Get Mystery Box with random crypto!

FARZANDINGIZNI OTASIGA MEHRIBON QILIB TARBIYALANG ...VA HAR Q | Ginekologiya Ayollar Salomatligi

FARZANDINGIZNI OTASIGA MEHRIBON QILIB TARBIYALANG ...VA HAR QADAMDA OTANING O'RNI BOSHQACHALIGINI HIS QILIB YASHASIN...

Ota xonadonga tashrif buyurganda oʻrindan turib, joy boʻshatish lozim.

Ota bilan ketayotganda uning iznisiz undan oldin yurmaslik kerak
.
Ota farzand uchun biron narsa meros qoldirmasa ham, undan nomus qilinmaydi.

Ota bor uyda oʻylanishga va maslahat solishga muhtoj boʻlinmaydi.

Ota yonida yoki u kirib kelganda yonboshlab yotilmaydi.

Ota uyda yoʻq boʻlib qolingan oʻrinda isteʼmol qilingan narsalardan alohida uning uchun olib qoʻyilishi fazilatdir.

Mansabli shaxs boʻlsang ham otang chaqirganda otingdan tushib, oldida hozir boʻlishga shoshil! Sen ish ustida mansablisan, otang ustida emas!

Otangning yonidagi solih kishilarga nisbatan samimiy boʻlgin, agar otang vafot topib ketsa oʻshalar bilan muomala-munosabatlaringni uzma!

  @Ginekologiya
@Soglom_Oilabot
  @Urologiya_uz