Get Mystery Box with random crypto!

SOXTA YUTUQLARDAN EHTIYOT BOʼLING.! Lotoreyada baʼzi Green Ca | GreenCardLotteryUz

SOXTA YUTUQLARDAN EHTIYOT BOʼLING.!

Lotoreyada baʼzi Green Card firmalari orqali ishtirok etganlar baʼzi hollarda firibgarlik qurboniga aylanadi, bu firibgarliklardan soʼnggi yillarda avj olgani soxta yutuqlar tarqatish xisoblanadi.

BU QANDAY SODIR BOʼLADI?

Bu juda oddiy, shunchaki sizni Green Card yutganingiz bilan tabriklashadi va sizga qogʼozda chiqarilgan yutuqni koʼrsatadi agar ishonmasangiz onlayn oʼzlarining shaxsiy kompyuterida tekshirib koʼrsatishadi. Bir qarashda hammasi haqqoniy, ammo sizga oʼyin kodini berishmaydi. Oʼyin kodini soʼrasangiz bunga mingta baxona tayyor (baxonalardan eng ommaboplari - "siz yutuqni buzib qoʼyasiz ichiga kirish mumkinmas" yoki "Toʼlov qilmaganlarga kodlarni bera olmaymiz") shu bilan jarayon boshlanadi va Amerika orzusi bilan hayolingizdan oʼyin kodi chiqib ketadi.

Sizga atay keys raqamini katta qilib koʼrsatishadi, sababi keys raqam qancha katta boʼlsa sizni suxbatga chaqirishi kechikadi yoki chaqirmasligi ehtimoli yuqori boʼladi, shu bilan birga sizni ogohlantirishadi yaʼni "keys raqamingiz katta ekan suxbatingiz kechikadi" deb. Senariy esa oldindan tuzilgan siz suxbatga aniq chaqirilmaysiz.

May oyidan 2024-yil sentyabr oyi oxirigacha esa 16 oy vaqt bor, bu vaqt mobaynida sizning pulingiz eng kamida firma egalarining bank xisoblarida abarotda boʼladi yoki jarayon yakuni firma raxbari Amerikaga Meksika orqali qochib ketgani bilan tugaydi (xuddi shunday voqea DV-2020 mavsumida Jizzaxda yuz bergan edi)

Yuqorida sizga yutugʼingizni onlayn kompyuterda tekshirib berishlari haqida ham aytib oʼtdik, xoʼsh koʼz oʻngingizda onlayn tekshirib bersa gumonga ne xojat dersiz, aslida onlayn tekshirish uchun saytning soxta versiyasini tayyorlashgan va maxsus kodlar terilganda yutuq kelib chiqadigan qilingan. Green Card lotoreyasini yaxshi tushungan inson uchun ham buni farqlash qiyin boʼladi baʼzida, chunki oʼzim ham bir vaqtlar farqlay olmagan edim.

Biz barcha Green Card firmalarini qoralamoqchi emasmiz shu sababdan postimizni (baʼzi) soʼzi bilan boshladik.

@GreenCardLotteryUz