Get Mystery Box with random crypto!

Dars #187 Introduction to word usage Soʻnggi yillarda DTM t | Grammar Notes

Dars #187 Introduction to word usage

Soʻnggi yillarda DTM tomonidan abituriyentlarga ingliz tili grammatikasini bilishdan tashqari, soʻz qoʻllash, soʻzlarning qaysi turkumga xosligini bilishni tekshiradigan testlar ham tuzilmoqda. Misol uchun quyidagi testlarni koʻrib chiqamiz:

Birinchi misol:
If an athlete wishes to achieve success in his field, he must show mental … as well as other qualities.
A) strengthen B) strongly C) strong D) strength

Yuqoridagi testni ishlash uchun ularni qaysi soʻz turkumiga xosligini koʻrib chiqamiz: strengthen - fe'l, strongly - ravish, strong - sifat, strength - ot.
Endi testda mental soʻziga e'tibor beramiz, mental - aqliy degan ma'noni bildiradi.
Gapni tarjima qilamiz: Agar sportchi oʻz sohasida muvaffaqiyat qozonmoqchi boʻlsa, u boshqa ustunliklardan tashqari, aqliy salohiyatini (kuch) ham koʻrsatishi lozim. Demak, salohiyat (kuch) soʻzi ot boʻlganligi uchun toʻg'ri javob strength boʻladi.
If an athlete wishes to achieve success in his field, he must show mental … as well as other qualities.
A) strengthen B) strongly C) strong D) strength
Mazkur holatda qisqa yoʻldan borsa ham boʻladi, ya'ni oʻzbek tilidagi kabi ingliz tilida ham sifat oʻzidan keyin ot talab qiladi va gapni tarjima qilib oʻtirmasdan D) javobni belgilab ketsak ham boʻlar edi.

Ikkinchi misol:
The antique collector must be able to distinguish … antiques from later imitations, which can be either reproductions or fakes.
A) realize B) reality C) really D) real

Yuqoridagi testni ishlash uchun ularni qaysi soʻz turkumiga xosligini koʻrib chiqamiz: realize - fe'l, reality - ot, really - ravish, real - sifat
antiques - tarixiy ashyolar soʻzi bu testda asosiy soʻz hisoblanadi va uning oldiga kerakli soʻzni qoʻyish lozim.
Gapni tarjima qilamiz: Tarixiy ashyolarni yig'uvchi shaxs, haqiqiy tarixiy ashyolarni soxtalashtirilgan keyingi nusxalardan farqlay bilishi lozim. Tarixiy ashyolar soʻzi oldidan real -haqiqiy soʻzi qoʻllanishi lozim. Demak toʻg'ri javob D).
The antique collector must be able to distinguish … antiques from later imitations, which can be either reproductions or fakes.
A) realize B) reality C) really D) real

Keyingi darslarda taqdim etiladigan jadvallardagi qoʻshimchalar abituriyentlarga u yoki bu soʻzni qaysi soʻz turkumiga xosligini koʻrsatadi, xolos. Soʻz qoʻllashga oid testlarni ishlashda esa, nafaqat soʻzlarning qaysi turkumga xosligini bilish, balki gap boʻlaklari tartibini bilish, shuningdek gapni toʻg'ri tarjima qilish ham katta ahamiyatga ega.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA