Get Mystery Box with random crypto!

DAAD dasturlari haqida ovozli chat Kuni kecha Germaniyada mag | GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

DAAD dasturlari haqida ovozli chat

Kuni kecha Germaniyada magistratura bosqichida to'liq moliylashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi DAAD grantlari qabuli ochilgani haqida xabar bergan edik.

Bu grantlar turlicha yo'nalishlar uchun va turli xil talablar bilan bo'lganligi sababli, GrantGO jamoasi sizlarni ertaga bo'lib o'tuvchi o'tgan yilgi g'oliblar ishtirokidagi ovozli chatga taklif etib qoladi.

Kimlar uchun
DAAD All Disciplines, ERP, Helmut-Schmidt (PPGG) hamda EPOS dasturlariga hujjat topshirmoqchi bo'lganlar
Germaniyada o'qishga qiziquvchilar
Grant dasturlarida g'olib chiqish haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lganlar

Suhbat davomida
Yuqoridagi dasturlar haqida to'liq ma'lumot
Hujjat topshirish jarayonlari haqida qisqa tanishtiruv
G'oliblar taassurot va tajribalari
DAAD mentorlik kursi haqidagi fikrlar

Suhbat joyi va vaqti
@grantgouz telegram kanali
01.07.2023 21:00

DAAD Hamjamiyati
@DAAD_Community

Barcha qiziquvchilarni suhbatga taklif qilib qolamiz!

#germaniya #daad #mentorship

Telegram | Instagram | YouTube