Get Mystery Box with random crypto!

Gʻarib shoir

Telegram kanalining logotibi garib_shoir — Gʻarib shoir G
Telegram kanalining logotibi garib_shoir — Gʻarib shoir
Kanal manzili: @garib_shoir
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Men hech qanday shoirmas, qofiya shaydosiman.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-04 12:46:14 #dialog

- Qachon kitob oʻqishni toʻxtatasan?
- Dunyodagi kitoblar tugaganida.
16 viewsedited  09:46
Ochish/sharhlash
2023-02-01 21:28:22 Qadr.

Borimiz shu: salom, alik,
U yogʻiga oʻtmaganmiz.
Balki, qadrimiz shunchalik
Ortigʻini kutmaganmiz.

Koʻzlar koʻzga tushmas sira.
Visol - eng shirin orzu.
Sevgining tasviri xira.
Muhabbat bu ochiq mavzu.

Mavzular koʻp, suhbatlar oz.
Siz uchun atalgan bari.
Men shunchaki oshiq holos,
Shubha, gumonlardan nari.

Ketishlar koʻp, kelishlar oz,
Xayol ichra bosib qadam.
Koʻnglim uzra hokim ayoz.
Olisligim qilar alam.

Yaxshilik koʻp, yomonlik oz,
Har bir holat xayrlidir.
Gʻarib shoir sabr qil boz,
Kelajaging tayinlidir.

Gʻarib shoir.
17 views18:28
Ochish/sharhlash
2023-02-01 07:14:00 #monolog

Sevaman bas!
17 views04:14
Ochish/sharhlash
2023-02-01 06:20:27
1-fevral "Butunjahon hijob kuni".

Asmar Abdulhakim - Roʻmol.
17 views03:20
Ochish/sharhlash
2023-01-28 20:52:53 Tamaki.

Ketib borar edim taksida bir kun.
Soʻz tizginin oldi hamrohlar.
Jimgina oʻy surib ketardim, biroq
Hammasi bir boʻlib meni soʻroqlar.

- Uka, ichasizmi? - dedi birovi.
- Yoʻq, - dedim ularga aytib rostini.
Boshqa birov dedi: - Unda chekarsiz?
- Yoʻq, - dedim tushinmay savol ostini.

- Yeysizmi? - deyishdi hazilga yoʻyib.
- Neligiga bogʻliq, - javob olishdi.
Kutilmagan javob olishdi chogʻi,
Barchalari birdek hayron qolishdi.

- Faqat nafas olar ekansiz, ukam!?
Ustimdan kulmoqchi boʻldi aftidan.
Men asa xayolan xursand boʻlaman,
Xayolan kulaman ular ustidan.

Faqat nafas olmoqlik naqadar goʻzal.
Naqadar lazzatli sof havo isi.
Buni qayerdan bilsin chekuvchi inson,
His qilmas tutunla toʻlgan oʻpkasi.

Ikki dunyoda ham foydadan holi.
Zararligin bilar chekuvchilar ham.
Tashvishga soladi meni bir narsa,
Bilib turib amal qilguvchilar kam.

Gʻarib shoir.
19 views17:52
Ochish/sharhlash
2023-01-22 13:53:07 #monolog

- Bugungi ishni ertaga qoʻyma. Hoziroq borib, unga sevishingni ayt. Hoziroq!
17 views10:53
Ochish/sharhlash
2023-01-08 15:02:57
Dala.

Roʻparamda bepoyon dala.
Anchagina tushgan hovurdan.
Qulogʻing qomatga keladi gohi,
Qargʻalar koʻtargan gʻala-gʻovurdan.

Endi bu oʻlkaning qiroli oʻzga.
Qahraton deya atalmish diyor.
Oʻylamang bu yurtda qirol bitta deb,
Endi bu oʻlkaning qiroli bisyor.

Hatto shabboda ham oʻzgargan endi,
Oʻzicha xoʻjayin yurgan yoʻliga.
"Begonalar yoʻqmi yurtimda?!"- deya.
Qarab yurgandayin oʻngu-soʻliga.

Qargʻalar ham goʻyo tuzgan jamiyat.
Ularning ham bordir oʻz qirollari?
Magar yov kirib kelsa uning yurtiga,
Darhol ishga tushar shay qurollari.

Yoz boʻyi tinmagan mitti chumoli.
Oshyon aylagan yerning ostini.
Qahraton diyorda nima qilar u,
Agar sizga aytsam gapning rostini.

Qor bilan yuzma-yuz koʻrishgan dala.
Anchagina dardin toʻkib soldi u.
Qor esa eridi. Boʻldi bevafo.
Yana Qahratonda yolgʻiz qoldi u.

Axir shu makonda tugʻildim, oʻsdim.
Yuragim talpinar yana va yana.
Koʻnglim daladayim keng boʻlsin, mayli.
Roʻparamda turar bepoyon dala...

Gʻarib shoir.
26 views12:02
Ochish/sharhlash
2023-01-06 21:06:12
***

Uyqu kelmasa ham bir balo ekan.
Toʻlgʻonaverasan u yon-bu yonga.
Gohida bemavrid kelib qolganda,
Koʻzlaring qizarib, toʻladi qonga.

Yordamga keladi qator hayollar.
Mavzular oʻzgacha, mavzular turli.
Baʼzilarin oshkor qilish mumkin-u,
Biri qoʻrqinchli-yu, birisi sirli.

Hayol ichra suzish ham tegdi-ku jonga.
Har kuni bir holat:hayollar bir xil.
Hayollarim ichra suzib yurguncha,
Kelib yuragimni oʻzinga qul qil.

Axir egallading shundoq ham uni.
Faqat bilmayapsan mening hislarim.
Axir shu vaqtgacha yon-atrofimdan,
Faqatgina seni, seni izladim.

Izladim koʻnglimning koʻchalaridan.
Nihoyat uchratdim, nihoyat topdim.
Koʻnglim qafasidan chiqay deganda,
Chiqish eshigini aql-la yopdim.

Ammo goh-gohida hayqirar yurak.
Hislarim koʻchadi satrlarimga.
Sheʼriy izhorimni oʻqirsanmi deb,
Muhrlab boraman xotirlarimga.

Gʻarib shoir.
23 viewsedited  18:06
Ochish/sharhlash
2023-01-06 20:14:38 #monolog

- Xurmatli qizlar, bizni shishgan narsalar qiziqtirmaydi!
24 views17:14
Ochish/sharhlash
2022-12-18 14:10:29 #monolog

- Sirlar va dardlarning ham turlari boʻladi. Toʻgʻri kelganini, toʻgʻri kelgan insonga ayta olmaysan.
25 views11:10
Ochish/sharhlash