Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Kanaldagi mavzular:
Grant
Aqsh
Тадқиқот
Япония
Тóлиқ
Amaliyotlar
Германия
Стипендия
Grantlar
All tags
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanaldagi mavzular:
Grant
Aqsh
Тадқиқот
Япония
Тóлиқ
Amaliyotlar
Германия
Стипендия
Grantlar
All tags
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.93K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 11

2023-07-01 15:13:52 Beriladigan ma'lumotlar hajmini hisobga olgan holda suhbat vaqtini 22:00 dan 21:00 ga ko'chirishga qaror qildik.

Do'stlaringizni ham taklif qilishni unutmang!

#germaniya #daad #mentorship

Telegram | Instagram | YouTube
6.5K views12:13
Ochish/sharhlash
2023-07-01 12:11:40
Barcha til o'rganuvchilari uchun CEFR standardlariga asoslangan bepul nemis tili kursi

Talablar
— Dasturda nemis tilini o'rganmoqchi bo'lgan barcha nomzodlar qatnashish huquqiga ega;
— Kursdan hozirgi paytda nemis tilini o'rganayotganlar qo'shimcha yoki asosiy kurs sifatida foydalanishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Dasturni onlayn tarzda bemalol, qulay vaqtda o'rganish mumkin;
— Kursda 25 000 dan ortiq til o'rganish va lug'at bo'yicha mashqlar; 150 dan ortiq grammatik mavzudagi testlar mavjud.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/28950

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Germaniya

Telegram | Facebook | Instagram
7.5K views09:11
Ochish/sharhlash
2023-07-01 08:14:12
Bakalavr va Magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi

Talablar
— Ariza topshiruvchilarning yo'nalishi Gamburg universitetida mavjud yo'nalishlarga mos kelishi kerak;
— Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o'qigan bo'lishi va 18 yoshdan kichik bo'lmasligi shart;
— Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish talab etiladi (Eng kamida B2) va b.

Foydali tomonlari
— 260-300 yevro oylik stipendiya;
— Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta'minlanadilar;
— Ovqatlanish, tibbiy sug'urta, ro'yxatdan o'tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
01.09.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/16558

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | Facebook | Instagram
6.1K views05:14
Ochish/sharhlash
2023-07-01 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Havaskor va professional fotograflar uchun mukofot jamgʻarmasi $3000 ni tashkil etuvchi xalqaro Monochrome Photography Awards tanlovi
https://grantgo.uz/go/97745

2. Dunyo boʻylab 18 yoshdan yuqori boʻlgan innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. G'oliblar Nyu-Yorkdagi taqdirlashda ishtirok etadi
https://grantgo.uz/go/41908

Telegram | Facebook | Instagram
5.4K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-06-30 18:05:47
DAAD dasturlari haqida ovozli chat

Kuni kecha Germaniyada magistratura bosqichida to'liq moliylashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi DAAD grantlari qabuli ochilgani haqida xabar bergan edik.

Bu grantlar turlicha yo'nalishlar uchun va turli xil talablar bilan bo'lganligi sababli, GrantGO jamoasi sizlarni ertaga bo'lib o'tuvchi o'tgan yilgi g'oliblar ishtirokidagi ovozli chatga taklif etib qoladi.

Kimlar uchun
DAAD All Disciplines, ERP, Helmut-Schmidt (PPGG) hamda EPOS dasturlariga hujjat topshirmoqchi bo'lganlar
Germaniyada o'qishga qiziquvchilar
Grant dasturlarida g'olib chiqish haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lganlar

Suhbat davomida
Yuqoridagi dasturlar haqida to'liq ma'lumot
Hujjat topshirish jarayonlari haqida qisqa tanishtiruv
G'oliblar taassurot va tajribalari
DAAD mentorlik kursi haqidagi fikrlar

Suhbat joyi va vaqti
@grantgouz telegram kanali
01.07.2023 21:00

DAAD Hamjamiyati
@DAAD_Community

Barcha qiziquvchilarni suhbatga taklif qilib qolamiz!

