Get Mystery Box with random crypto!

54-dars. Bog'lovchilar (2) (The fifty fourth lesson: Conjuncti | GREEN GRAMMAR

54-dars. Bog'lovchilar (2) (The fifty fourth lesson: Conjunctions 2)

in case - har ehtimolga qarshi, ehtiyot shart, hisobga olib degan ma'nolarda qoʻllanuvchi bog'lovchi hisoblanadi.
Eg. I'll give you my address in case you need my help in the future. (Men sizga uy manzilimni beraman har ehtimolga qarshi sizga mening yordamim kerak bo'lib qolsa)

in case bog'lovchisini in case of, in the event of - sodir bo'lganda, holatida koʻmakchili birikmalaridan farqlay bilish lozim.
Eg. In case of emergency, press red button. (Favqulodda holatda qizil tugmani bosing)
Eg. In the event of a strike, the army will take over responsibility for firefighting

yet bog'lovchisi oʻzidan oldingi fikrga zid fikr bildirish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbek tiliga lekin, shunga qaramay, vaholanki, binobarin deb tarjima qilinadi.
Eg. The test was difficult yet we passed it.

for - chunki degan ma'noda bog'lovchi sifatida qoʻllanila oladi. Bu holat koʻpincha rasmiy va badiiy uslubda uchraydi.
Eg. I believed him, for I knew that he was an honest man. (Men unga ishondim, chunki men uni halol inson deb bilardim)
Eg. He walked quickly, for he was in a great hurry.

O'z navbatida tufayli, sababli degan ma'noda since
soʻzi ham bog'lovchi sifatida qoʻllana oladi.
Eg. Since it was getting dark, we decided to stop. (Qorong'u tushayotganligi tufayli, biz to'xtashga qaror qildik)

lest - -masligi uchun degan ma'noda maqsad bog'lovchisi hisoblanadi.
Eg. Lest anyone should doubt my story, I have brought documents to attest to its truth. (Mening gaplarimga kimdir shubha bildirmasligi uchun men uning haqiqat ekanligini isbotlovchi hujjatlarni olib keldim)

however bog'lovchisi oldingi fikrga zid fikr bildirish uchun lekin, biroq degan ma'noda qoʻllaniladi.
Eg. We thought the figures were correct. However, we have now discovered some errors.
Eg. Your test results are very high. However, your written work is very bad.

however bog’lovchisi oʻzidan keyin sifat yoki ravish bilan qoʻllanilganda qanchalik degan ma’noda qoʻllaniladi.
Eg. She has the windows open, however cold it is outside.
Eg. However carefully I explained, she still didn’t understand. (Qanchalik ehtiyotkorona tushuntirsam ham u baribir tushunmadi)

provided that/providing that/on condition that bog'lovchilari agar/ sharti bilan/-gan holdagina degan ma'nolarda shart bog'lovchisi sifatida qoʻllaniladi.
Eg. Providing that she studies hard, she will pass the exam.

as long as/so long as bog'lovchilari toki/-gan holdagina ma'nolarida shart bog'lovchisi sifatida qoʻllaniladi.
Eg. You can take my car as long as you drive carefully.

supposing that agar/mabodo/boringki degan ma'nolarda bog'lovchi sifatida qoʻllaniladi.
Eg. Supposing (that) you are wrong, what will you do then?

unless - agar -masa degan ma'noda shart ergash gaplarni bog'lashda ishlatiladi.
Eg. Unless she studies hard, she will fail the exam.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor