Get Mystery Box with random crypto!

Meksikada nima gap? yoki CVP1 nima degani? 11-12-maydan boshl | GreenCardLotteryUz

Meksikada nima gap? yoki CVP1 nima degani?

11-12-maydan boshlab Meksikadan Amerikaga kiruvchi immigrantlar oqimi toʼxtashi yoki talablar kuchaytirilishi hadagi maʼlumotlar tarqaldi. Ushbu xabarlar qay darajada rost yoki yolgʼonligi haqida rasmiy manbalardan quyidagi maʼlumotlarni topdik.

CBP One tizimi avvaldan mavjud boʼlgan va u AQSH chegara qonunchiligiga doir portal boʼlib doimiy foydalanib kelingan va uning ilovasi ham mavjud.

Demak CBP One yaqinda chiqmaganini va u oldindan boʼlganini bilib oldik, endi esa CBP1 Meksika orqali Amerikaga kirayotgan immigrantlarga nima aloqasi borligini koʼrib chiqamiz: 2023-yil 5-maydan boshlab CBP1 tizimiga oʼzgartirishlar kiritildi va 10-maydan boshlab ishga tushishi aytildi, unga koʼra endi chegarani kesib oʼtmoqchi boʼlgan noqonuniy immigrant chegaraga borishdan oldin CBP1 portali yoki ilovasi orqali roʼyxatdan oʼtishi va maxsus anketani toʼldirishi talab etiladi, ariza topshirilganidan soʼng immigrant tizimdan javob xabarini ham oladi, bundan tashqari immigrant boʼlgan inson AQSHga kirish uchun hohlagan kirish punkitini emas aynan CBP1 da koʼrsatilgan chegara punktlaridan birini tanlashi kerak boʼladi.

Immigrant jismonan Meksikaning markaziy yoki shimolida joylashgan bo'lishi kerak. Uchrashuvlar sakkizta kirish portlarida taklif etiladi: El Pasodagi Brownsville, Paso Del Norte, Eagle Pass, Hidalgo va Texasdagi Laredo; Kaliforniyadagi Calexico va San Isidro; va Arizonadagi Nogales. 

Maʼlumotga koʼra CBP1 tizimida ariza topshirish uchun maʼlum vaqt belgilanmaydi va mijozlar hohlagan vaqtlari ariza topshirishi mumkin boʼladi.

Qisqa qilib aytganda immigrant AQSHga kirish uchun avvalo (Подтверждение) tasdiq xabarini olishi kerak boʼladi. Ammo bu tizim 100% ishga tushishi haqida hozir biror narsa deyish qiyin.

Bu maʼlumotlarni sizga qisqacha tushuntirdik, CBP1 va oʼzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlarni quyidagi havola orqali oʼzbek tilida tanishib chiqishingiz mumkin: https://telegra.ph/CBP-One-ilovasiga-ozgartirishlar-kiritdi-05-09

@GreenCardLotteryUz