Get Mystery Box with random crypto!

#Kompyuter_tanlash, #Foydali Protsessor(CPU) kesh xotirasi. | Geek Boy

#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Protsessor(CPU) kesh xotirasi.

CPU kesh xotirasi
- bu protsessor tomonidan ishlatilishini kutayotgan Operativ xotira(RAM)dan olingan ma'lumotlar va ko'rsatmalarning nusxalari joylashgan xotira.

Kompyuter kesh xotirasiz ishlashi mumkin lekin, kesh xotirasiz juda sekin ishlaydi. Operativ xotira juda tez ishlaydi ammo CPU kutganchalik tez ma’lumot uzata olmaydi.

CPU esa ko’p vaqtini ma’lumot kutish bilan o’tkazishi mumkin. Shuning uchun Kesh ishlab chiqilgan.
CPU (protsessor) kesh xotirasi 3 ta daraja(Level- L1, L2, L3) ga bo’linadi.

L1 boshlang’ich(primary) kesh. Protsessorda joylashgan bo’ladi va juda tez protsessor bilan bir xil tezlikda ishlaydi.

L2 tashqi(external) kesh. L1 ga qaraganda ancha sig'imi katta va tezligi pastroq. CPU (protsessor) ma’lumotni L1 keshdan topa olmasa L2 keshga murojat qiladi.

L3 kesh L2 ga qaraganda sig'imi katta va undan tezligi past. CPU (protsessor) ma’lumotni L2 keshdan topa olmasa L3 keshga murojat qiladi.
—————
@geek_boy_uz