Get Mystery Box with random crypto!

Galaxy Books

Telegram kanalining logotibi gaalaxybooks — Galaxy Books G
Telegram kanalining logotibi gaalaxybooks — Galaxy Books
Kanal manzili: @gaalaxybooks
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-04-10 10:38:49
#mood

Yomgʻirdan keyin sayr qilsa arziydigan havo boʻlyapti.
28 views07:38
Ochish/sharhlash
2023-04-09 23:19:42 #iqtibos

​Imom Abu Dovud rahmatullohi alayh "Albatta, amallar niyatlarga bogʻliqdir" hadisi xususida shunday deydi: Bu hadis Islomning madori boʻlgan hadislardandir. Insonning dini uchun toʻrtta hadis kifoya. Ular:

– "Albatta amallar niyatlarga bogʻliqdir".

– "Birortangiz toki oʻzi yaxshi koʻrgan narsani birodariga ham yaxshi koʻrmaguncha moʻmin boʻla olmaydi".

– "Kishi Islomining husni oʻzi uchun behuda narsalarni tark qilishidadir".

– "Albatta, halol ochiq-oydindir, harom ochiq-oydindir".

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf | Amallar niyatlarga bog'liqdir kitobidan

@GaalaxyBooks
32 viewsedited  20:19
Ochish/sharhlash
2023-04-09 02:31:39
#nihoya
36 views23:31
Ochish/sharhlash
2023-04-09 00:38:08
35 views21:38
Ochish/sharhlash
2023-04-03 21:38:00 ​#iqtibos

"Sun'iy ta'limotlar" deb, xalqning olimlari, rahbarlari va mutafakkirlari tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarga aytiladi.

"Samoviy ta'limotlar" esa borliqni Yaratuvchi, uning sirlarini, nima foyda-yu, nima zararligini haqiqatan biluvchi Zotdan sodir bo'lgan hukmlardir. Bu ta'limotlar bashariyatga vahiy yo'li bilan payg'ambarlar hamda samoviy kitoblar orqali, boshqacha qilib aytganda, din yo'li bilan muntazam tushib turgan.

Sun'iy ta'limotlar bashariyat olamini baxtiyor hayot va saodat yo'li bilan ta'minlab bera olmaydi.

Sayyid Mubashshir Taroziy | Sof tabiat dini kitobidan

@GaalaxyBooks
16 views18:38
Ochish/sharhlash
2023-04-03 16:15:19
#Yangilik

Alhamdulillah navbatdagi ishimiz nashrdan chiqibdi. Shunday manfaatli kitobga bizning nomimiz ham qoʻshilishi yetti uxlab tushimga ham kirmagandi. Allohga shukur nasib qildi.

Kitob nomi – "Tahajjud namozi fazilati, ahkom va odoblari"
Muallif – Abdulatif Tursunov
Muqova – yumshoq
Nashriyot – Kitobdornashr
24 views13:15
Ochish/sharhlash
2023-04-03 11:09:27
#Nihoya
28 views08:09
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:01:30
Iymon
42 views19:01
Ochish/sharhlash
2023-03-28 21:47:52 #iqtibos

Inson aqli musaffo bo'lib, chuqur tafakkurga berilganida o'z-o'zidan unda "Nima uchun dunyoga keldim?", "Mening dunyoga kelishimdan maqsad nima?" degan savollar paydo bo'ladi.

Qur'on bu masalalarga ochiq-oydin javob beradi. Insonning yaratilishidan maqsad Allohga ibodat qilishdir. Zariyat surasida shunday deyilgan:

"Jin va insni faqatgina Menga ibodat qilishlari uchun yaratdim" (56-oyat)

"Hukm faqat Allohning O'ziga xosdir, U faqat O'zigagina ibodat qilishingizni amr etadi" (Yusuf surasi, 40-oyat)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf | Iymon kitobidan

@GaalaxyBooks
43 views18:47
Ochish/sharhlash
2023-03-28 05:38:54 #iqtibos

Aslida tabib huzurida yoki yolgʻiz holda oʻz vijdoni oldida tazarru qilayotgan odam oʻzi bilib-bilmagan holda Allohga yuzlanib, iltijo qilayotgan boʻladi.

Zero, vijdon "Al-miysoq" – ahd-paymon degani boʻlib, Alloh taolo Banu Odamdan zurriyotlarini tarqatayotgan paytdayoq ulardan ahdu paymon olib, "Men Robbingiz emasmanmi?" – deb soʻragan va ulardan: "Ha, albatta. Biz bunga shohidmiz", – degan javobni qabul qilgan.

Binobarin, insondagi dindorlik tuygʻusi oʻshandan buyon mavjuddir.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf | Iymon kitobidan

@GaalaxyBooks
55 viewsedited  02:38
Ochish/sharhlash