Get Mystery Box with random crypto!

May va might modal fe'llarining hozirgi zamon uchun ishlatilis | English Grammer🇬🇧

May va might modal fe'llarining hozirgi zamon uchun ishlatilishi

Ushbu modal fe'llar hozirgi zamonda ish-harakat sodir boʻlish ehtimolligini bildirib keladi. Zamonaviy ingliz tilida may va might modal fe’llari hozirgi zamonda bir xil qoʻllaniladi.
Tim may be at home today. (Tim bugun uyida bo'lishi mumkin)
Tim might be at home today. (Tim bugun uyida bo'lishi mumkin)

Qo'llanish shakli:
Positive form: Ega + may/might+ infinitive (V1).
Negative form: Ega + may/might not + infinitive (V1).
Question form: May/Might + ega+ infinitive (V1)?

Misollar:
She may know the answer to this question. (U savolga javobni bilishi mumkin)
They mightn't be at school. (Ular maktabda bo'lmasligi mumkin)
May she be in the kitchen? (U oshxonadamikan?)

may/might be+Ving hozirgi zamonda davom etayotgan ish-harakatlar uchun ham ehtimollikni bildirish uchun qoʻllana oladi.
Tim may be having a shower now. (Tim hozir dush qabul qilayotgandir)
Shsh ... ! They might be listening to our conversation.

Yuqoridagi misollarda may/might modal fe'llari deyarli bir ma'no anglatadi, faqat might modal fe'li may modal fe'liga qaraganda ehtimollik kamligini bildiradi.

Koʻpgina darsliklarda might modal fe'li may modal fe'lining oʻtgan zamon shakli sifatida qoʻllanilishi keltirib oʻtilgan, bu qoida DTMning oʻzlashtirma gap mavzusiga oid testlarni yechishda ham qoʻl keladi.
She said I may come to the party.   She said that she might come to the party.

Bundan tashqari haqiqatdan yiroq (hayoliy) vaziyatlarda ham might modal fe'lini qoʻllash ma'qul.
If I lost my job, I might go abroad. (Ishsiz qolsam, chet elga ketardim)

might modal soʻzi hozirgi va oʻtgan zamonda birovni tanqid qilish, koyish uchun ham qoʻllana oladi.
You might look after the child. She's ill. (Bolaga qara axir! U kasal.)
You might have told me about that!!!

may modal fe'li tilak va istaklarni bildirishda ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatda u  gap boshida keladi.
May God be with you. (Xudo sizga yor boʻlsin)

Hozirgi zamonda ehtimollikni bildirish uchun could modal fe'li ham qoʻllaniladi. Bunday  vaziyatlarda could may/mightga qaraganda kam ehtimolni bildiradi. Misol: 
A:  Where is Jack?
B: I am not sure. He could be in his office, I suppose, but he's not usually there at this time.

Biz bilan ingliz tilini mukammal oʻrganing!

Join us
@Grammar_Tv