Get Mystery Box with random crypto!

#Kompyuter_tanlash, #Foydali M.2 SSD SATA M.2 SSD SATA - bu k | Geek Boy

#Kompyuter_tanlash, #Foydali
M.2 SSD SATA

M.2 SSD SATA
- bu kichik shakldagi qattiq holatdagi disk (SSD). Bu 2,5 dyuymli SATA disklarni muqobili M.2 SATA modelidir.

Ushbu M.2 SATA SSD disklari ancha kichikroq qilib ishlangan. Ushbu yechimning afzalliklari shundaki, hech qanday chigal simlarsiz plataga ulanadi. Bu ixcham qulay kompyuterlar uchun ayni muddaodir. Deyarli hech qancha joy egallamaydi.

M.2 SATA SSD hali ham SATA 6Gb/s interfeysidan foydalanadi. 2,5 dyuymli SATA SSD dan ko'p farq qilmaydi, maksimal tezligi
600 MB/s ga yetadi.

Sotib olishdan avval kompyuteringiz platasida M.2 SATA SSD joylash sloti mavjudligini tekshirib oling.

Yana bir ajoyib tomoni shundaki, bu ixcham M.2 SATA SSD lardan xabari yo'q odam kompyuterni ichini ko'rib ushbu kompyuterga HDD yoki SSD disk o'rnatilmagan deb o'ylaydi.
——————
@geek_boy_uz