Get Mystery Box with random crypto!

AQSHNING TOSHKENTDAGI ELCHIXONASI GREEN CARD GʼOLIBLARINI SUXB | 🗽Green Card Lottery🗽

AQSHNING TOSHKENTDAGI ELCHIXONASI GREEN CARD GʼOLIBLARINI SUXBATGA CHAQIRISHNI QACHON TOʼXTATADI?

Ikki asosga koʼra suxbat tez belgilanishi mumkin:
1) Keys raqamimi katta yoki kichikligiga qarab.
2) DS-260 formasini qanchalik tez toʼldirganligiga qarab.

Yutgan inson suxbat kuni qachonligini viza bulletinlariga qarab taxmin qilishi mumkin, viza bulletinlari esa har oy travel.state.gov sayti orqali eʼlon qilib boriladi. Aytaylik keyingi oy uchun viza bulletinlari Oʼzbekiston uchun 4000 deb belgilandi, demak 4000 talik keys raqamlar ichida boʼlgan gʼoliblar uchun suxbat belgilanishi mumkin. Agar suxbat belgilanmasa bu sizni keyingi oyda chaqirmaydi degani emas. Qisqa qilib aytganda 10 000 gacha boʼlgan keys raqamlarga ega insonlar suxbatga chaqirilmaslikdan xavotir olmasalar ham boʼladi agar DS-260 ni tez toʼldirgan boʼlsa.

Endi 10 000 dan yuqori yoki 15 000 dan yuqori keyslar haqida toʼxtalsak.

Agar sizning keys raqamingiz 10 yoki 15 mingdan yuqori boʼlsa siz uchun oxirgi muddat iyul oyi xisoblanadi yaʼni aslida muddat sentyabr oxirida tugasada oxirgi suxbatlar iyul oyida belgilanadi va elchixonaga chaqiriladi.
DV-2023 mavsumi viza bulletinlariga eʼtibor bersak iyul oyi uchun Oʼzbekistonga 15 000 belgilandi, bundan xulosa shuki 15 000 gacha boʼlgan keys raqamlariga umid bor lekin bu 100 foiz suxbatga chaqiriladi degani emas. Biz yuqorida aytganimiz kabi agar sizga iyul oyi oxiriga qadar ham suxbat belgilanmasa kutishdan koʼra suxbatni boshqa davlatga koʼchirish suxbatga yozilib viza olishingiz imkonini oshiradi. Iyul oyi oxirigacha kutishingizning sababi shundaki iyul oyida sentyabr oyi uchun suxbatlar belgilanadi.

Iyul oyi uchun 15 ming belgilanganini koʼrdingiz lekin sizning keysingiz 15 mingdan yuqori bu degani siz umuman suxbatga chaqirilmaysiz degani emas, yaʼni siz ham iyul oyi oxiriga qadar kutishingiz kerak boʼladi chunki baʼzan yuqori keys raqamlari ham kichik keys raqamlari qatoriga qoʼshib chaqirilishi mumkin.

Yana bir jihatga eʼtibor qaratishingiz lozim, agarda iyul oyi uchun sizning keysingizdan kichik boʼlgan bulletinlar eʼlon qilinsa siz avgust va sentyabr oylari uchun viza bulletenlarini kutishingiz va sizning keys raqamingizga teng yoki undan yuqori keyslar raqami eʼlon qilinishini kutishingiz kerak boʼladi.

Tushunish oson boʼlishi uchun misol keltiramiz: aytaylik sizning keysingiz 17 000 ammo iyul oyi uchun 15 000 gacha boʼlgan viza bulletinlari eʼlon qilindi, endi birinchi navbatda avgust va sentyabr uchun viza byulletenlari chiqishini kutish kerak boʼladi, viza bulletinlari esa iyul oxirigacha chiqadi. Agar avgust uchun 18 000 va sentyabr uchun 20 000 viza bulletenlari chiqsa siz iyul oxirigacha kutib keyin boshqa davlatga suxbatni koʼchirsangiz boʼladi.

Albatta boshqa davlatga suxbatni koʼchirish arzon va oson ish emas, lekin harakat qilib viza olib ketganlar bor.

@GreenCardLotteryUz