Get Mystery Box with random crypto!

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning 'Title 42' qonuni 12-ma | 🗽Green Card Lottery🗽

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning "Title 42" qonuni 12-may kuni bekor qilindi.

Pandemiya davrida qabul qilingan ushbu qonun loyihasini bekor qilinishi ortidan Amerika - Meksika chegarasida immigrantlar soni keskin oshib ketgani aytilmoqda, maʼlumotlarga koʼra AQSHga kirish uchun kelgan immigrantlarning bir kunlik soni 10 000 taga yetgan va bu koʼrsatgich 4 kun ichida 40 000 ni tashkil qilgani aytiladi.

Xabaringiz bor 12-maydan soʼng CBP One ilovasiga va tizimiga oʼzgartirishlar kiritilgan edi, shundan soʼng AQSH hukumati aynan CBP One orqali qonuniy chegaraga kelishni qayta qayta aytib kelmoqda. Agarda immigrant CBP One orqali emas balki devordan sakrab oʼtib AQSH hududiga noqonuniy kirsa uni deportatsiya qilish ehtimoli yuqori boʼladi, lekin CBP One orqali qonuniy chegaraga kelgan immigrantga nisbatan bunday chora koʼrilmaydi aksincha ular uchun barcha qulayliklar yaratilishini AQSH hukumati alohida taʼkidladi.

@GreenCardLotteryUz