tizim orqali ro'yxatdan o'tasiz. Bundan oldin DS-160 formasini to'ldirgan bo'lishingiz lozim.

Izoh: Bu ma'lumot viza berish osonlashganini yoki beriladigan vizalar soni ko'payganini bildirmaydi. Shunchaki, pandemiya boshlangandan beri viza uchun qilinadigan suhbatlar soni kamayib ketgan edi. Hozir yangi suhbatlar uchun o'rinlar soni ko'paygani xabar qilinyapti, xolos.

Ya'ni, bu o'rinlarning ko'payishi viza olish yoki ololmaslik imkoniyatiga hech qanday ta'sir qilmaydi.


Behzod Mamadiev