#germaniya #daad #mentorship

Telegram | Instagram | YouTube
10.0K viewsedited  15:05
Ochish/sharhlash
2023-06-30 12:32:06
AQSHda to'liq moliyalashtirilgan holda ilmiy tadqiqot qilish imkoniyatini beruvchi Fulbright Visiting Scholar Program dasturi

Talablar
O'zbekiston fuqaroligi/rezidentligi bo'lgan universitet professor-o'qituvchilari, kamida 10 yillik professional tajribaga ega mutaxassislar, OTM va tahlil markazlarida, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlayotgan tajribali nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Amerikaga borish-kelish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— To'liq moliyaviy yordam va tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi;
— Ilmiy ishlariga oid Amerika madaniy boyliklardan foydalanish imkoniyati;

Oxirgi muddat
16.09.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/90731

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
5.7K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2023-06-30 08:30:03
30-iyul "Xalqlar do'stligi kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan "Do'stlik" videoroliklar tanlovi

Talablar
O'zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o'rtasidagi o'zaro hurmat va hamjihatlik, tinchlik va totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy madaniyat markazlari, do'stlik jamiyatlari faoliyati aks etgan videolarni barcha yuborishi mumkin.

Foydali tomonlari
— 1-o'rin sohiblariga 25,000,000 so'm mukofot puli ajratiladi;
— 2-o'rin sohiblariga 20,000,000 so'm mukofot puli ajratiladi;
— 3-o'rin sohiblariga 15,000,000 so'm mukofot puli ajratiladi.

Oxirgi muddat
20.07.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/83235

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
6.6K viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2023-06-30 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. 300 dan ortiq kompaniya va xorijiy tashkilotlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekistondagi Digital Leadership Forumi
https://grantgo.uz/go/86132

2. IT bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining startap tanlovi — President Tech Award. Bosh sovrin $100 000!
https://grantgo.uz/go/47684

3. Havaskor rassomlar uchun Illustrators of the Future Contest tanlovi. Bosh sovrin - $5000!
https://grantgo.uz/go/90744

4. Professional va havaskor rassomlar uchun Cheltenxam illyustratsiyalar tanlovi. Gʻolib asari Britaniyaning mashhur koʻrgazmalarida namoyish etiladi
https://grantgo.uz/go/14129

5. Ilmiy fantastik yoʻnalishda ijod qiluvchi yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writer Contest tanlovi
https://grantgo.uz/go/34174


5 kun qoldi:
1. Innovatsion rivojlanish agentligidan “Professional taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
https://grantgo.uz/go/31737

2. “Innovatsion va yuqori texnologiyalar bozorini kengaytirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
https://grantgo.uz/go/49955


10 kun qoldi:
1. Tadbirkor va tadqiqotchilar uchun qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan AgriTech4Uzbekistan tanlovi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi —30 000 AQSH dollar!
https://grantgo.uz/go/19215

Telegram | Facebook | Instagram
5.6K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-31 15:59:57
Prezident va nomdor stipendiyalarga qabul boshlanmoqda!

Davlat stipendiyalariga sazovor boʻlishni orzu qilmagan talaba boʻlmasa kerak. Biroq koʻpchilik ishni nimadan boshlash yoki qanday talablarga javob berish kerakligini aniq tushunib yetmagani sabab stipendiant boʻlish qiyin, deb oʻylaydi.

Shu sababli jamoamiz tomonidan tayyorlangan maqolani sizlar bilan ulashmoqdamiz. Umid qilamizki, maqola stipendiant boʻlishni maqsad qilgan talabalarga kichik qoʻllanma sifatida asqatadi.

Maqolani o'qish:
https://grantgo.uz/blog/prezident-stipendiyasini-yutish

#blog #stipendiya #grant

Telegram | Facebook | Instagram
2.7K views12:59
Ochish/sharhlash
2023-05-31 14:00:02
Grafik dizaynerlar uchun Wild Beauty Art festival 2023 tanlovi. G'olib $1000 bilan taqdirlanadi!

Talablar
— Mazkur tanlovda barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladi;
— Plakat san'atiga (poster art) qiziquvchi barcha grafik dizaynerlar qatnashishi mumkin;
— Uchtagacha plakat (poster) bilan ishtirok etish mumkin.

Foydali tomonlari
— Tanlovda qatnashish bepul;
— 1-o'ringa 1000 AQSH dollari; 2-o'ringa 600 AQSH dollari; 3-o'ringa 300 AQSH dollari.

Oxirgi muddat
16.07.2023 02:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/18232

#tanlovlar #mukofot #Yevropa

Telegram | Facebook | Instagram
3.1K views11:00
Ochish/sharhlash