Get Mystery Box with random crypto!

FARZANDINGIZNI DOIMO MAQTAB TURING... Farzandlaringiz yoshl | Ginekologiya Ayollar Salomatligi

FARZANDINGIZNI DOIMO MAQTAB TURING...

Farzandlaringiz yoshligida qilayotgan har bir oddiy ishi uchun ham maqtov eshitishni, yoki sizning fikringizni bilishni xohlaydi.

Xonasini aytmasingizdan tozalab qo'ygan bolakay, siz xonaga kirganingizda ko'zlari yonib uning qilgan mehnatini maqtashingizni kutadi.

Siz esa ba'zan bunga parvo ham qilmasligingiz mumkin. Bunday vaziyatlar juda ko'p takrorlanadi.

O'z tashvishlaringiz bilan yurib bolangiz qalbini his qilmay qolasiz.

Ushbu holat takrorlanganda bola shu ishni qilmay qo'yadi.

Har bir qilgan yaxshi ishi uchun rag'batlantirish noto'g'ri, lekin maqtov doimo yaxshi samara beradi.

Bolangizning kichkinagina qilgan ishi, yaxshiligi uchun uni maqtab qo'yishni unutmang

Agar farzandlaringiz aqlli bo'lishini istasangiz, ularga ertaklar o'qib bering. Agar siz ularni yanada aqlli qilishga hissa qo'shishni istasangiz, ularga ko'proq ertak o'qib bering.

  @Ginekologiya
@Soglom_Oilabot
 
@Urologiya_uz