Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli fuqarolar! Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan | G'ijduvon tuman OpenBudget


Hurmatli fuqarolar!

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan Tashabbusli budjet jarayoni doirasida ayrim loyihalar qisqa muddat ichida minglab ovozlar to‘playotganligi yuzasidan e'tirozlar bildirilmoqda.

Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shubhali to‘plangan ovozlar deb topilgan loyihalar bo’yicha Moliya vazirligi tomonidan ushbu murojaatlarning haqqoniyligi yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi.

O‘rganishlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Ovoz berish jarayonining muddati tugagach barcha ovozlar qayta tekshirib chiqiladi.

Ma’lumot uchun: ovoz berish jarayonlari joriy yilning 17-sentabriga qadar davom etadi.

Hurmat bilan,
Moliya vazirligi Axborot xizmati