Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.25K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2023-05-28 05:00:03 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. The Eira Francis Davies Scholarship dasturi — ayol-qizlar uchun magistraturani Buyuk Britaniyada toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati!
https://grantgo.uz/go/93524


3 kun qoldi:
1. Butun dunyo bo'ylab istalgan yoshdagi istalgan kasb egalari uchun Germaniyaning Berlin shahrida amaliyot — Leaders for Future Ongoing LF amaliyot dasturi
https://grantgo.uz/go/12749

2. Maktab, kollej yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun 6 ta fan doirasida tanlov — S.T. Yau High School Science Award (Asia)
https://grantgo.uz/go/81299

3. 16 yoshdan oshgan maktab o'quvchilari va universitet talabalari uchun Udacitydan Sun’iy Intellekt va Machine Learning bo‘yicha o'qish uchun grant
https://grantgo.uz/go/13890

4. Bakalavr yoki magistraturani tamomlagan talabalar uchun Yaponiyaning Avaji orollarida haq to'lanuvchi AYF Fellowship dasturi
https://grantgo.uz/go/40298

5. Germaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri University of Manheimda bakalavr va magistratura bosqichida o’qish uchun oyiga 300 yevrolik Deutschlandstipendium stipendiyasi
https://grantgo.uz/go/14527

6. 35 yoshdan kichik barcha tadqiqotchilar uchun YUNESKOdan “Ipak yoʻli yoshlar tadqiqotlari granti” tanlovi
https://grantgo.uz/go/82015


5 kun qoldi:
1. Yosh iqtisodchilar uchun Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan maqolalar tanlovi; gʻolib muallifga 5000 Shveysariya franki miqdorida mukofot taqdim etiladi
https://grantgo.uz/go/21439

2. Oftalmologiya va koʻz parvarishi boʻyicha Edinburg universitetida onlayn magistratura dasturini grant asosida oʻqish imkoniyati
https://grantgo.uz/go/29550

Telegram | Facebook | Instagram
5.8K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-27 14:20:03
Italiyaning Piza universitetidan bakalavr va magistratura bo'yicha UNIPI scholarship granti

Talablar
— Nomzod universitetning o'qitish tili ingliz tili bo'lgan magistratura yoki bakalavr yo'nalishlaridan biriga qabul qilinishi kerak.

Mavjud yo'nalishlar:
— Muhandislik va texnologiyar;
— Kompyuter fanlari va IT;
— Tibbiyot;
— Tabiiy fanlar;
— Ijtimoiy-iqtisodiy sohalar.

Foydali tomonlari
— Birinchi yili uchun: 6,500 yevro va universitet to'lovlaridan ozod qilish;
— Ikkinchi yili uchun: 8,000 yevro va universitet to'lovlarining 50 foizga kamayishi.

Oxirgi muddat
30.06.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/90215

#grantlar_va_stipendiyalar #qisman_moliyalashtiriladi #Italiya

Telegram | Facebook | Instagram
6.1K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-05-27 11:50:02
Talabalar uchun Xitoyning Zhejiang universitetidan onlayn yozgi maktabi — SDG Global Summer School dasturi

Talablar
— Yozgi maktabda bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin. Dastur boshlangan paytda nomzod kamida 1 akademik o'quv yilini tugatgan bo'lishi shart;
— Dastur ingliz tilida bo'lgani bois ingliz tilini yetarlicha bilishi lozim. Sertifikat talab etilmaydi.

Foydali tomonlari
— Ikki haftalik yozgi onlayn maktabda bepul ishtirok etish;
— Tajribali professorlar tomonidan ishlab chiqilgan yuqori sifatli kurslardan foydalanish;
— Barqaror rivojlanish sohasidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish; maxsus sertifikat.

Oxirgi muddat
31.05.2023 20:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/40072

#yozgi_va_qishki_maktablar #bepul #Xitoy

Telegram | Facebook | Instagram
5.7K views08:50
Ochish/sharhlash
2023-05-19 06:05:01

Bakalavr darajasi mavjud bolgan tibbiyot hodimlariga Germaniya ketish uchun super imkoniyat
Endlikda siz bakalavr darajasi bilan Olmon yurtida Medizinischer Fachangestellte/r (MFA/ZFA) sifatida ishlash imkoniyatiga egasiz !

Buning uchun eng kamida B1 til sertifikati talab qilingan!
Hozirgi kunda sertifikatsiz suhbat asosida ham ishga joylashish imkoniyati mavjud!


Siz tibbiyot kollejni bitirganmisiz?
Aslo havotirga o’rin yo’q Tibbiyot hamshirasi sifatida ham Germaniyaga ketishingiz mumkin !

Bepul onlayn yoki offlayn consultatsiya oling:

Onlayn ariza qoldirish

Menejerga bog’lanish

+998977273366
+998888036660

CHILONZOR, OQTEPA
———————————————
Rasmiy kanal: https://t.me/germaniyashifokor
1.5K views03:05
Ochish/sharhlash
2023-05-19 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Bakalavrva magistratura bosqichi talabalari uchun Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtadigan 2 haftalik yozgi maktab
https://grantgo.uz/go/60644

2. O‘zbekiston Badiiy akademiyasidan “Navqiron O‘zbekiston” iqtidorli yoshlar respublika zamonaviy sanʼat ko‘rgazma-tanlovi
https://grantgo.uz/go/94790

3. Bakalavr va magistralr uchun UNFPAning O'zbekistondagi vakolatxonasida 6 oylik amaliyot — Youth and Communications Intern
https://grantgo.uz/go/62903


