Get Mystery Box with random crypto!

Baxtli bo‘lish - tanlov Baxt siz uchun nima? Qachon baxtli bo | Gayratoff

Baxtli bo‘lish - tanlov

Baxt siz uchun nima? Qachon baxtli bo‘lasiz? Allaqachon baxtlimisiz?

Baxtni natijaga bog‘lab qo’ymang:

- O‘qishni bitirib, o‘z yo‘limni topib ketsam, baxtli bo‘laman
- IELTS 8.0 olsam, baxtli bo'laman
- Boy bo‘lib ketib, xohlagan narsalarimni sotib olsam, baxtli bo‘laman
- Uylanib, oilali bo‘lganimdan keyin, baxtli yashashni boshlayman

Hozir esa baxtli bo‘lishga nima xalaqit beryapti?

Oldin hozirgi bor narsalaringiz haqida orzu qilmagan edingizmi?

Natijalarga erishiladi, 1 haftadan keyin yangi mashinangiz oddiy holat bo‘lib qoladi.

Natijalar oddiy holat bo‘lganidan so‘ng, o‘zingiz bilan yolg‘iz qolasiz.

Samurayning borish manzili yo‘q, faqat yo‘li bor.