Get Mystery Box with random crypto!

Homiladorlikda qon bosimi ko‘tarilganda nima qilish kerak? | _GINEKOLOGIYA_

Homiladorlikda qon bosimi ko‘tarilganda nima qilish kerak?

Har bir homilador ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va albatta, qon bosimini nazorat qilib turishi lozim. Agarda qon bosimi oshgan bo‘lsa, uni davolash kerak bo‘ladi.

Homiladorlarda qon bosimining oshishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
buyraklarda surunkali kasalliklar mavjudligi;
homilador bo‘lishdan oldin qon bosimi baland bo‘lganligi.

Agar qon bosimi tushirilmasa, quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
yo‘ldosh ko‘chishi;
qon ketishi;
to‘r parda ko‘chishi va ko‘r bo‘lib qolish;
bosh miya qon aylanishining buzilishi;
tutqanoqlar;
homilaga kislorod yetishmasligi va nobud bo‘lishi;
bola rivojlanishining ortda qolishi.

Qon bosimi ko‘tariluvchi homilador ayollar shifokor nazoratida turishi lozim.


https://t.me/ginekologiya_ginekolog