5 kun qoldi:
1. Turkologiya sohasidagi yosh olimlar uchun Qirgʻizistonda 6 kunlik “Yosh turkologlar” yozgi maktabi
https://grantgo.uz/go/98632


10 kun qoldi:
1. The Eira Francis Davies Scholarship dasturi — ayol-qizlar uchun magistraturani Buyuk Britaniyada toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati!
https://grantgo.uz/go/93524

Telegram | Facebook | Instagram
2.1K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-18 17:27:03 Fulbright dasturiga hujjat topshirish kursi ochiq darslari
3-qism

Ochiq darslarimiz 3-qismida Fulbright dasturiga hujjat topshirishdan oldin nimani qayerga yozishni rejalashtirish, hujjatlardan umumiy tasvir hosil qilish va to'g'ri maqsad qo'yish hamda uning ahamiyati haqida gaplashib o'tdik.

Aytib o'tishimiz kerak ushbu bo'lim va darslar ushbu kursimiz eng muhim darslari hisoblanadi

Quyida video darslarimizni ko'rishingiz mumkin:

3.1-dars. Hujjat topshirishda rejalashtirish: nimani qayerga yozish kerak

3.2-dars. Karyera uchun to'g'ri maqsad qo'yish va hujjatlarni shu maqsad atrofida qurish

3.3-dars. Dastur uchun o'z yo'nalishingizni aniqlashtirish va Amerikadagi shu yo'nalishdagi eng yaxshi universitetlarni topish (maxsus dars)

3.4-dars. Ikki marta grant dasturi suhbatiga chaqirilishimda asosiy sababchi bo'lgan shaxsiy rejalarim xaritasi bilan tanishuv (maxsus dars)

Maxsus darslarga qatnashmoqchi va hujjatlaringizni tekshirtirmoqchi bo'lsangiz @effort_uz ga murojaat qilishingiz mumkin!
Kurs haqida batafsil

Ushbu darslar Fulbright dasturi bo'yicha tashkil qilingan kursning ochiq darslari bo'lib, to'liq kurs haqida yuqorida ma'lumot olishingiz mumkin.

Fulbright hamjamiyatimizga ham qo'shilishni unutmang!
Hamjamiyatga qo'shilish

#Fulbright #Amerika #mentorship

Telegram | Instagram | YouTube
3.6K views14:27
Ochish/sharhlash
2023-05-18 15:53:57
Filologlar uchun maxsus grant!

Turkologiya sohasidagi yosh olimlar uchun Qirg'izistonda 6 kunlik "Yosh turkologlar" yozgi maktabi

Talablar
Dasturda 35 yoshgacha bo'lgan va magistraturani tamomlagan yoshlar qatnashishi mumkin. Turkologiya, turkiy tarix, turkiy adabiyot, antropologiya, madaniyatshunoslik va arxeologiya sohalarida ishlayotgan va tadqiqot olib borayotgan bo'lish kerak.

Foydali tomonlari
— Ishtirokchilarning sayohat, ovqatlanish va turar joy xarajatlarini qoplanadi;
— Tanlangan nomzodlarga bepul aviachipta yuboriladi;
— Maxsus sertifikat taqdim qilinadi.

Oxirgi muddat
24.05.2023 23:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/98632

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Qirgʻiziston

Telegram | Facebook | Instagram
4.4K views12:53
Ochish/sharhlash
2023-05-18 11:30:06
OSCE akademiyasidan talabalar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab. Qatnashuvchilarga €450 stipendiya beriladi

Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va shunga aloqador sohalar bo'yicha bakalavrning oxirgi kurs talabalari va uni tugatgan markaziy osiyoliklar topshrishi mumkin. Dastur ingliz tilida bo'ladi.

Foydali tomonlari
— 4 hafta uchun 450 yevro stipendiya ajratiladi;
— Markaziy Osiyo davlatlaridan Bishkekkacha avia chipta qoplanadi.

Oxirgi muddat
16.06.2023 17:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/19763

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Qirgʻiziston

Telegram | Facebook | Instagram
4.9K viewsedited  08:30
Ochish/sharhlash
2023-05-18 09:30:02
"Yaxshi qo'shnichilik yoshlar nigohida" mavzusida hikoyalar tanlovi

Talablar
— Farg'ona vodiysi (Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston) yoshlari;
— 14 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar qatnasha oladi.
— Rus yoki milliy tillarda yozilgan hikoyalar ishtirok eta oladi (qirg'iz, tojik, o'zbek).

Foydali tomonlari
Xalqaro sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar yutib olish mumkin. Gʻolib hikoyalar Oʻsh shahridagi koʻrgazmada ishtirok etadi.

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Batafsil
https://grantgo.uz/go/30232

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
5.0K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-05-18 08:00:02
Xitoyning Zhengzhou universitetida PhD bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish uchun President Scholarship granti

Talablar
— Dasturda Xitoy fuqarosi bo'lmagan, jismonan sog'lom, jinoyat sodir etmagan 40 yoshgacha bo'lgan nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Magistraturani tugatgan bo'lishi kerak;
— IELTS 6,5.

Foydali tomonlari
— O'qish to'lovlari to'liq qoplanadi;
— Turar joy uchun har oy 1,000 yuan ajratiladi;
— 3,500 yuan miqdorida oylik stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
14.06.2023 21:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/01926

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Xitoy

Telegram | Facebook | Instagram
4.7K views05:00
Ochish/sharhlash