Get Mystery Box with random crypto!

53-dars. Bog'lovchilar (The fifty third lesson: Conjuctions) | GREEN GRAMMAR

53-dars. Bog'lovchilar (The fifty third lesson: Conjuctions)

Bog’lovchilar  gaplarda
Otlarni 
Sifatlarni
Fe’llarni 
Ravishlarni 

Sodda gaplarni bog’lashga yordam beradi.

And, but, or, nor, for, yet, so kabi bog’lovchilar mavjud. Ushbu bog’lovchilarning ishlatilishiga e’tibor bering.

“And” (tarjimasi "va") bog’lovchisi  ikki yoki undan ko’p narsa yoki odamlarni  birlashtirish uchun ishlatiladi.
Eg. I like to eat fruits  and  vegetables – Men meva va sabzavotlarni yeyishni yoqtiraman

“But” (tarjimasi "ammo", "lekin") bog’lovchisi zidlash va farqlashda ishlatiladi.
Eg. Football is fun, but it is also a little dangerous.
Eg. Football is a fun sport, but sometimes you can fall and hurt yourself.  
– Futbol ajoyib sport, ammo ba’zan siz unda yiqilishingiz va o’zingizni jarohatlab olishingiz mumkin.

“Or” (tarjimasi "yoki") bog’lovchisi  tanlov yoki qarorda ishlatiladi.
Eg. Would you like to eat a hotdog or a hamburger?
– Siz hotdog yoki gamburger yeyishni xohlaysizmi?

“Nor” bog’lovchisi  “Or” ning inkor shakli hisoblanib, doim “neither” bilan birga ishlatiladi.
…neither…..nor…..
Eg. She eats neither hotdogs nor hamburgers. She prefers vegetables.
- U  na hotdog, na gamburger  yeydi. U sabsavotlarni afzal ko’radi.

“For” bog’lovchisi xuddi “because” va  “since” kabi “uchun, chunki” deb tarjima qilinadi,
Eg. He went to prison, for he had killed someone 
– U kimnidir o'ldirgani uchun qamoqqa jo’natildi

“Yet” gap o’rtasida kelsa, “lekin, ammo” deb tarjima qilinadi.
Eg. It’s cold outside, yet these boys don’t want to go inside because they are having so much fun 
-Tashqari juda sovuq, ammo bolalar ichkariga kirishni xohlamaydilar chunki ular judayam xursandlar.

“So” bog’lovchisi "shuning uchun" ma’nosida keladi.
Eg. She saw a spider, so she became afraid.
-U o’rgimchakni ko’rdi shuning uchun undan qo’rqdi
Eg. She became afraid because she saw a spider. - U qo’rqdi chunki u o’rgimchakni ko’rdi.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor