Get Mystery Box with random crypto!

Meʼyor. Gʻaflatda qolmagin, birodari aziz. Meʼyorni ushlagin, | Gʻarib shoir

Meʼyor.

Gʻaflatda qolmagin, birodari aziz.
Meʼyorni ushlagin, meʼyorni saqla.
Oʻzingga-ku ishonching bormi bilmayman.
Hech boʻlmasa ota-onang ishonchin oqla.

Gʻaflatda qolmagin, birodari aziz.
Inson insonligin meʼyor koʻrsatar.
Oʻzingni yomondan saqlayolmasang,
Alloh qilmishing chun seni boʻzlatar.

Gʻarib shoir.