Get Mystery Box with random crypto!

Gerundy bilan ishlatiladigan fe'llar (45-dars davomi) Quyi | GREEN GRAMMAR

Gerundy bilan ishlatiladigan fe'llar (45-dars davomi)

Quyida keltirilgan fe'llardan keyin agar fe'l qo'llaniladigan bo'lsa, fe'lning gerundiy shakli qoʻllaniladi. Oʻzbek tiliga bunday holatda gerundiy toʻldiruvchi sifatida tarjima qilinadi.
stop* - toʻxtatmoq
avoid - saqlanmoq
dislike* - yomon koʻrmoq
finish - tugatmoq
consider - oʻylamoq
hate* - nafratlanmoq
delay - kechiktirmoq
involve - ichiga olmoq
love* - sevmoq
enjoy - zavqlanmoq
practise - mashq qilmoq
can't stand* - toqat qilolmaslik
mind - qarshi boʻlmoq
miss - sog'inmoq
can't bear - chiday olmaslik
suggest - taklif qilmoq
postpone - keyinga surmoq
discuss - muhokama qilmoq
can't help - oʻzini tiyolmaslik
fancy - yoqtirmoq, xohlamoq
risk - tavakkal qilmoq
can't face - xohlamaslik
imagine - tasavvur qilmoq
give up - tashlamoq
can't resist - oʻzini tiyolmaslik
admit* - tan olmoq
go on* - davom ettirmoq
put off - keyinga surmoq
deny* - inkor etmoq
complete - tugatmoq
keep (on) - davom ettirmoq
regret* - pushaymon boʻlmoq
like* - yoqtirmoq
recall - eslamoq
mention - tilga olmoq
carry on - davom ettirmoq
appreciate - yuqori baholamoq
anticipate - kutmoq
quit - tashlamoq, tark etmoq
recollect - eslamoq
report - xabar bermoq

Yuqori yulduzcha* bilan belgilangan fe'llarga keyingi mavzularda ham toʻxtalib oʻtaman.

Stop talking! (Gaplashishni toʻxtating!)
I don't fancy going out this evening. (Bugun kechqurun koʻchaga aylangani chiqish yoqmayapti.)
I can't imagine George riding a motor-bike. (Men Jorjning moped haydashini tasavvur qilolmayman.)
She couldn't resist laughing at him in those clothes. (U uning anavi kiyimlari ustidan kulishdan oʻzini tiyolmadi.)
She often misses being with her friends . ( U tez-tez do 'stlari bilan birga boʻlishni sog'inadi.)
If you use the shower, avoid splashing water on the floor. (Dushdan foydalansangiz, polga suv sachratishdan saqlaning.)

@GREEN_GRAMMAR @English_Navbahor