Get Mystery Box with random crypto!

Gayratoff

Telegram kanalining logotibi gayrats_life — Gayratoff G
Telegram kanalining logotibi gayrats_life — Gayratoff
Kanal manzili: @gayrats_life
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 115
Kanalning ta’rifi

Just be INSON
Owner: @n_gayrat

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-06-05 12:17:26 Qisqa yozish uzun yozishdan qiyinroq.
Kam gapirish ko’p gapirishdan qiyinroq.
20 views09:17
Ochish/sharhlash
2023-06-04 08:35:22 Siz boshqachasiz. Hammaga o’xshab.
20 views05:35
Ochish/sharhlash
2023-06-03 10:36:00 Bilmadim - biladiganlar eng ko’p ishlatadigan so’z.
21 views07:36
Ochish/sharhlash
2023-05-30 22:03:53 Otdan so'rab ko'r.

Bir odam ot choptirib ketayapti. Yo’lda so’rashdi:

-Qayerga shoshib ketyapsiz?

-Bilmadim. Otdan so’rab ko’r.

Ko’p ishlarni qilamiz. Nega qilayotganimizni bilmaymiz. Odatlanib qolganmiz. Odatlarimiz bizning otimiz. Qayerga olib ketsa boraveramiz. Nega ketayotganimizni so’rab ko’rmaymiz.

Qanday qilish kerak? Qancha qilish kerak? Qachon qilish kerak?

Bu savollarni ko’p beramiz. Boshqa savolni yetarlicha bermaymiz:

Nima uchun? Nega?

Nega qilishim kerak? Nima uchun yashashim kerak? Nega shuni o’qishim kerak? Nima uchun shunga vaqt sarflashim kerak? Nega borishim kerak?

Bu savollarga vaqtimiz yo’q.

Shu savollarni tez-tez bermaganimiz uchun ham vaqtimiz yo’q.
26 views19:03
Ochish/sharhlash
2023-05-30 19:05:58 Yo'l manzilni ko'rsatadi. Bizni vazifamiz yurish.
18 views16:05
Ochish/sharhlash
2023-05-29 19:28:10 Ichki kurashda yenggan jangchini - tashqaridan hech kim yuta olmaydi.
19 views16:28
Ochish/sharhlash
2023-05-28 20:04:23 Yangiliklar o’qimang

Yangilik saytlari xarajat talab qiladi. Jurnalistlar oyligi, uskuna, yo’l to’lovlarini kimdir qoplashi kerak.

Yangilik sayti bepul bo’lsa u sizga reklama sotib pul topadi. Reklama ko’p va qimmat bo’lishi uchun ko’rishlar ko’p bo’lishi kerak.

“Hammasi yaxshi. Rivojlanyapmiz. Jinoyatchilik kamaygan”. Bunday xabarlar ko’rishlar yig’maydi.

Xabarlar orasida eng negativlari eng ko’p ko’riladi. Asabbuzarliklar ortidan kelgan ko’rishlarga reklama sotiladi.

Reklama bo’lmasa yanada yomon. Demak mediani kimdir ta’minlayapti. Ta’minlovchining o’z maqsadlari bor.

Reklamasi yo’q bepul media o’qiyotgan bo’lsangiz, propaganda o’qiyapsiz. Bittada bilinmaydi. Propagandaning birinchi vazifasi propagandaligini bildirmaslik.

Yangiliklar o’qimang. Vaqtingizni foydaliroq ishlarga sarflang. Muhim gaplardan qolib ketmaysiz. Rostdan muhim voqea sodir bo’lsa, vaqtidan yaxshi foydalanmaganlar hammasini aytib berishadi.
20 views17:04
Ochish/sharhlash
2023-05-27 19:40:01 Osmonga qaragani vaqting bo'lmasa bu dunyoga nega kelding.

@gayrats_life
21 views16:40
Ochish/sharhlash
2023-05-26 17:41:29 Solishtirish baxtsiz qiladi.

@gayrats_life
23 viewsedited  14:41
Ochish/sharhlash
2023-05-25 08:40:07 Kelajakdan qarz olish

Maktab paytimda bolalar hamma narsaga ulgurishar edi. Aylanishga, kompyuter xonaga, qizlar bilan gaplashishga, uzoqlarga ketib qolishga. Shuncha vaqtni qayerdan olishadi deb o’ylardim.

Yaqinda tushundim. “Yoshligimda rus tilini o’rganmagan ekanman, rosa qiynalyapman” deb qoldi bittasi. “Yaxshiroq o’qish kerak ekan, endi vaqtim yetmayapti” deb aytib qoldi ikkinchisi.

Ular vaqtni kelajakdan olib turishgan. Qarz bo’lib qolishgan. Endi esa to’lashyapti.

Bo’sh qolgan vaqtingizda o’qib-o’rganmay, bekorchilik qilayotganda, kelajakdan qarz olyapsiz.

Bugungi ishlaringizni ertaga qoldirayotganda, kelajakdan qarz olyapsiz.

Qilishingiz kerak bo'lgan ishlarni emas, hamma qilayotgan ishlarni qilayotganda kelajakdan qarz olyapsiz.

Qarzniku olaverasiz. To’lash vaqti keladi. Vaqt pul emas, yillar o’tib ko’payib qolmasligi tushunasiz. O’tmishingizni yomon ko’rib, yana kelajakdan qarz olib to’lamoqchi bo’lasiz. Olishga hech nima qolmagan bo’ladi. Qattiq afsus qilasiz.

Kelajakdan qarz olmang. Imkoni bo'lsa qarz berib turing (ilm, mehnat, sport), o'zingiz o'zingizga rahmat aytasiz.
26 views05:40
Ochish/sharhlash